Kimyo fanining paydo bo'lish tarixi.
Kimyo fani ham boshqa fanlar kabi insoniyatning amaliy
faoliyati natijasida paydo bo„lgan. Inson yashash vositalarini qidirib topar ekan, turli hodisalarning
sabablarini asta-sekin o„rganib, moddalarda bo„ladigan ba‟zi o„zgarishlardan foydalanish yo„llarini
izlab topdi; insonlar ko„p foydali materiallar hosil qilishni, rudalardan metallni suyuqlantirib olish,
har xil qotishmalar tayyorlash va ulardan foydalanish, shisha pishirish hamda undan turli buyumlar
yasash va boshqalarni qadimdan bilar edilar. Qadimgi Misrda kimyoviy jarayonlardan foydalanishga
asoslangan ko„pgina kasbkorliklar eramizdan ancha ilgariyoq taraqqiy etgan edi. Misrliklar temir
rudasidan temir suyuqlantirib olish, rangli shisha hosil qilish, teri oshlash, o„simliklardan dorilar,
bo„yoqlar hamda hushbo„y moddalar ajratib olish va boshqalarni bilar edilar. Kimyoning paydo
bo„lish va rivojlanish tarixini, asosan, quyidagi besh davrga bo„lish mumkin:
1.
Alkimyodan avvalgi davr. Insoniyat jamiyatida madaniyat boshlangan vaqtdan IV asrgacha
bo„lgan davr. Bu davrda amaliy bilimlar umumlashtirildi.
2.
Alkimyo davri — IV asrdan XVI asrgacha bo„lgan davr. Bu davr kimyogarlarning «falsafa
toshi», «obi hayot», «universal erituvchi» borligiga ishonib, ularni topishga intilish davri bo„ldi.
3.
Kimyoning birlashish davri — XVI—XVII va XVIII asrlarni o„z ichiga olgan davr. Bu davr
to„rt davrchaga: tibbiy himiya (yadro kimyo), pnevmatik kimyo (gazlar kimyosi), flogiston nazariyasi
va flogiston nazariyasiga qarshi kurash davrchalariga bo„linadi.
4.
Kimyoda miqdoriy qonunlarning paydo bo„lish va rivojlanish davri — XVIII asr oxiridan
XIX asrning oltmishinchi yillarigacha bo„lgan davr. U atomistik nazariya, nazariy tushunchalarning
aniq ta„riflanishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda «atom», «molekula», «atom og„irlik», «molekulyar
og„irlik» va shu kabi tushunchalarga aniq ta‟riflar berildi. Atom va molekulyar og„irliklarni aniqlash
usullari topildi va hokazo.
5.
Kimyo taraqqiyotining hozirgi davri. Bu davr XIX asrning oltmishinchi yillaridan boshlanadi
va kimyo tarixining «oltin davri» deb ataladi, chunki bu davrda davriy qonun, valentliklar haqidagi
nazariyalar, stereokimyo, aromatik birikmalar nazariyasi hosil qilindi; sintetik kimyo sohasida yirik
muvaffaqiyatlar qo„lga kiritildi: elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, radioaktivlik va boshqalar paydo
bo„ldi. Bu davrda kimyoning turli yangi sohalari (fizikaviy kimyo, biokimyo, bioorganik va
bioanorganik kimyolar) vujudga keldi. Kimyoga boshqa fanlarning ilg„or usullari qo„llanildi. Shunday
qilib, kimyo fundamental fanga aylanadi.
Modda aniq tarkibga ega bo„lgan materiya. Moddalarning ikki tipi bor: oddiy moddalar va
murakkab moddalar. Oddiy modda bir xil tipdagi atomlardan tashkil topadi, ular alohida yoki
molekula holida uchrashi mumkin, Murakkab moddalar molekula (yoki formulali birlik) lardan iborat,
ikki yoki undan ortiq turli xil element atomlarining o„zaro bog„lanishlaridan hosil bo„ladi. Aralashma
ikki yoki undan ortiq moddadan tashkil topgan o„zgaruvchan tarkibli fizikaviy aralash materiya.
Murakkab moddaning xossalari uning komponentlari xossalaridan ajralib turadi, aralashmada unaqa
emas.
Uchta massa qonunlarini atomar tuzilish nazariyasiga bog„lasak: kimyoviy o„zgarish vaqtida massa
saqlanib qoladi, xohlagan birikma namunasi uning komponentlari proporsional nisbatda bo„ladi,
birikma tarkibidagi atomlar o„zaro kichik son nisbatlarida bo„ladi.
Daltonning atom nazariyasiga ko„ra, har bir element atomi aloha massa va boshqa xossalarga
ega bo„ladi. Kimyoviy reaksiya vaqtida massa saqlanadi, chunki bu vaqtda atomlar molekulalardagi
o„rnini almashadi.
XX asrda boshlangan tajribalar ko„rsatishicha, atom musbat zaryadlangan yadro (u atomning
deyarli barcha massasini tashkil qiladi, ammo juda kichik hajmini egallaydi) va yadro atrofida
aylanuvchi manfiy zaryadli elektrondan tashkil topgan.
Atom 3 xildagi elementar qismlardan tashkil topgan: musbat zaryadli proton va zaryadsiz neytron
atom yadrosini tashkil qiladi va yadro atrofida aylanuvchi manfiy elektron. Atom neytral bo„ladi,
undagi protonlar soni elektronlar soniniga teng. Bir elementning barcha atomlarida protonlar soni
(atom soni-Z) teng bo„ladi, shuningdek kimyoviy xossalari ham bir xil bo„ladi. Izotoplar bir
elementning turli massadagi atomlaridir, chunki ularda neytronlar miqdori turlicha bo„ladi.
Elementning atom massasi uning tabiatda uchraydigan izotoplarining o„rtacha massasi hisoblanadi
.
Davriy jadvalda atomlar gorizontal davrlar va vertical guruhlarga atom zaryadi ortib boorish tartibida
joylashgan. Metallar jadvalda chap pastki uchta chorakda joylashgan. Metallmaslar o„ng yuqori
burchakda joylashgan, metalloidlar ularning orasida joylashgan. Guruhlardagi elementlarning xossalari
o„xshash bo„ladi.
Kimyoviy birikma hosil bo„lishida elektronlar ishtirok etadi. Ionli birikmalarosil bo„lishida
metall atomi metalmas atomiga elektron beradi, natijada zaryadlangan qismlar (ionlar) bir-birini kuchli
tortadi. Kovalent bog„lanishda metallmas atomlarining elektronlari o„rtada taqsimlanadi va odatda
alohida molekula hosil qiladi. Har bir birikmaning elementar tarkibi asosidagi nomi, formulasi va
massasi bo„ladi.
Kimyoviy birikmalardan farqli ravishda aralashmalarni fizikaviy usullar bilan komponentlarga
ajratish mumkin. Geterogen aralashmalar bir jinsli bo„lmagan sistemalardir, ularda komponentlar
orasida ko„rinadigan chegara mavjud. Bir jinsli aralashmalarda butun sistema bir xil tarkibli bo„ladi,
bunda komponentlar alohida atomlar, ionlar yoki molekulalar holida bo„ladi.
Elementlarning atom massasini aniqlashga birinchi bo‟lib Dalton urindi. O‟sha davrda fan va
texnika darajasi past bo‟lganligidan, atomlarning mutlaq massasini aniqlash mumkin emas edi.
Shuning uchun Dalton eng yengil H atomining massasini shartli ravishda «1» deb oldi. Shunga
asoslanib boshqa elementlarning nisbiy atom massasini topdi. Аvogadro qonuni kashf etilgandan
so‟ng elementlarning absolyut atom massalarini aniqlash imkoniyatiga ega bo„linsada, nisbiy atom
massalari o„z ahamiyatini saqlab qoldi, chunki absolyut atom massalari juda kichik miqdor bo„lgani
uchun ularni hisoblash qiyin. Vodorodning atom massasi 1 deb qabul qilinsa, О2 ning atom massasi
15,88 bo‟ladi, ya'ni kasr son. Ko‟p elementlarning atom massasi ham shunday. Bu noqulaylikni
bartaraf qilish uchun kislorodning atom massasini 16 deb qabul qilishdi, bu son kislorod birligi
deyiladi va qisqacha k.b deb yoziladi.
Elementlarning atom massalarini aniqlash uchun qabul qilingan vodorod va kislorod izotoplari
juda barqaror bo„lmaganliklari uchun 1969 yilda D.I.Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va
davriy jadvalining 100 yilligiga bag„ishlangan syezdda elementlar nisbiy atom massasini uglerodning
atom massasi 12 ga teng bo„lgan izotopiga nisbatan aniqlash qabul qilindi va u uglerod birligi
deyiladi, ya'ni elementning nisbiy atom massasi deb uglerod atom massasining 1/12 qismidan necha
marta kattaligini ko„rsatadigan massa (son) ga aytiladi.
Hayotimizda ko„p uchraydigan hohlagan materiya namunasi: tosh bo„lagi, daraxt shoxi, kapalak
qanotiga diqqat qaratsak ko„ramizki, ular ko„pgina mayda qismlardan tashkil topgan. Mikroskop
yordamida ular yanada kichikroq qismlardan iborat ekanligini ko„ramiz. Agarda biz millard marta
kattalashtiradigan bo„lsak, barcha moddalar atomalardan tashkil topganini ko„ramiz. Moddalarni
tuzilishini zamonaviy olimlar birinchilardan bo„lib o„rganishmagan. Qadimgi yunon faylasuflari hamma
narsalar bir yoki bir nechta asosdan kelib chiqadi deb ishonishgan. Ammo atomizm otasi Demokrit
boshqa yo„ldan ketdi. Uning fikriga ko„ra, deylik alyuminiy bo„lakchasini olib uni mayda bo„laklarga bir
necha marta bo„laversak, juda mayda alyuminiy zarrachalarini olamiz. Bu jarayon bo„linmas zarrachalar
hosil bo„lgunga qadar davom etadi. U bu bo‟linmas zarrachalami atomlar (atomos-bo‟linmas) deb
nomladi. Ammo buyuk g„arb faylasuflaridan biri Aristotel bu mulohazalarga qarshi chiqdi, natijada
M.V. Lomonosov
D.I.Mendeleyev
atomistik nazariya 2000 yil ortga surildi. Nihoyat 17-asrda ingliz olimi R. Boylning fikricha moddalar
“oddiy tanadan, alohida organlardan emas.
So‟ngi ikki asrda kimyoda jadal rivojlanishlar ro‟y berdi va atomning “bilyard shari” ko‟rinishi
yaratildi. XX asrda kimyo shiddat bilan rivojlanib, biz bilgan murakkab ichki tuzilishli atom modeli
yaratildi. Ushbu bobda biz moddaning makroskopik va atom darajasida tarkibi va xossalarini ko„rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |