Trikotaj buyumlarini navlash. Buyumlarning navini aniqlash
uchun har bir guruh buyumlari bo„yicha maxsus standartlar mavjud.
Trikotaj buvumlarining barcha nuqsonlari standartlarda polotnoning tashqi
ko„rinishi nuqsonlari va ishlab chiqarish-tikuvchilik nuqsonlariga
bo„lingan.
1 7 .5 . T i ki l g a n v a tr i ko ta j b u y u ml a r i n i ta mg ‗a l a s h ,
j o y l a s h , t a s h i s h h a m d a s a q l a s h
Tamg‗alash. Tikilgan va trikotaj buyumlarini tamg„alash, joylash,
tashish va saqlash tartiblari «Tikilgan va trikotaj buyumlar. Tamg„alash,
joylash. tashish va saqlash» 10582-82 Davlat standartida ko„rsatilgan.
Tikilgan va trikotaj
buyumlari tovar yorlig„i, tovar belgisi tasvirlangan tasma va nazorat
tasmasi yopishtirish yo„li bilan tamg„alanadi. Tovar yorlig„ida quyidagilar
ko„rsatiladi: ishlab chiqarish korxonasining tovar belgisi, uning nomi,
joylashgan yeri; buyumning turi, model raqami, buyumga mo„ljallangan
273
standart yoki texnik shartlar, artikuli, o„lchami, navi, chakana narxi, ishlab
chiqarilgan vaqti (oy va yil). Bulardan tashqari, qo„shimcha ma‟lumotlar
ham bo„lishi mumkin (chegirma, ustama, pardoz turi va boshq.). Tovar
yorlig„i har xil shaklli va badiiy bezatilgan bo„lishi kerak. Tovar
yorlig„idagi rekvizitlar topografik, litografik yoki bosma usulda chop
etilgan bo„lishi zarur.
Joylash. Tovar ko„rinishini saqlash uchun tikilgan va trikotaj
buyumlar joylanishidan oldin ehtiyotlik bilan taxlanishi lozim. Taxlash
usullari esa standartlarda ko„rsatilgan. Buyumlarni joylash uchun iste‟mol
taralari hamda qog„oz va transport taralaridan foydalaniladi. Iste‟mol
taralari yakka holda yoki guruh-guruh bo„lishi mumkin. Ularga
polietilenli, sellofanli plyonka yoki qog„ozli paketlar, qopqoqli qutilar,
klapanli kartondan yasalgan pachkalar kiradi.
Quti va kartondan yasalgan pachkalarga jun, ipak va kimyoviy tolali
gazlamalardan tayyorlanib tikilgan hamda sifati yaxshilangan buyumlar
joylanadi. Erkaklar ko„ylagiga karton yoki qalin qog„oz qo„yilib polietilen
yoki sellofan paketlariga solinadi va karton qutiga yoki paketlarga
joylanadi. Paxta, zig„ir, shtapelli gazlamalardan tikilgan buyumlar,
plashlar, kalta kamzullar, shimlar, ko„rpa-to„shak matolari va shunga
o„xshash buyumlar qog„ozga o„raladi.
Har bir quti yoki pachkaga bir xil modelli, o„lchamli, bo„yli, navli va
narxli buyumlar taxlanadi. Bosh kiyimlar karton yoki fancrdan yasalgan
teshikli qutilarga joylanadi. Transport taralariga yog„och, qat-qat qliingan
karton qutilar va kimyoviy materiallardan tayyorfangan yumshoq taralar
(xaltalar) kiradi.
Tashish. Tikilgan va trikotaj buyumlar yuk tashish qoidalariga
asosan, barcha transport vositalari (temir yo„l, avtomobil, suv va boshq.)
asosida amalga oshiriladi. Palto, yarim palto, kostyum, kalta kamzul va
shunga o„xshashlar maxsus jihozlangan avtomobil-furgonlarda osib
qo„yilgan holda tashiladi. Boshqa shaharlardan olib kelinadigan buyumtar
konteynerlar yoki transport taralariga joylanadi.
Saqlash.
Tikilgan
va
trikotaj
buyumlari
quruq,
yaxshi
shamollatiladigan va isitiladigan omborxonalarda saqlanadi. Ombor-
274
xonalarda harorat 10°C dan kam va 30°C dan yuqori bo„lmasligi, havoning
nisbiy namligi 50-70% bo„lishi kerak. Chunki yuqori havo namligi
gazlamalarni mog„or bosishiga va mikroorganizmlarning rivojlanishiga,
past havo namligi esa buyumlarning qurishi, qotib qolishi hamda
sinuvchanligiga sabab bo„ladi. Shuning uchun omborxonalar tez-tez
shamollatilib turiladi va quyosh nuridan saqlash choralari ko„riladi.
Ustki kiyimlar ilingan holda, yengil va ichki kiyimlar hamda boshqa,
buyumlar individual taralarda, bosh kiyimlar birlamchi taralarda saqlanishi
kerak. Jun gazlamali va mo„ynali buyumlarni kuyalardan himoyalash
uchun ularning yoniga naftalin xaltachalari osib qo„yilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |