Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdiyev R. Geografiya fanini o‘qitishda
GoogleEarthWin
dasturidan amaliy
foydalanish. Navoiy-2012 y.
2. G‘ulomov S. Axborot tizimlari va texnologiyalari.–T.: ”Sharq”, 2000 y.
3. Maraximov A.R., Raxmanqulova S.I. Internet va undan foydalanish.- Toshkent, 2001 y.
4. www Ziyonet.uz
5. geografiya. uz
BOTANIKA FANINI O‘QITISHNING DOLZARB AHAMIYATI
Urunova Dilshoda Xusenova - Karmana tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada bugungi kunda ta’lim tizimida botanika fani orqali o‘quvchilarga
ekologik ta’lim va tarbiya berishning ijobiy ta’siri hamda yoshlar dunyoqarashini
kengaytirishdagi ahamiyati yoritilgan.
Аннотация:
в статье рассматривается положительное влияние экологического
образования и воспитания студентов с помощью ботаники в сегодняшней системе
образования и его роль в расширении мировоззрения молодежи.
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
260
Annotation:
the article discusses the positive impact of environmental education and
upbringing of students through botany in today's education system and its role in broadening
the worldview of young people.
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi, insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek go‘yo. Jahonning yetakchi
davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz
emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari
bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan
islohotlar natijasida uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari rivojlanmoqda. Ayniqsa maktab
ta’limida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan, botanika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning tarbiyasi va ta’limi rivoji birga
olib boriladi. Dars jarayonida biologik nazariyalar va qonunlarni bilish biologik hodisalarni
ilmiy tushunishga va o‘zaro bog‘liqligini anglashga asos bo‘ladi. Ya’ni, ta’lim berishning
vazifasi o‘quvchilarni tarbiyasi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Botanika kursini o‘qitish jarayonida tarbiya va ta’lim berishga barobar munosabatda
bo‘lish kerak. Chunki dars jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga,
estetik didni shakllantirishga, tabiatga mehr va muhabbat ruhida tarbiyalashga, tabiatdagi
o‘simliklar dunyosini e’zozlashga, mehnat madaniyatini shakllantirishga, o‘zini va
atrofdagilarning sog‘ligini qadrlashga o‘rganadi. Botanika fanidagi bilimlarni o‘zlashtirish
uchun o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilarning mustaqil ishlashini to‘g‘ri
rejalashtirish, tabiat muzeyiga, ilmiy tadqiqot institutlariga, botanika bog‘iga, manzarali
bog‘ va xiyobonlarga ekskursiyalar tashkil qilish va biologik qonuniyatlarni tabiatda
namoyon bo‘lishini ko‘rsata bilish kerak. Yuqori sinflarda o‘qitiladigan biologik fanlarning
asosiy maqsadi nafaqat tabiiy fan asoslarini balki barcha tabiiy jarayonlarni ilmiy
tushunishga o‘rgatishdir. O‘quvchilarni ta’lim jarayonida tarbiyalash ularning
dunyoqarashini shakllantirishda malaka va ko‘nikmalarni hosil bo‘lishida muhim asos
bo‘ladi.
Botanika fanining o‘simlik va atrof muhit mavzularini o‘qish jarayonida o‘quvchilarni
tabiat bilan bo‘ladigan o‘zaro hamkorligini ilmiy asoslarini tushunish imkoniga ega bo‘ladi.
Mehnat tarbiyasi natijasida o‘quvchilarning nafaqat jismoniy imkoniyatlari, balki insonning
aqliy qobiliyatlari ham rivojlanishini bilib olish kerak.
O‘simlik oilalariga xarakteristika berish jarayonida madaniy o‘simliklarni yetishtirish
muddatlari, ularni ildiz atrofiga ishlov berish xususiyatlari, ekish chuqurligi va muddatlari
va ularga ishlov berish xususiyatlari to‘g‘risida tushuncha hosil qiladi.
Botanika fanini o‘qish jarayonida olingan bilimlar asosida qilinadigan o‘simliklarni
xonada o‘stirish, ularni sug‘orish, parvarishlash jarayonida material boyliklar hosil
bo‘lmasada, o‘quvchilarda aqliy, estetik, jismoniy tarbiyani shakllantirib, fan yuzasidan
olingan bilimlarni haqiqiyligini, ishonchliligini, ekologik va iqtisodiy tarbiyani amalga
oshirishga asos yaratadi.
Mehnat faqat hayotiy zarurat va moddiy farovonlik manbayi bo‘lib qolmay,
o‘quvchilarda yaxshi xulq va ma’naviy sifatlarni vujudga keltiradi; loqaydlik va beparvolik
kabi illatlarni bartaraf etib, o‘quvchilarda quvonch va mamnunlik hislarini paydo qilada.
Botanika fanidan olingan bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida xalq xo‘jaligini
rivojlantirishda tabiatdan foydalanish samarali usul va vositalaridan foydalanish uchun
tabiatga salbiy tasir ko‘rsatib maksimal ko‘riladigan mablag‘ va mehnat qilish lozimligini
his qildirish imkoni vujudga keladi. Kelgusi yillarda o‘simlikshunoslik sohasida qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni, xomashyo va suvni
Do'stlaringiz bilan baham: |