kuch-g‘ayrat, o‘y-hayol, aql-zakovat, el-yurt
va boshqalar. To‘g‘ri bunday nutqiy vositalarning tuzilish jihatdan tenglari ham
bor:
orzu-umid, shosha-pisha, mo‘l-ko‘l, ust-bosh, shirin-shakar, meva-cheva,
katta-kichik, yig‘im-terim
kabilar. Ba’zan juft va takroriy so‘zlardagi ikkinchi
komponentga nisbatan birinchisining ko‘p tovushdan iboratlari ham uchraydi:
tartib-qoida, mahalla-ko‘y, rang-ro‘y kabi. Lekin, juft so‘zlar tarkibidagi birinchi
komponentning nisbatan ixcham shaklda bo‘lishi yetakchi xususiyatdir.
Umuman olganda, gazetada qo‘llanayotgan juft va takroriy so‘zlarni asosan
ikki katta gruppaga bo‘lishga to‘g‘ri keladi.
1. Og‘zaki nutqda keng qo‘llanadigan, gazeta tiliga singib ketgan juft va
takroriy so‘zlar:
kiyim-kechak, to‘lib-toshib, tejab-tergab, oqizmay-tomizmay,
yolg‘on-yashiq, dori-darmon, tosh-tarozi, bosh-qosh, savdo-sotiq, meva-cheva,
narx-navo, ust-bosh, bola-chaqa, bosar-tusar, pala-partish, bo‘y-bas
t kabi.
2. Yozma nutqning, ayniqsa, siyosiy gazeta nutqining o‘zida yuzaga kelgan
juft va takroriy so‘zlar. Bugungi kunda o‘zbek matbuotida ular og‘zaki nutqdan
kirgan juft so‘zlar bilan birlikda qo‘llanib, gazeta tilining o‘ziga xosligini
ta’minlovchi omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Bularning aksariyati ijtimoiy
taraqqiyot, demokratik jarayonlar va siyosiy jarayonlarning faollashuvi tufayli
xalqaro aloqalar va tillar hamkorligi natijasida yozma nutqda paydo bo‘lgan
yangi juft so‘zlardir. Bu juft so‘zlar, bir tomondan, ijtimoiy-siyosiy islohotlar va
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot tufayli yangi-yangi tushunchalarni ifodalash
zaruriyati natijasida va rus tilining ta’siri bilan yuzaga kelgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, tilimizda avvaldan mavjud bo‘lgan leksik vositalarning faollashishi,
bu faollashuv yozma nutq ta’sirida ro‘y berganligini mujassamlashtirgan juft
43
so‘zlardan iboratdir. Shunga ko‘ra, bu turkumdagi juft so‘zlarni ikki guruhga
bo‘lib o‘rganamiz:
a) Yozma nutq ta’sirida avvaldan mavjud nutqiy vositalarimizning
faollashuvi tufayli paydo bulgan juft so‘zlar:
hisobot-saylov, shart-sharoit,
tartib-qoida, g‘ayrat-shijoat, qonun-qoida, qo‘llab-quvvatlash, shon-shuhrat,
fikr-mulohaza, taklif-mulohaza, ona-zamin, xohish-iroda, xohish-istak, xatti-
harakat, oqibat-natija, qurol-yarog‘, tinch-totuv, qiyofa-siymo, talab-ehtiyoj,
orzu-intilish, savol-javob, aql-idrok, baxt-saodat, hurmat-e’tibor, obro‘-e’tibor,
diqqat-e’tibor, hurmat-ehtirom, voqea-hodisa, kuch-qudrat, baxt-iqbol, tevarak-
atrof, ilm-ma’rifat, ilm-fan, ta’rif-tavsif, to‘la-to‘kis, atrof-muxit, oziq-ovqat,
savdo-sanoat, qand-shakar, aql-idrok, aql-zakovat, chora-tadbir, kuzgi-qishki,
yig‘im-terim
va boshqa so‘zlardir.
b) Ijtimoiy-siyosiy islohotlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot hamda davlat va
jamiyat hayotidagi demokratik jarayonlarni tushunchalarni anglatuvchi, siyosiy
nashrlarda keng qo‘llanuvchi juft so‘zlarki, bularning aksariyati asosan gazetada
paydo bo‘lgan leksik standartlar desak ham yanglishmaymiz:
siyosiy-ommaviy,
siyosiy-tashkiliy, iqtisodiy-siyosiy, ommaviy-siyosiy, g‘oyaviy-badiiy, ilmiy-
innovatsion, ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-tarbiyaviy, g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy, madaniy-maishiy, axloqiy-tarbiyaviy, madaniy-tarbiyaviy, moddiy-
madaniy, siyosiy-ijtimoiy, ilmiy-nazariy, ijtimoiy-iqdisodiy, ijtimoiy- siyosiy,
axborot-qidiruv, ilmiy-ommabop, g‘oyaviy mafkuraviy, uquv-ishlab chiqarish,
o‘quv-tajriba, o‘quv-tarbiya, irrigatsiya-melioratsiya, ishchi-xizmatchi, talaba-
yoshlar, o‘quvchi-yoshlar, yurak-tomir, qon-tomir, oshqozon-ichak, me’da-
Do'stlaringiz bilan baham: |