4-5-mavzu. Turizm turlari va klassifikatsiyasi Reja



Download 495,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana02.03.2022
Hajmi495,09 Kb.
#478809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-ma`ruza

2.2.Turizm klassifikatsiyasi 
 


Hozirgi zamon turizmini klassifikatsiya qilish uchun eng avvalo uning asl mohiyatini ochib 
beradigan belgilarni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bizning fikrimizcha, turizmning asl 
mohiyatini geografik belgilar, turistik oqimlarning yo„nalishi, maqsadi, mablag„ bilan 
ta‟minlanganligi, harakatlanishi, joylashishi, turistlar soni, tashkiliy va huquqiy asoslari ochib 
beradi. Ushbu belgilarga ko„ra turizm quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. (1-jadval).
 
1-jadval 
Turizm klassifikatsiyasi 
Klassifikatsiya belgilari 
Turizm turlari 
1. Geografik belgilar
 
Ichki, xalqaro
 
2. Turistik oqimlar yo„nalishi
 
Kelishi, ketishi
 
3. Maqsadi
 
Rekratsiya, davolanish va dam olish, ko„rish 
(ekskursiya), tadbirkorlik (ish yuzasidan), ilmiy, 
sport va dam olish, shop-turizmi, qiziqish, ziyorat 
qilish, ekoturizm, ekzotik va boshqalar. 
 
4. Mablag„ bilan ta‟minlanish 
manbai
 
Ijtimoiy, savdo
 
5. Harakatlanishi
 
Piyoda, samalyotda, dengizda, daryoda, avtomatika 
bilda, poezda, velosipeda, aralash
 
6. Joylashish joyi
 
Mehmonxonada, motelda, pansionotda, kemping, 
palatkada 
 
7. Turizmda qatnashuvchilar
 
Yolg„iz, oilaviy, guruh
 
8. Tashkiliy shakli
 
Tashkiliy, ixtiyoriy
 
 
Bizningcha turizm klassifikatsiyasi yana boshqa bir qancha ko„rinishlarga ham egadir. 
Jumladan buni 2-jadvalda quyidagicha ko`rinadi. 
2-jadval
Turizm klassifikatsiyasi 
Sayohatda ishtirok etuvchilar va 
qatnashadiganlar soniga ko‘ra
Individual (yakka), guruh, oilaviy 
Dam olish regioniga ko‘ra
Milliy, xalqaro 
Turizm bozori
Ichki, xalqaro 
Tashkil etish xususiyatiga ko‘ra
Tashkillashtirilgan, tashkillashtirilmagan, mustaqil 
Maqsadiga ko‘ra
Dam olish, sog„liqni tiklash (sanatorniya), rekreatsiya, 
sog„lomlashtirish, ishbilarmonlik, ta‟limiy, diniy, ziyorat, 
shopturizm, sog„inish-qumsash (nostalgicheskiy) va 
boshqalar.
Yoshiga ko‘ra
Bolalar, yoshlar, o„rta yoshdagilar, keksa yoshdagilar, 
qarilar 
Xarakatlanish vositasiga ko‘ra
Avtomobil, avtobus, suv (kruiz), piyoda, temiryo„l, xavo, 
velosiped va boshqalarda 
Faoliyat turiga ko‘ra
Ishbilarmonlik, tanishuv, sport, ekologik, kongress, 
ekstremal, qishloq (agroturizm) va boshqalar 
Tabiiy resurslardan 
foydalanishga ko‘ra
Tog„, dengiz, o„rmon, daryo, plyaj, davolanish 
Hududiy xarakteriga ko‘ra
Kontinental, dengizbo„yi, orol 
Moliyaviy manbasiga ko‘ra
Tijorat, ijtimoiy (sotsial) 
Turistlarni joylashtirish 
vositasiga ko‘ra
Mexmonxona tipi, mexmonxona bo„lmagan tipi 
Sayohatning uzoq-yaqinligi
Yaqin, uzoq 
Sayohatning davomiyligi
Qisqa, o„rta, uzoq 
Turistik potoklarning intensivligi
Mavsumiy, yil davomida (doimiy) 


Ichki turizm yoki ko`p hollarda mahalliy turizm sifatida ham ishlatiladi. Agar turist o„z 
yashab turgan mamlakat hududdan chiqmasdan sayohat qilsa, turizmning bunday shakliga ichki 
turizm deb ataladi. Bunday turistlar uchun viza kerak emas, o„zining milliy pulidan foydalanadi. 
Ayrim ma‟lumotlarga qaraganda turistik sayohatlarga chiqishning asosiy qismi ichki turizmga 
to„g„ri keladi. Ichki turizmning rivojlanishi har bir mamlakatda turistik resurslardan foydalanish, 
turizm infratuzilmalarini rivojlantirish, turizm bo„yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash 
imkoniyatini beradi.
 
Keyingi yillarda xalqaro turizm bilan ichki turizm orasida bir-biriga yaqinlashuv yuz 
bermoqda. 1985 yil 14-iyun oyida Yevropa davlatlarining bir guruhi Gollandiya, Belgiya, 
Germaniya, Fransiya, Lyuksenburg, Italiya kabi davlatlarning hukumat boshliqlari Shengel 
hamkorligiga imzo chekdilar. (2019 yilda 22 ta davlatda shingen shrtnomasi amal qiladi). 
Keyingi yillarda Yevropa davlatlarining ko`pchiligi yagona pul muomalasi «Yevro»ga 
o`tmoqdalar. Bu esa ushbu mamlakatlarning barchasida pul, tovar va turistlarning erkin harakat 
qilish imkoniyatini beradi. Ushbu davlatlarda yagona viza siyosati amalga oshirildi. Bu esa 
Yevropaga turistlar oqimining ko„plab kelishi va ularning viza uchun ortiqcha mablag„ va vaqt 
sarflanmasligiga olib keldi.
 
Xalqaro turizm. Turistlarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga borib, undagi tarixiy, 
madaniy ob`ektlari bilan tanishish, ko„rish, dam olishga, davolanish va h.k. maqsadlargagi 
tashrifidir. Xorijiy mamlakatlarga pul ishlab kelish uchun borish turizmga kirmaydi. 
 
Xorijiy davlatlarga sayohatga chiqishdan oldin sayohatga chiqayotgan kishilar uchun viza 
ochiladi, ular tibbiyot ko„rigidan o„tkaziladi, milliy pul, xorijiy mamlkat puliga almashtiriladi. 
Bunday ishlarning amalga oshirilishi eng avvalo aholini noqonuniy migratsiyasiga, narkotik 
moda va fohishabozlikka qarshi kurash va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Xalqaro 
turizmning ikkinchi o„ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, xalqaro turizm mamlakat 
iqtisodiyotiga katta ta‟sir ko„rsatadi. Chet ellik turistlarning turizm xizmatlaridan foydalanishi
turist qabul qilgan mamlakatga valyuta tushumining ortishiga olib keladi. Shu sababli xalqaro 
turizm faol turizm deyiladi. Shu bilan birga turistlarni eksport qiluvchi mamlakatlarda pulning 
bir qismi turistlar bilan chiqib ketadi. Shu sababli faqat turistlarni eksport qiluvchi 
mamlakatlardagi turizm passiv turizm deyiladi. 

Download 495,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish