To‗qimachilik iplari deb, tabiiy va kimyoviy tolalardan olingan
noaniq katta uzunlikdagi, kichik enli, to„qimachilik buyumlari
tayyorlash uchun ishlatiladigan egiluvchan va mustahkam jismga
aytiladi.
To‗qimachilik tolalari deb, chegaralangan uzunlikdagi,
ingichka to„qimachilik buyumlari ishlab chiqarish uchun yaroqli
bo„lgan egiluvchan jismga aytiladi.
Tovar- murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
Tovarning iste‟mol qiymati- tovarlar ekspertizasi fanining predmeti
hisoblanadi. Iste‟mol qiymati- bu tovarning foydaliligi, insonning
aniq bir ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Iste‟mol qiymati
barcha mehnat mahsullari uchun xos bo„lgan narsadir. U iste‟mol
xarakteriga ko„ra individual va ijtimoiy turlarga bo„linadi.
322
Do'stlaringiz bilan baham: |