Kimyoviy tаhlillar аsоsidа jismning minerаl tаrkibini va solishtirma
issiqlik sig‘imini аniqlаsh
1819-yilda fransuz olimlari Dyulong va Pti turli metallarning issiqlik
sig‘imini tekshirib ko‘rib, qattiq holatdagi oddiy modda solishtirma issiqlik
sig‘imining shu oddiy moddaga tegishli element atom og‘irligiga ko‘paytmasi
ko‘pchilik elementlarda taminan bir xil bo‘lib, o‘rta hisob bilan 6,3 ga teng
247
ekanligini topdilar. Bu ko‘paytma 1 gramm-atom elementni 1
o
ga qizdirish
uchun zarur issiqlik miqdori bo‘lganligidan, u
atom issiqlik sig‘imi
deb ataladi.
Shu qonuniyat
Dyulong va Pti qoidasi
deb ataladigan bo‘ldi.
Elementlarning atom issiqlik sig‘imi taxminan 6,3 kal/g = atom.grad. gat
eng. 12.1 - jadval bu qoidani yaqqol ko‘rsatib beradi.
12.1-jadval
Ba’zi elementlarning issiqlik sig‘imlari
Element
Atom og‘irligi
Solishtirma
issiqlik sig‘imi,
kal/g ∙ grad
Atom issiqlik
sig‘imi, kal/g
atom-grad
Magniy
24,31
0,235
6,1
Oltingugurt
32,06
0,176
5,6
Temir
55,85
0,107
6,0
Mis
63,54
0,092
5,9
Rux
65,37
0,091
6,1
Qalay
118,69
0,053
6,4
Yod
126,90
0,052
6,6
Oltin
196,97
0,031
6,0
Qo‘rg‘oshin
207,19
0,031
6,3
Dyulong va Pti qoidasidan 6,3 ni oddiy moddaning solishtirma issiqlik
sig‘imiga bo‘lish yo‘li bilan ayni element atom og‘irligining taqribiy qiymatini
topish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Oddiy moddaning solishtirma
issiqlik sig‘imini esa tajriba yo‘li bilan topish oson.
Atom og‘irliklarini aniqlashning yuqorida ko‘rib chiqilgan metodlari juda
aniq natijalar bermaydi, chunki birinchidan tomondan, molekular og‘irlikni bug‘
zichligiga qarab topishning aniqligi ahyon-ahyonda 1% dan oshadi; ikkinchi
tomondan Dyulong va Pti qoidasi atom og‘irlikning taqribiy qiymatinigina
topishga imkon beradi. Ammo bu metodlarning biri bilan topilgan atom
og‘irlikni shu elementning ekvivalentiga solishtirib ko‘rish yoli bilan to‘g‘rilash
248
(ya’ni, atom og‘irlikning aniq qiymatini topish) qiyin emas. Masalan, volfram
(W) metalining solishtirma issiqlik sig‘imi C
W
= 0,035 kal/g ∙ grad ga va uning
ekvivalenti E
W
= 30,65 g ∙ ekv ekanligini bilgan holda Dyulong va Pti qoidasiga
binoan atom massani aniqlaymiz:
A
r
(W) = 6,3/C
W
= 6,3/0,035 = 180 g
Bu qiymat esa taqribiy qiymatdir, shuning uchun uni ekvivalenti bilan
solishtirgan holda avval valentligini va so‘ngra aniq atom massasini topamiz:
Valentlik (W) = A
r
/E
W
= 180/30,65 = 5,87
Valentlikning qiymati butun songa teng bo‘lgani uchun bu sonni yaxlitlab
(5,87 ≈ 6), so‘ngra ekvivalentiga ko‘paytiramiz:
A
r
(W) = 6 ∙ 30,65 = 183,9 m.a.b. ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |