Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
126
amal qilishi, iqtisodiy-ijtimoiy tafakkur, tabiat go‘zalliklarini idrok qilish, tabiatni asrash
bo‘yicha bilim, malaka, ko‘nikma tashkil qiladi. Yoshlarda ushbu fazilatlarni shakllantirish
va ularning ijtimoiylashuvi, pedagogik tadqiqotlarning dolzarb muammosidir.
Inson – odam, uning tabiiy - fiziologik, genetik o‘ziga xosligi bilan ijtimoiy - ma’naviy
xususiyatiga bog‘liqligi asrlar davomida tabiiy va gumanitar fanlarning munozara hamda
tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelgan. Globallashuv sharoitida yosh avlodda tabiatga munosabat
madaniyatini tarkib toptirish yangicha mazmun kasb etmoqda. XXI asr fan asri, hayotga
ilmiy yondashish, yoshlarda ilmiy dunyoqarashni tarbiyalash butun ta’lim tizimining asosiy
vazifasiga aylandi. Ekologik ta’limning metodologik asosi, tabiatga munosabat, falsafiy
prinsipiga asoslanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, munosabat konsepsiyasida, inson -
inson kategoriyalari uzviy bog‘liqligi bugungi kunda sub’yekt– sub’yekt didaktik prinsipida
o‘z ifodasini topadi. Ya’ni, inson o‘zligini bilishi ekologik ta’lim-tarbiyaning ustuvor
yo‘nalishidir.
Bugungi kunda o‘zligini anglashning psixologik – fiziologik asoslari atroflicha
o‘rganilgan, o‘rganilmoqda, lekin inson o‘zligini bilishi didaktik tizimi yaratilmagan. Har
bir inson o‘ziga xos induvidual va betakror tabiatga ega. Kishilik jamiyati tarixida inson
o‘zligini bilishi, har bir a’zo inqirozining fiziologik-psixologik, pedagogik- sotsiologik
xususiyati inson-inson munosabatida Sharq xalqlarining qadriyatlaridan biri bo‘lmish qiyofa
ilmida muhim o‘rin tutadi.
Inson o‘zligini bilishi, o‘zlik kategoriyasi keyingi yillarda pedagogik tadqiqotlarning
predmetiga aylandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mana shu o‘zlik tushunchasi avvalo,
shaxsning o‘z shaxsiyati, tabiiy holati, vujudi, borlig‘ini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.
O‘zlik bu - o‘z qadr-qimmatini anglash, ota-bobolarini tanish va ulug‘lash, o‘z insoniy
sha’ni, or-nomusini baland tutish, jahon ichra o‘z o‘rniga ega bo‘lish saodatidir. Shu
jumladan, ta’lim jarayonida o‘zlik tavsiyasiga alohida e’tibor qaratish muhim vazifalardan
biri hisoblanadi. Buning uchun pedagogika fanida o‘zlik tushunchasining mazmuni,
shakllari, vositalari, usullari, metodlarini tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Endi o‘zlikni anglash tushunchasiga keladigan bo‘lsak, u insonning o‘zini alohida
vujud sifatida butun borliqdan ajrata bilishi, baholashi va qadriyat sifatida anglashini
ifodalovchi tushunchadir. «O‘zlikni anglash shaxsning o‘zini, haqiqiy inson, muayyan
moddiy va ma’naviy boyliklarining egasi va ular uchun mas’ul ekanini, yagona til, urf-
odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar
umumiyligini tushunib yetishi jarayonida shakllanadi. Shaxsning o‘zligini anglashida
ta’lim-tarbiya jarayoni, uning mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi», - deb yozadi professor
R.Safarova. Shuningdek o‘zlikni baholash – o‘quvchining o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari,
shaxsiy sifatlariga bo‘lgan ob’yektiv munosabatini ifodalovchi tushuncha. O‘z-o‘zini
baholash shaxsning, o‘zligini bilishi va bundan tashqari atrofdagi odamlar hamda moddiy
borliqqa munosabatining ifodasidir. Men va tabiat, tabiat va men -pedagogika fanida hali
yetarlicha o‘rganilmagan.
O‘z-o‘zini baholash jamiyatda shaxsiy insoniy munosabatlarni boshqarishning o‘ziga
xos majmuidir. O‘z-o‘zini baholash jarayonida o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi
faoliyatlarni ajratish mumkin:
O‘z o‘quv faoliyatining bahosi boshqalar qo‘ygan baho bilan mutanosib bo‘lishini
e‘tiborga olish;
Talabalarning, o‘qituvchining baholash jarayoniga ko‘rsatadigan faol munosabati;
O‘zaro aloqadorlikda baholash - talabalar bir-birlarining ishlarini o‘zaro
hamkorlikda baholashlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |