Tabiiy charmlar. Charm ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo
sifatida qoramol, qo„y, echki, ot terilari ishlatiladi. Uncha ko„p bo„lmagan
holda bug„u, tuya va yovvoyi hayvonlar hamda dengiz hayvonlarining
terilaridan ham foydalaniladi. Hayvon tanasidan shilib olingan teri nam
(issiq) holatda bo„lib, u mikroorganizm ta‟siriga chidamsiz bo„ladi.
Shuning uchun terilarni saqlash va tashish paytida chirishdan saqlash
277
uchun ko„proq nam tuz sepish, muzlatish, quritish va boshqa usullar
yordamida konservatsiyalanadi.