Foydalanilgan adabiyotlar
1. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari.–T.: O‘qituvchi, 2003.
2. Jumayev M.E Matematika o‘qitish metodikasi. (OO‘YU uchun darslik.) –– T.: “Turon iqbol”
2020. 426 b.
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
267
TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Ergasheva Madina Abdusalomovna, Ro‘ziyeva Dilnoza Safarovna, Ergasheva Madina
Jo‘raqulovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-AFCHO‘M maktabi boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari
Annotatsiya:
maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida axborot texnologiyalari orqali, bilim
berishning yangi usullarini amaliyotga joriy etishga, o‘quvchilar dunyoqarashini
kengaytirishga hamda o‘quvchilarning faolligi va qiziqishini orttirishga xizmat qilishi
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich sinflar, aqliy rivojlanish, ko‘rgazmali materiallar,
o‘yin-
topshiriqlar, kasbiy mahorati
Boshlang‘ich ta’lim – ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish
sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab “ko‘nikmalar maktabi” bo‘lib keladi,
ya’ni o‘quvchi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Hozirgi vaqtda boshlang‘ich
maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi
tajribasi – ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni,
mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga
shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning emotsional xususiyatlarini
mustahkamlash muhim. O‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT ni
joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Ta’lim
samaradorligini
oshirishda
axborot
texnologiyalaridan
uzluksiz
foydalanishning ahamiyati katta. O‘qitishning axborot texnologiyasi- bu axborot bilan ish
olib borish uchun maxsus usullar, pedagogik texnologiyalar, bilim berishning yangi
usullaridan foydalanish va bilim darajasini baholashdir. Yangi texnologiyalarni bilan
yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda, ma’naviy va insoniy qadriyatlarni
shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish:
-ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirishga;
-bilim berishning yangi usullarini amaliyotga joriy etishga;
-dars davomida o‘quvchilarning faolligi va qiziqishini orttirishga;
-o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirishga;
-elektron darsliklardan unumli foydalanishga xizmat qiladi.
O‘qituvchi dars davomida axborot texnologiyalarini unumli foydalana olsa, nafaqat
o‘quvchilarga yangicha bilim berish imkoniyatlarini yaratadi, balki ularning mustaqil
tayyorlanish va shaxsiy fikrlash qobiliyatini boyitishga ham xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning
afzalliklari: multimediya imkoniyatlarini qo‘llash annimatsion videomateriallar va
slaydlardan foydalanish o‘quvchilar uchun o‘tilgan mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot
berishga imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari, axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali
o‘quvchilar o‘z bilim-ko‘nikmalarini shakllantirib, mustaqil o‘rgatishga harakat qiladi.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonida kompyuterni
foydalanishga, modellashtirishga, elektron darsliklarni, interaktiv doskalarni foydalanishga,
internet bilan ishlashga asoslanadi. Ta’lim jarayonida ushbu imkoniyatlardan foydalanish
kelajak egalari bo‘lgan yoshlarning har tomonlama bilim olishiga, qobiliyati va
Do'stlaringiz bilan baham: |