Amaliy mashg`ulot 2
Mavzu: Klinik terminologiya. Prefiksatsiya usuli.
Prefikslar
Prefiks bu so‘z boshida joylashgan so‘z elementi. Bir prefiks o‘rniga boshqa
prefiksni qo‘yish so‘z ma’nosini o‘zgartiradi. Prefiks, odatda, son, vaqt, makon
yoki inkorni ifodalaydi. Ushbu
darslikda prefiks yakka holda kelsa, oxiriga defis qo‘yiladi.
1.1.
Macro/cyte
atamasida
macro
-
katta ma’nosini anglatuvchi prefiks;
-
cyte
hujayra ma’nosini anglatuvchi suffiks.
Macro/cyte
– katta hujayra.
Macro
-
prefiksini
micro
-
ga o‘zgartirib
kichik hujayra
yangi atamasini
shakllantiring:
_______ / _______
1.2.
Post/nat/al
tug‘ilishdan keyingi davrga taalluqli ma’noni anglatadi.
Atama elementlarini ma’nosiga ko‘ra aniqlang:
-ga oid:
_______
keyin, ort:
_______
tug‘ilish
: _______
1.3.
Pre-(oldin)
prefiksidan
tug‘ilishdan oldin (davr) ga oid
ma’noli so‘z
yasang:
_______ / _______ / _______
1.4.
Intra/muscular, post/nat/al, peri/card/itis
va
pre/operative
prefiks tutgan
tibbiy atamalardir. Prefiksni ma’nosiga ko‘ra aniqlang:
ich
: _______.
keyin
: _______
atrof
: _______
oldin
: _______
1.5.
Hyper/insulin/ism
so‘z elementlarini tahlil qiling:
hyper-
_______
insulin
_______
-ism
_______
1.6.
Pre/operative
jarrohlikdan
oldingi
vaqtni
anglatadi.
Prefiksni
o‘zgartirganingizda, Siz so‘z ma’nosini ham o‘zgartirasiz.
Jarrohlikdan keyingi vaqtni anglatuvchi so‘z yasang: _______ / _______.
Tibbiy so‘zlarni ta’riflash
Tibbiy so‘zni ta’riflashda dastlab so‘z boshini aniqlash kerak. So‘ngra, so‘z
o‘rtasi va nihoyat, suffiks aniqlaniladi. Quyida
osteoarthritis
atamasi namuna
qilib keltirilgan:
oste/o/arthr/itis
(1)
(2)
(3)
1. So‘z boshi aniqlaniladi:
oste/o
– suyak.
2. So‘z o‘rtasi aniqlaniladi:
arthr
– bo‘g‘im.
3. Avval suffiks aniqlaniladi:
-itis
– yallig‘lanish.
Demak,
oste/o/arthr/itis
suyak va bo‘g‘im yallig‘lanishi.
1.7.
Yuqorida ko‘rsatilgani kabi
gastr/o/enter/itis
atamasini ta’riflang:
Birinchi element: _______ / ___
Ikkinchi element: _______
Uchinchi element:
1
_______
! Quyuq harflar
bilan kelgan so‘z o‘zagi va BSh hamda
ko‘k rangda
beriladigan suffikslarga qo‘shimcha ravishda, yakka holda kelgan barcha
prefikslar
pushti rang
bilan belgilanadi.
Bo‘limni qaytarish 1-1
Talaffuz me’yorlarini ko‘rib chiqing. Ulardan ma’lumotnoma sifatida
foydalaning. So‘ng, quyida berilgan mashqlarda qavs ichidagi to‘g‘ri bandning
tagiga chizing:
1. Diakritik belgi ˘ (brevis, makron) deb nomlanadi.
2. Diakritik belgi ˉ (brevis, makron) deb nomlanadi.
3. Makron (ˉ) unli tovushni (qisqa, uzun) talaffuz qilish uchun qo‘llaniladi.
4. Brevis (˘) unli tovushni (qisqa, uzun) talaffuz qilish uchun qo‘llaniladi.
5. Agar
pn
so‘z o‘rtasida kelsa, (faqat
p, n, pn
) talaffuz qilinadi. Misol uchun,
ortho
pn
ea, hyper
pn
ea
.
6.
C
va
g
harflari a va o harflaridan oldin (qattiq, yumshoq) eshitiladi. Misol
uchun,
c
ardiac,
c
ast,
g
astric,
g
onad.
7. Agar
pn
so‘z boshida kelsa, (faqat
p, n, pn
) talaffuz qilinadi. Misol uchun,
pn
eumonia,
pn
eumotoxin.
8. Agar
i
so‘z oxirida kelsa (ko‘plik shaklda), (
eye, ee
) kabi talaffuz qilinadi.
Misol uchun, bronch
i
, fung
i
, nucl
e
i
.
9.
Ae
va
oe
kelsa, faqat (birinchi, ikkinchi) unli talaffuz qilinadi. Misol uchun,
burs
ae
, pleur
ae
, r
oe
ntgen.
10. Agar
e
va
es
so‘z yakunida kelsa, ular odatda, (qo‘shma, alohida) bo‘g‘in
sifatida talaffuz qilinadi. Misol uchun, syncop
e
, systol
e
, appendi
c
es
.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |