Dunyoning ishlari
O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub asar
"Dunyoning ishlari" —
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
O‘tkir Hoshimov
qalamiga mansub
memuar
qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-
yilda
"Sharq nashriyoti"
tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan
ham koʻp bora qayta nashr etildi.
Jumladan 2015-yilda
Yangi asr avlodi
nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada nashr
etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr
etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.
Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan
olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh
Onani shunday yaratgan!"
Oʻtkir Hoshimov
asarini 2005-yilgi nashrida shunday tariflagan: Bu qissa katta-kichik novellardan
iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning
Dunyoning ishlari
2015-yilgi nashr
Muallif
O'tkir Hoshimov
Janr
Memuar, qissa
Mamlakat
Oʻzbekiston
Til
oʻzbekcha
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Nashr etilgan sanasi
2005-yil (Sharq nashriyoti)
2015-yil (Yangi asr avlodi)
2015-yil (Meriyus nashriyoti)
Sahifalar soni
336 bet
ISBN
ISBN 978-9943-27-532-4
hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu
odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
O‘tkir Hoshimov
20-asr o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va uslubiga ega
boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham
anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi.
Oʻtkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2
million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan.
[1]
[2]
Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar
mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet
davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib
tasvirlangan. O‘tkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : "„Dunyoning ishlari“ asarini
qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni
oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas
qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda
koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".
[3]
1.
https://kitoblardunyosi.uz/dunyoning-ishlari
2.
https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/otkir-hoshimov-dunyoning-ishlari-asardan-osti-
chizilgan-parchalar.html
3.
http://kutubxonachi.uz/documents/asar/adabiyot/o-zbek/pdf/o-tkir-hoshimov/dunyoning-ishlari-
qissa/#gsc.tab=0
Romanga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?
title=Dunyoning_ishlari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Dunyoning ishlari asari haqida (http://kutubxonachi.uz/documents/asar/adabiyot/o-zbek/pd
f/o-tkir-hoshimov/dunyoning-ishlari-qissa/#gsc.tab=0%7C)
Asar haqida
Manbalar
Havolalar
Soʻnggi tahrir 14 kunlar avval
Kagansky
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Dunyoning_ishlari&oldid=248
6260
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |