www.ziyouz.com kutubxonasi
15-mashg‘ulot. QUSHLARNING
TASHQI TUZILISHI, PAT VA PAR QOPLAMI
Ob’ektning sistematik holati
Tip.
Xordalilar
-
Chordata
Kenja tip.
Umurtqalilar — Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar
— Craniata
Katta sinf.
To'rt oyoqlilar
-
Tetrapoda
Sinf.
Qushlar — Aves
Turkum.
Kaptarsimonlar — Columbiformes
Vakil.
Ko‘k kaptar — Columba livia.
Kerakli materiallar va jihozlar:
yangi o‘ldirilgan kap-
tar va turli ekologik guruhlarga kiruvchi qushlarning tuxum-
lari, pat va
parlar komplekti, vannachalar, qo'l lupasi, pred-
met oynachalari, mikroskop; turli
ekologik guruhlarga kiruv-
chi qushlarning tashqi ko'rinishi, bosh hamda oyoqlari tuzili-
shi aks ettirilgan jadvallar.
Mashg'ulotning maqsadi:
kaptar misolida qushlar sinfi
vakillarining tashqi tuzilishi va pat-par qoplamini o'rganish.
Ishning mazmuni:
qushlar yuksak tuzilgan umurtqali-
laming uchishga moslashgan alohida bir tarmog'i hisoblanadi.
Qushlarning sudralib yuruvchilardan farq qiladigan progressiv
belgilari quyidagilardir:
1. Nerv sistemasi ancha takomillashganligi va ayniqsa oliy
nerv faoliyatining murakkablashganligi hamda sezgi organ-
laridan ko'rish va eshitish organlarining yuqori darajada rivo-
jlanganligi;
2. Intensiv oziqlanishi va murakkab termoregulyatsiyaga
bog'liq bo'lgan tana temperaturasining
doimiyligi va yuqori
bo'lishi;
3. Yerda yurishi yoki daraxtlarda o'rmalash holatlarini
yo'qotmagan holda ulaming uchishga moslashganligi;
135
www.ziyouz.com kutubxonasi
4.
Qushlarning ko'payishi uya qurish, tuxumni bosib yo-
tish, jo'jalarini boqish va ulami himoya qilish kabi murakkab bio-
logik jarayonlar bilan kechadiki, bu albatta avlodlarining yuqori
darajada yashovchanligini ta’minlaydi.
Qushlarning mazkur xossalari ular yosh sinf vakillari
bo'lishiga qaramasdan butun yer yuzida keng tarqalgan.
Umurtqali hayvonlar o'rtasida doimiy tana temperaturasi yoki
gomoytermiya birinchi marta qushlardan boshlanadi. Albatta
bu arteriya va vena qonlarining tamoman ajralganligi (yuragi
to'rt kamerali va bitta o'ng aorta yoyi bor) va to'qimalarni
kislorod bilan intensiv ta’minlanganligi bilan bog'liq.
Nati-
jada moddalar almashinuvi tezlashadi va tana temperaturasin-
ing doimiy bo'lishiga olib keladi. Qushlarning tuzilishini
o'rganish jarayonida ulaming sudralib yuruvchilarga o'xshash
belgilari borligini ham ko'rish mumkin.
Sudralib yuruvchilarga o'xshash belgilari:
1. Terisini yupqaligi va teri bezlarining deyarli yo'qligi;
2. Har xil shox hosilalarining kuchli rivojlanganligi;
3. Bosh suyagi bitta ensa o'simtaligi;
4. Bo'g'imlarining intertarzal qo'shilishi;
5. Kloakasining borligi va hokazolar.
Ikkinchi tomondan qushlarning uchishga moslanishi bilan
ularda:
1. Oldinigi oyoqlarining qanotga aylanganligi;
2. Tanasining pat va parlar bilan qoplanganligi;
3. Ko'pchilik qushlar suyaklarining pnevmatikligi va yengil
shoxsimon moddali tishsiz tumshuqlarining borligi;
4. Qanotlarni harakatlantiruvchi katta va kuchli rivojlan-
gan ko'krak muskullarini biriktiradigan ko'krak toj suyagi-
ning borligi;
5. Ko'plab vazifalarni va ayniqsa
qushlar uchganda nafas
olishda muhim rol o'ynaydigan havo xaltachalarining paydo
bo'lganligi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
6. Skeletining bir qator o'ziga xos xususiyatlari borligi;
7. Qushlarda siydik pufagining bo'lmasligi;
8. G'ovak zich tanadan iborat o'pkasining maxsus bog'lamlar
yordamida ko'krak qafasining orqa devoriga yopishganligi;
9. Urg'ochi qushlar jinsiy sistemasi keskin asimmetrik tu-
zilgan (urg'ochi qushlarning o'ng tuxumdoni va o'ng tuxum yo'li
yo‘q)ligidir.
Tashqi ko'rinishi va tuzilishiga ko'ra qushlar xilma- xildir.
Tuzilishining xilma-xilligi yashash sharoitiga, harakatiga, ovqat-
lanishiga va ovqat turiga bog'liq.
Evolutsiya jarayonida qushlar birinchi o'rmonlarda keyin-
chalik
ochiq joylarga, botqoq va suv havzalarida yashashga
o'tgan. Har xil sharoitda yashashi munosabati bilan qushlar
bir necha ekologik guruhlarga bo'linadi va har bir ekologik
guruhga kiruvchi qushlarning tashqi ko'rinishida
va tuzilishi-
da o'ziga xos belgilari mavjud. Ayniqsa, oziqlanishiga va oz-
iqa turiga qarab, ulaming tumshuqlari shakli (74-rasm) va
oyoqlarining ko'rinishi (75-rasm) turli- tumandir.
Do'stlaringiz bilan baham: