80
so’ndirishga imkon beriladi. Evrobanklar mijozning to’lov
va kreditni qaytarish
qobiliyatini, kredit tarixini o’rgangan holda turli shakldagi muzokaralar natijasida ssuda
shartlari to’g’risidagi yozma shartnoma asosida o’z mijoziga evrokreditlarni taqdim
etishadi. Foiz stavkaning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan
zararlarni oldini olish
maqsadida banklar qisqa muddatli evrokreditlar bozorida turli ko’rinishdagi moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshiradilar. O’rta va uzoq muddatli evrokreditlar odatda stend-bay
va qayta yangilanish (rollover) shartlari asosida taqdim etiladi.
Birinchi holatda bank qarz oluvchiga shartnomada kelishilgan summani turli qisqa
(3, 6, 9, 12 oylik) muddatlar bo’yicha alohida-alohida taqdim etish majburiyatini oladi.
Shartnomada belgilangan har bir muddat bo’yicha kredit foizi ham alohida-alohida,
evrovalyuta bozoridagi asosiy suzuvchi foiz stavkalar (masalan LIBOR)ning o’zgarishini
inobatga olgan holda ko’rib chiqilari. Bu esa, evrobanklarga o’rta
va uzoq muddatli
kreditlarni qisqa muddatli resurslardan foydalangan holda taqdim etish imkoniyatini
yaratadi.
Ikkinchi holatda, rollover evrokreditlar turli shartlar asosida berilishi mumkin.
Xususan:
1. Evrobank bitim tuzilgandan so’ng, investitsion
loyihani kreditlash uchun
mo’ljallangan barcha summani darhol bir martalik to’lov orqali yoki ma’lum bir
muddatdan keyin berishi, shuningdek kreditni so’ndirish tartibi ham bir martalik to’lov
hisobiga yoki qisman, alohida to’lovlar rejasi orqali amalga oshirililishi mumkin.
2. Amaliyotda keng tarqalgan rollover kredit turlaridan biri bu - kreditning ma’lum
bir oraliq muddati davomida mijozning maksimal olishi mumkin bo’lgan kredit miqdorini
nazarda tutadi. Bunday kreditni so’ndirish tartibi bir martalik yoki qisman to’lovlar orqali
amalga oshiriladi.
3. Kredit shartnomasida ssuda hajmi va uning foiz stavkasini
kreditning umumiy
muddati davomida har chorakda, yarim yilda yoki bir yilda bir marta va h.k.
oraliq
muddatlarda qayta ko’rib chiqish tartibi yoki sanasi belgilab qo’yiladi.
4. Rollover kreditning maxsus turlaridan biri bu – qarz oluvchiga kelishilgan ma’lum
muddat davomida oldindan belgilangan shartlar asosida zarur bo’lganda evrobankdan
kredit olish huquqini beradi.
81
Rollover kreditlarning shakli va shartlari turlicha bo’lsada, ular uchun ham ba’zi bir
elementlar majburiy hisoblanadi. Xususan,
tomonlarning faoliyat tavsifi, kreditning
summasi, maqsadi va to’lov valyutasi, so’ndirish muddati va tartibi, qiymati va kafolati
va boshqalar.
Evrodepozitlar
ni muddati 1 kundan 1
yilgacha, ba’zan 5 yilgacha cho’zilishi
mumkin, odatda ularning muddati 6 oy bo’ladi. Mazkur bozorda banklararo
depozitlarning o’rtacha summasi 5-10 mln. AQSh dollarini, ba’zan esa undan bir necha
marta katta miqdorni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: