Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy
tajriba o’quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o’zaro
harakati natijasida yuzaga keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va
ustanovkalar yig’indisini o’zida aks ettiradi.
Ana shu sababli
shaxsda o’z-o’zini tashkillashtirish va o’z-o’zini korrektsiyalash
madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan “o’z-o’zini boshqarish
tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning
komponenti sifatida qarash
maqsadga
muvofiqdir.
O’z-o’zini
boshqarish
tajribasini
shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni
sub’yekt-sub’yekt
munosabatlariga
jalb
etish;
sub’yektda
tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o’z-
o’zini tashkillashning universal namunalarini
qabul qilish kabilarni
kiritish mumkin.
Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani
shakllantirish ikkita o’zaro aloqador yo’nalishda amalga oshadi.
Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda
ma’naviy-axloqiy me’yor va qoidalar sifatida
individda qadriyatga
yo’naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan
shaxsiy
nuqtai
nazardan
yuqori
mavqega
ega
o’z-o’zini
boshqarishda aks etuvchi o’zaro birgalikdagi
faoliyat jarayonidagi
xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-
atvor me’yorlarini o’zlashtirish bilan bog’liqlikni o’zida aks ettiradi.
O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik
hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq
intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo’naltirilgan
sohalar
uyg’unligini talab etadi hamda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga
xizmat qiladi.
O’quvchilarning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi quyidagi
bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o’zining
rolini aniqlay
olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik;
loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini anglash,
individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya:
ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini
qabul qilish va faoliyatda
namoyon etish.
1. “Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi?
2. Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil
etadi?
3. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering.
4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
5. Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang.
6. Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering.
7. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima
tushuniladi?
8. Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: