Polimetilmetakrilat. Bu plastmassa tiniqligi, ma‟lum darajada
qattiqligi, chertganda larangsiz tovush chiqarishi va tutunsiz
chirsillab yonishi bilan boshqalardan farq qiladi. Yuqori tiniqlikka
ega bo„lganligi sababli xalq orasida organik shisha deb ataladi.
Undan billurga o„xshash qandillar hamda non idishlari, jadvallar va
yozuv stoli uchun «oynalar» ishlab chiqariladi.
Polistirol. Bu plastmassa stirol va butadiyenning qo„shma
polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Dunyoda ishlab chiqarilayolgan
plastmassalar hajmining 13%ni tashkil qiladi. U tutab yonib, ip bo„lib
cho„ziladi.
Poliuretanlar.
Geksametilendlizotsian
va
butilenglikol
qatronlarini polikondensatsiya qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |