J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


“Ta’minlanmagan dollarlar” kontseptsiyasi



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

“Ta’minlanmagan dollarlar” kontseptsiyasi
. Bu kontseptsiyaning mohiyati 
AQShning jahonda yirik qarzdor mamlakatga aylanishi bilan bog’liq. Ayni paytda, bunga 
dunyo mamlakatlarining to’lov balansidagi nomuvofiqliklar, eksport tovarlari 
raqobatbardoshligini saqlab turish uchun xorijiy valyuta zaxiralarini jamg’arish choralari 
ham sabab bo’lgan. Ushbu zaxiralar, o’z navbatida, AQSh g’aznachilik obligatsiyalari va 
boshqa qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilindi. 
Kontseptsiyaga muvofiq, o’zida AQSh dollaridagi aktivlarni yirik hajmda 
saqlovchi mamlakatlar ma’lum bir sabablarga ko’ra ularni olishni to’xtatishi yoki 
o’zlaridan soqit qilishlari oqibatida xalqaro moliya tizimida keng ko’lamli inqiroz avj 
olishi mumkin.
XX asrning 70-yillariga kelib Bretton-Vuds valyuta tizimi bekor qilingach, 
valyutalar hosilalari (derivagivlari) bilan birga o’zlarining oltin asosidan va ta’minotidan 
uzilib qoldi. Monetaristik g’oyalar (M.Fridmen va b.) asosiga qurilgan Yamayka valyuta 
tizimi moliya muassasalariga pulni bosish dastgohidan maksimal darajada foydalanish, 
valyuta derivativlari, elektron pullarni tashkil qilish, soxta kapital hisobiga yirik 
miqdordagi ta’minlanmagan dollarlarni va AQSh g’azna majburiyatlarini jahon moliya 
tizimiga kiritish imkonini berdi. Natijada jahon moliya tizimida qog’oz piramidasi, 
“moliyaviy ko’pik”, ya’ni “ta’minlanmagan dollarlar” shakllandi. O’z-o’zidan moliya 
sektori va iqtisodiyotning real sektori o’rtasidagi muvozanat buzildi, ya’ni uzilish yuz 
berdi.
“Erkin bozor iqtisodiyoti tanazzuli” kontseptsiyasi.
Ushbu kontseptsiyaning 
asosida erkin bozor iqtisodiyotining o’zini-o’zi samarali tartibga sola olmasligi, davlat 
tomonidan tartibga solishning etarlicha emasligi kabi g’oyalar yotadi. Binobarin, bu 
kontseptsiyani 
qo’llab-quvvatlovchilar moliyaviy erkinlashtirish, erkin bozor 
iqtisodiyotini tanqid ostiga oladilar. 
Global moliyaviy inqirozning yuzaga kelish sabablari, uning ko’lami va bu 
inqirozdan chiqish yo’llari borasida iqtisodchi olimlarning qarashlarida turli-tumanlikni 


43 
kuzatish mumkin. Biroq ularni umumiy qilib ikki guruhga ajratsa bo’ladi deb 
hisoblaymiz: 
a) erkin bozor tarafdorlari; 
b) davlat aralashuvini qo’llab-quvvatlovchilar. 
Ta’kidlash lozimki, global moliyaviy inqirozning chuqurlashuvi sharoitida 
davlatning aralashuvini qo’llab - quvvatlovchilar safi kengayib bormoqda. Ma’lumki, 
iqtisodiy beqarorlik sharoitida davlat aralashuvining zarurligi J.M.Keynsning “Bandlik, 
foiz va pulning umumiy nazariyasi” (General Theory) asarida asoslab berilgan edi.
3
Boshqacha aytganda, davlat iqtisodiy pasayish davrida, ya’ni iqtisodiyotda xususiy 
talabning etishmasligi sharoitida o’z xarajatlarini oshirish hisobiga tsiklik pasayishga 
qarshi fiskal siyosatni amalga oshirishi lozim. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish