66
yodgorlik Quvada, Andijon shahri xududida olib borgan izlanishlari juda katta
ahamiyatga ega bo’lgan natijalarni bergan bo’lsa, Andijon va Namangan viloyati
xududida olib borgan razvedka ishlari juda ko’plab
yangi yodgorliklarni
topilishiga, va ayniqsa butun vodiyni arxeologik jihatdan qayta rayonlashtirish
ishlariga katta foydasi tegdi.
B.H.Matboboevning ilmiy faoliyatini butun dunyoga yoyishda Pop
tumanidagi Mo’nchoqtepa yodgorligida olib borgan ilmiy izlanishlari katta o’rin
egallaydi. Bu yodgorlikda O’rta Osiyo arxeologiyasi tarixida birinchi marta ilk
o’rta asrlarga oid qamishdan yasalgan tobutlarga qo’yilgan
xilxonalar topilgan
bo’lib, ularga qo’yilgan paxta va ipak matolar, yog’och buyumlar, turli
novdalardan to’qilgan savatlar yaxshi saqlanib qolgan edi. Bu narsa O’rta
Osiyo
arxeologiyasi tarixida birinchi marta xo’jalikda ishlatilgan va shu kungacha
ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan buyumlarning turlari, hunarmandchilikning
noma’lum sohalarini anglab yetishga imkon berdi.
B.X.Matboboevning Farg’onaning ilk o’rta asrga
oid yodgorliklarida olib
borgan ilmiy izlanishlarining natijalari uning 2009-yilda himoya qilgan
«Farg’onaning ilk o’rta asrlar madaniyati (V-VIII asrlarga oid arxeologik
manbalarni tarixiy talqini) mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi katta ahamiyatga
ega bo’ldi. Bu dissertatsiyada to’plangan asosiy ilmiy g’oyalar B.Matboboevning
o’zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida chiqarilgan 8 ortiq
monografiyasida, 200 dan
ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalarida o’z aksini topgan.
B.H.Matboboev katta ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarni olib borish bilan birga
ilmiy-tashkiliy ishlarni ham olib bormoqda. Arxeologiya institutida doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qilish Kengashining azosi, «O’zbekiston moddiy
madaniyati tarixi» to’plami, « O’zbekiston arxeologiyasi» jurnali, « O’zbekistonda
arxeologik tadqiqotlar» to’plamlarining tah’ririyati a’zosidir.
B.H.Matboboev keyingi yillarda Xalkaro Bobur fondi uyushtirgan sohibqiron
Amir Temurning Oltin o’rda xonligi va To’xtamishxonga qarshi qilgan janglarini
o’rganish uchun Qozog’iston va Rossiya xududlaridagi yodgorliklarni o’rganish
uchun uyushtirilgan ekspeditsiyalarida ham aktiv qatnashib kelmoqda.
2012-yildan boshlab Farg’ona vodiysi tarixi
va moddiy madaniyatini
o’rganish
bo’yicha
tashkil
etilgan
O’zbekiston-Xitoy
ekspeditsiyasining
67
O’zbekiston tomonidan boshlig’idir.
B.H.Matboboev
kelgusidagi
ilmiy
faoliyatida
ham
yanada
katta
muvaffaqiyatlarga erishadi va bu bilan O’zbekiston arxeologiyasini yanada
rivojlantiradi degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: