bajarayotgan har bir ishi qanday samaralarga olib kelishi mumkinligi to
15
Davlat iqtisodiy salohiyatining o`sish ko`rsatkichlari ijobiyligi iqtisodiyot
tarmoqlaridagi kadrlar va iqtisodiy ta`lim islohotlari qay darajada taraqqiy etishiga
bevosita bo
’g’liq. Shuningdek kadrlar siyosati iqtisodiy rivojlanish darajalarini
prognozlash va yaxshilashdagi muhim omil hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash va ta`lim samaradorligini oshirishda
bir qator loyihalar, iqtisodiy ta`lim islohotlari amalga oshirilmoqda. O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning kishilarning umumta`lim va professional
malaka darajasini oshirish, yangi talablar asosida kishilarning savodxonligini oshirish,
uzluksiz ta`lim tizimini joriy qilish borasidagi tashabbuslari negizida iqtisodiy
sohalarda yetuk mutaxassislar va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash orqali
tarmoqlardagi o`sish parametrlarining yaxshilanishiga erishilmoqda.
Ta`lim samaradorigini oshirish bevosita ta`lim tizimidagi kamchilik va
muammolarni bartaraf etish, asosiy yo`nalishlarni loyihalash bilan amalga oshiriladi.
Jumladan mazkur kamchilik va muammolar qatoriga kadrlar tayyorlash tizimini bozor
munosabatlari rivojlanish xususiyatlari asosida shakllantirilmaganligi, ta`limda
moddiy-texnikaviy bazani yetarli emasligi, ta`lim ixtisosliklari bo`yicha pedagogik
kadrlarning yetishmasligi, sifatli o`quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik
materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida puxta o`zaro
hamkorlikni yetarli emasligi, iqtisodiy ta`lim tizimidagi kamchiliklar sirasiga
kiradi.(2-rasm)
Respublikada iqtisodiy ta`limni shakllantirishda yuzaga keladigan dolzarb
muammolar sifatida iqtisodiyotni rivojlantirish va tarmoqlarni rivojlantirishga doir
dasturlar negizida ta`limda ilmiy loyiha, iqtisodiy fundamental fanlar tizimini
shakllantirish lozim.
Keyingi yillarda iqtisodiy ta`lim samaradorligini oshirishda bir qator loyihalar
amalga oshirilmoqda. Davlat byudjetidan grant mablag
’lar ajratildi. Bu bevosita ta`lim
va tarmoq bog
’liqligi o`sishning bir tomoni sifatida e`tirof etiladi. Iqtisodiy ta`lim
tizimini shakllantirishda asosiy muammolar sifatida manzilli ta`lim loyihalarini
amalga oshirish sustroq darajada, shuningdek iqtisodiy tarmoq ishlab chiqarishning
hajmini loyihalashtirishda ilmiy tadqiqiotchilik institutlarida ilmiy iqtisodchi
mutaxassislar tizimini shakllantirish lozim.
16
2-rasm.
Ta`lim tizimi samaradorligini oshirish bosqichlari
Yuqoridagi ta`lim samaradorligini oshirish va ta`limda ijobiy
natijalarga erishishda yuzaga keladigan kamchilik va muammolarni bartaraf etish
iqtisodiy ta`lim rivojlanishining intensiv omili sifatida e`tirof etish mumkin.
1-bosqich
Do'stlaringiz bilan baham: