Metallurgiyada shlak eritmalari. Shlak eritmalari haqida ma’lumot
Shlak eritmalari deb, ruda yoki oraliq mahsulotlarni pirometallurgiya usuli
bilan qayta ishlash natijasida paydo bo‘ladigan oksidlarning murakkab
eritmalariga aytiladi. Shlak turli oksidlar va ularning o‘zaro bog‘lanishidan
paydo bo‘ladigan birikmalardan tuzilgan. Shlak dastlabki xomashyo – tog‘
jinslari va maxsus qo‘shiladigan flyuslardan iborat bo‘ladi. Shlakning asosiy
vazifasi – metall va shunga o‘xshash foydali moddalarni tog‘ jinslaridan ajratib
olishdir.
Pirometallurgiyada shlakli eritmalarning ahamiyati juda katta. Shlak
fazasida jarayonga ta’sir etuvchi asosiy fizik-kimyoviy reaksiyalar oqib o‘tadi.
193
Jarayonning termodinamikasi va kinetikasi asosan shlakning xususiyatlariga
bog‘liqdir. Dastlabki xomashyoda metallning miqdori kam bo‘lgani uchun va
bo‘sh tog‘ jinsining miqdori ko‘proq bo‘lgani sababli metallurgik pechlarda
juda ko‘p shlaklar paydo bo‘ladi. Ularning massasi dastlabki rudaning
massasiga deyarli tengdir. Shlaklarning xususiyatlari bilan metallurgik
jarayonning ishlab chiqarish unumdorligi, mahsulotning tan-narxi, yoqilg‘ining
sarfi, metallning chiqindi bilan isrofi va boshqa ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Ko‘p jarayonlarda shlakning hosil bo‘lishi yuqori haroratda qizib turgan suyuq
metallni oksidlanishidan muhofaza qiladi. Elektrometallurgik jarayonlarda
shlak qarshilik vazifasini bajarib, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga
aylantirib beradi va natijada pechga yuklangan shixta massasini tezroq erishiga
olib keladi. Bir necha metallurgik jarayonlarda shlak asosiy metallni tozalash
uchun ishlatiladi.
Bitta moddani ikkita bir-biriga aralashmaydigan fazalarga taqsimlanish
qonuniga ko‘ra shlaklarda bir necha foiz metall eriydi. Ko‘pincha shlaklarda
metallning miqdorligi 0,5 – 3,5% ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ozdek
ko‘rinsada, lekin shlak miqdori ko‘p bo‘lgani sababli shlak bilan metallning
isrofi ham ko‘p bo‘lishi tayindir. Bu holat metallurgiyaning eng katta
muammosidir.
Shlakni tashkil etuvchi asosiy moddalar: SiO
2
(kremnezem, kvars), Al
2
O
3
(glinozem), CaO (so‘ndirilmagan ohak), Fe
3
O
4
yoki FeO·Fe
2
O
3
(magnetit),
MnO (marganes (II) oksidi), MgO (magnezit) va boshqalar.
Shlaklarda bir qancha sulfidlar ham (asosan, FeS ko‘rinishida) eriydi.
Ularning miqdori 2 – 3% ni tashkil qiladi.
Bir necha shlak tarkibi namunalari:
1) Mis shteynini olishda:
33 – 50% SiO
2
; 2 – 12% CaO; 34 – 45% FeO.
2) Nordon muhitli po‘lat eritish pechida:
45 – 60% SiO
2
; 35 – 45% FeO.
194
Do'stlaringiz bilan baham: |