118
pishloqlardan
hamda
maxsus
tayyorlangan
pishloq
massasidan
tayyorlanadi. Eritilgan pishloq massasiga suzma, sariyog„, yog„i olinib
qurutilgan sut, turli ziravorlar (garmdori, qalampirmunchoq, dolchin,
muskat, kardamon va boshqalar) hamda pishloq xamirini bo„yash uchun
ozuqa bo„yoqlari qo„shiladi. Erituvchi sifatida fosfor, limon natriylaridan
foydalaniladi. Eritishga mo„ljallangan pishloq po„sti artilib maydalanadi va
vakuum-qozonlarga joylanib, unga tuz, eritgichlar, bo„yoqlar qo„shiladi
hamda 70-75°C gacha isitiladi. Bu issiqlikda pishloq eriydi. Erigan pishloq
massasini alyumin zarqog„ozi solingan to„g„ri burchakli past tsilindr yoki
yarim tsilindr qoliplarga quyiladi va u sovigandan so„ng chiroyli
etiketkalarga o„raladi.
Bizning pishloq ishlab chiqaruvchi sanoatimiz yumshoq pishloqning
40 dan ortiq to„rini tayyorlab chiqaradi. Ular xamirining tarkibi, ta‟mi,
shakli, rangi, konsistentsiyasi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq
qiladi. Pishloq xamirining tarkibi va tayyorlanish usuliga ko„ra barcha
yumshoq pishloqlar olti guruhga bo„linadi.
To‗ldirgichli va ziravorli yumshoq pishloqlar guruhiga vetchina,
dudlangan kolbasa, garmdori, ziravorlar (tmin, qashqar beda, ukrop va
h.k.) tomat sousi qo„shilgan pishloqlar kiradi. Pastasimon yumshoq
pishloqlar: 55% yog„i bo„lgan Drujba, Volna, Leto, yog„i 50% bo„lgan
Rokfor, yog„i 45% bo„lgan kislomolochniy, tyubikli Moskva, Myagkiy va
shu kabi boshqalar ushbu guruhga mansub pishloqlardir. Bu pishloqlar
shirdon suvli, pishib etilgan katta va mayda qattiq pishloqlarga turli
miqdorda qaymoq, smetana, sariyog„ qo„shib tayyorlanadi. yumshoq
pishloqlarning
konsistentsiyasi nafis, surkaluvchan bo„ladi.
Yumshoq shirin plastik, pishloqlar (shokoladli, Kofeli, Mevali)
tarkibida yog„ turli miqdorda bo„lgan tvorog massasiga sariyog„, qand,
ta‟m beruvchi to„ldirgichlar hamda jelatin, agar yoki agaroid qo„shib
tayyorlanadi. Bu xil pishloqlar tarkibidagi yog„ 30%, qand 30% dan kam
bo„lmasligi, namlik esa 35% dan oshiq bo„lmasligi kerak.
Konserva qilingan yumshoq pishloqlar oliy navli tabiiy
pishloqlardan tayyorlanadi. Eritilgan issiq massa oziq-ovqat laki surtilgan
temir bankalarga quyiladi, so„ngra bankalar bekitilib sterilizatsiya yoki
119
pasterizatsiya qilinadi. Savdoga yumshoq pishloqlarning sterilizatsiya
qilingan, pasterizatsiya qilingan turlari chiqariladi.
Dorivor pishloqlar birinchi va ikkinchi xil taomlar hamda turli sous
va qaylalar tayyorlashda dorivor xizmatini o„taydi. Bu guruhga sabzavot
taomlari uchun pishloq, makaron ovqatlar uchun pishloq, oq qo„ziqorin
uchun pishloq va h.k.kiradi. Ular shisha bankalarga 225 g dan solinib,
bankalar temir qopqoqlar bilan germetik yopiladi. Pishloqlar taomga
o„ziga xos ta‟m va hid beradi. Sarxil yumshoq pishloqlar elastik,
uvalanmaydigan, zarracha va ko„zchalardan holi, xamirning rangi
sarg„imtir, ta‟mi shu turga mos, ziravorli pishloqlarning ta‟mi va hidi esa
qo„shilgan ziravorlarga xos bo„lishi kerak. yumshoq pishloqlar 30, 50,
100, 125, 200 va 250
g qilib qadoqlanadi. yumshoq pishloqlar faner va
yupqa taxtadan yasalgan yashiklarga yoki sig„imi
5
kg dan 20
kg gacha
bo„lgan burma karton kutilarga solinadi.
Pishloqlar har xil idishlarga: taxta yashik, okoronka, baraban,
bochkalarga (namakobli pishloqlar) solinadi. Har bir idishga pishloqning
bir turi, bir navi va deyarli bir vaqtda ishlab chiqarilgani joylanadi. Sotish
joylarida pishloqlarni toza, quruq, yaxshi shamollatiladigan, harorati 2°
dan 10° atrofida, havoning niobiy namligi 85-87% bo„lgan binolarda
saqlash kerak. Pishloqni boshqa tovarlar
(baliq dudlangan mahsulotlar,
piyoz, mevalar) bilan birga saqlash yaramaydi. Saqlash jarayonida
pishloqlar artib, aylantirib turiladi.
Brinza toza, namakob o„tkazmaydigan bochkalarga joylanadi. Ko„k
pishloqlar taxta yashiklarga 250 tadan solinadi, kukuni esa maxsus yog„ va
nam o„tkazmaydigan yupqa qog„oz
xaltachalarga solinib yashiklarga
joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: