25
ko’rgan. Demak, rangli nurlarning qo’shilishi natijasida oq yorug’lik hosil bo’ladi, ya’ni
dispersiya natijasida hosil bo’lgan yettita rangli yorug’likning tarkibiga kiruvchi
yorug’liklardir.(15-rasm)
Nurlanish va yutilish spektrlari
Har qanday qizdirilgan modda o`zidan elektromagnit to`lqinlar chiqaradi. Bu to`lqinlar
majmuasi nurlanish spektrideyiladi. Moddalarning holatiga va nurlanish mexanizmiga qarab
nurlanish spektrlari ham turlicha bo`ladi.
Agar qizdirilgan qattiq jismdan chiqayotgan yorug`lik prizma orqali o`tkazilsa, ekranda yaxlit
uzluksiz nurlanish spektri hosil bo`ladi.
Agar gaz yoki bug` yorug`lik manbayi bo`lib xizmat qilsa, spektrning manzarasi keskin
o`zgaradi. Qorong`i sohalar bilan ajratilgan yorqin chiziqlar majmuasi kuzatiladi. Bunday spektrlar
chiziqli spektrlar deyiladi. Natriy, vodorod va geliyning spektrlari chiziqli spektrlarga misol bo`la
oladi (16- a, b, d rasmlar).
Nurlanayotgan gazlar spektrlarining ko`rinishi gazning kimyo-viy tabiatiga bog`liq bo`ladi. Har
bir gaz yoki bug` o`zigagina xos bo`lgan spektrlarga ega. Shuning uchun nurlanayotgan gazning
spektriga qarab, uning kimyoviy tarkibini aniqlash mumkin.
Agar nurlanish manbayi bo`lib moddaning molekulasi xizmat qilsa, yo`l-yo`l spektr kuzatiladi.
Yuqorida ko`rilgan nurlanish spektrlaridan tashqari yutilish spektrlari ham mavjud. Ular
quyidagicha hosil qilinadi. Oq yorug`likni tekshirilayotgan modda orqali o`tkazib, spektrni
aniqlaydigan asbobga yo`naltiriladi. Bunda yaxlit spektrda ma'lum tartibda joylashgan qora chiziqlar
ko`rinadi. Bu chiziq-larning soni va joylashuvi tekshirilayotgan moddaning tarkibi to`g`risida
mulohaza yuritishga imkon beradi. Misol uchun, oq yorug`likning yo`lida natriy bug`lari turgan
bo`lsa, u holda nur-lanish spektrida sariq chiziq turgan joyda, yutilish spektrida qora yo`l hosil
bo`ladi (16- a va 16- f rasmlarni solishtiring). Ushbu hodisa Kirxgof tomonidan quyidagicha
tushuntirildi. Atom o`zidan qanday yorug 'lik to 'Iqini nurlasa, shunday yorug'lik to 'Iqinini yutadi.
16- f, g, h rasmlarda natriyning, vodorodning va geliyning yutilish spektrlari ko`rsatilgan. 16- e
rasmda tarkibiga yuqoridagi moddalar kirishini isbotlovchi quyosh spektri keltirilgan.
16-rasm
Spektrning ko`rinish sohasini o`rganish uchun
spektroskop deb ataluvchi asboblar ishlatiladi.
Eng sodda spektroskop 17- rasmda ko`rsatilgan. Spektroskop kollimator - 1; prizmali ko`rish
trubasi - 2; prizmali stolcha - 3; tirqish - 4; linza - 5; obyektiv - 6 va okular - 7 lardan tashkil
topgan. Tirqishdan kelayotgan nur kollimator orqali linzaga tushadi. U prizmadan o`tishda turli
ranglarga ajraladi va obyektiv, ko`rish trubasi orqali okular yordamida kuzatiladi.
26
17-rasm
Spektrni fotoplastinkada qayd qilishga imkon beruvchi asbob
spektrograf deb ataladi.
Yanada takomillashgan, ya'ni uchinchi truba bilan ta'minlan-gan asbob spektrometr deb
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: