Reja: Internet tarixi



Download 57,05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.03.2022
Hajmi57,05 Kb.
#476895
Bog'liq
Internet haqida r



Internet
-
zamonaviy aloqa va axborot uzatish asosi
Reja:
1.Internet tarixi
2.Internet va undan foydalanish madaniyati
3.Internet tarmog'ining foydasi va zarari
Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi.
Malumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish
imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning
tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi
haqida ma'lumot beriladi. Internet tarixi o'zgarib va rivojlanib turuvchi
olam yoki jamiyat haqida turli xil ko'rinishdagi katta hajmli axborotlar
dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu
ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi
vositalarisiz katta mablag' va vaqt talab etadi. Bunday muammolar
Internet (Xalqaro informatsion tarmoq)ning tashkil etilishi bilan hal etildi.
Internet "sovuq urush" mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro
zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo'ljallangan
tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlarida AQSH
Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog'i
asos bo'Igan. ARPANet — buzilgan aloqa bo'g'inlarni avtomatik ravishda
aylanib o'tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma'lumot almashishiga
imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir. ARPANet tarmog'i birinchi
marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali
bor-yo'g'i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmpq
maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog'i orqali
axborot almashish imkoniyati yuzaga kelgandan so'ng bu tarmoqqa turli
korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet
tarmog"iga aylangan. Internet tarmog'i biror tashkilotga bo'ysunmaydi,
lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va
millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif
etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan "Internet arxitekturasi
bo'yicha kengash" tomonidan boshqariladi.Kompyuterlarning
axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi
modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes
kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va


telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham
Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'Idilar.Hozirgi kunda
Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil
etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib
bormoqda. Internet o'zaro aloqa bog'lash yoki ma'lumotlar almashish
tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori
majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar
bilan bog'liq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi
ma'lumotlarni ham o'zida saqlay olishidir.1992—93-yillarda axborot
texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis
masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki,
u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web ning yaratilishiga
1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining
loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot
tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan
iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez
rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.Internet deganda ko'pchilik
World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World
Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini
anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli
axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan
birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo'lgani uchun
foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.
Inernet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter
tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga
mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot
beruvchi axborot manbaidir.
Tabiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan
kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global
tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar,
tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada
katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi
tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada
mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda:
internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq
muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli


vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin
qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga
haddan ziyod berilib ketishlaridir.Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish,
mushoxada, taxlil qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini
susaytirishga sabab bo'lmoqda.Ma'lumki, Internet vositasidan
foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z
tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi
hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni
to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu
tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu
qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan
ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda.
Barchamizga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining
o'rni beqiyos. O'zingizga kerakli barcha ma'lumotlarni shu kabi biron bir
saytning “izlash” katakchasiga yozib, chiqarilgan ko'pgina ma'lumotlar
ichidan o'zingizga keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma'lum bir saytning
manzili yodingizdan ko'tarildimi, yana o'sha qidiruv sistemalari yordamga
keladigan saytga aloqador kalit so'zlarini terasiz va qarabsizki o'sha sayt
qarshingizda namayon bo'ladi.
Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar
bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud.
Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda
ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish
maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bu kompaniya Internetdagi yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo
bo'ylab tarmoq foydalanuvchilarning o'ntadan yettitasi u yoki bu
ma'lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat qilishadi.
Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so'rovlarni qabul qiladi, sakkiz
milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni izlab
topishi mumkin.Keyingi
yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng ommalashib
borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. Hozirda
bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va
qulay hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda.
Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan
tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli – tuman axborot
texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir


tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy
saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga
undaydi.
Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televidenie, matbuot Internet
kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda.
Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir
sharoitda xarbiylarimiz ongini o'rab–chirmab, uni o'qima, buni ko'rma deb
bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab
olish hech shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad –
muddaolarimizga xam to'g'ri kelmaydi.
Nega deganda biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish
vazifasini o'z oldimizga qat'iy maqsad qilib qo'yganmiz va bu yo'ldan
hech qachon qaytmaymiz.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda
emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur
o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan
mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini
erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o'z
hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli
xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish
o'zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz.
Xozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib
chiqib aytish mumkinki, O'zbekistonda axborot olish, saqlash,
foydalanish va tarqatishning umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot
nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning moxiyati va
unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib qolmoqda. Ana shu hayotiy
extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash
tizimini yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb
hisoblaymiz:
Birinchidan, sotsiologik yo'nalish. Bunda axborot olish va tarqatish
jarayonida jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi
rolidan kelib chiqib, jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo'nalishlari
ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o'rganishni yo'lga qo'yish
kerak.
Aholi turli qatlamlari, qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari
asosidagi fikirlash tarzini aniqlab borish zarur.Ikkinchidan, statistik
yo'nalish. Ko'p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan ortiq millat va


elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko'rsatayotgan
O'zbekistonda millatlararo va dinlararo mojorolarni turli siyosiy
manfaatlar va buzg'unchi g'oyalar tasirida kelib chiqishi mumkin bo'lgan
nizolar manbalarini o'rganib borish, bu borada aniq hisob – kitoblarga
tahliliy yechimlarga ega bo'lish.
Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot
psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg'unchi g'oyalar inson
ongi va tafakkuriga o'z ta'sirini o'tkazayotgan bir sharoitda siyosiy
mojorolar kelib chiqish mumkin bo'lgan manbalarni o'rganish, omillarini
aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy – siyosiy psixologik
izchil ravishda o'rganib borilmog'i lozim.
To'rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funktsional tahlil. Axborot tizimi,
xususan, axborot psixologik ta'sir axborot siyosati tizimi va vositasining
muxim qismi sifatida baxolashi lozim. Voqelikka ana shu tarzda
yondashib, ilmiy – taxliliy nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak.
Tig'iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida shakillanayotgan
ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o'rganilmog'i lozim.
Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g'oyasining ustuvorligi. Har
qanday fuqoro axborot bazasidan “maxsulot” tanlash jarayonida uning
qalbida, ruxiyatida, kayfiyatida, fe'l atvorida, bularning barchasining
oqibati sifatidagi hatti – xarakati va munosabatida mafkuraviy immunitet
ustuvorligini ta'minlash. Albatta, O'zbeksiton mustaqillikning 23yili
mobaynida ommaviy axborot komunikatsiyasi soxasida jiddiy
o'zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo har bir fuqaroning so'z va fikr
erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan
kafolatlangan.
Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi bir qator qonunlar yaratildi va
amalda qo'llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko'paydi. Bularning
hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o'ziga xos
taraqqiyotidan dalolat beradi.
Yana shuni takidlash lozimki, Internet vositalaridan o'rin olgan jamiki
axborot va ma'lumotlarning hammasi ham real haqqoniy emasligi ayni
paytda ayon bo'lmoqda.
Bundan kelib chiqib aytish joizki, olinayotgan dalillarning qay darajada
to'g'riligini ongli ravishda mushohada etish maqsadga muvofiqdir.
Shundagina Internet orqali egallayotgan bilimlarimiz hayotimizda ijobiy
samara berishiga ishonch xosil qilish mumkin.


Muxtasar qilib aytganda, harbiy xizmatchilarimizning ma'naviy olamida
bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot
tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg'usini har
doim shakillantirishimiz zarur.
Bugungi kunda ko'pchilik odamlar o'zlarining mavjudligini Internetsiz
tasavvur qila olmaydilar. U bizning hayotimizga juda qat'iy kirdi va uzoq
vaqtdan beri nafaqat ko'ngil ochish, balki zarurat, zamonaviy haqiqatga
aylandi, undan qochib qutulish mumkin emas.
Statistikaga ko'ra:
Amerikada o'spirinlarning 95% va kattalarning 85% Internetdan
foydalanadi.
Har ettinchi kishi facebookdan foydalanadi.
2016 yilga kelib, prognozlarga ko'ra, Internetdan foydalanuvchilar soni
qariyb uch milliardni tashkil qiladi va bu er yuzida yashovchi odamlarning
deyarli yarmi.
Agar Internet bir mamlakat bo'lganida edi, u iqtisodiy jihatdan 5-o'rinni
egallab, shu tariqa Germaniyadan ortda qolar edi.
Aksariyat odamlar, ayniqsa internet foydalanuvchilari, Internet insoniyat
uchun ulkan yutuq ekaniga qo'shilishadi. U bitmas-tuganmas manba
ma'lumot, zarur bilimlarni olishga va murakkab muammolarni hal qilishga
yordam beradi. Butunjahon tarmog'i sizga aqlli, bilimliroq bo'lishingizga,
ko'plab qiziqarli narsalarni o'rgatishingizga yordam beradi.
Bundan tashqari, Internetdan foydalanish shundaki, u mamlakatlar yoki
hatto qit'alar o'rtasidagi chegaralarni xiralashtirgandek. Odamlar
bir-biridan minglab kilometr uzoqlikda bo'lishsa ham muammosiz
muloqot qilishlari mumkin. Butunjahon Internet tarmog'i yangi do'stlar
yoki hatto sevgini topishga imkon beradi.
Internetdagi vaqt foydali dasturlarni tomosha qilish, yangi bilimlarni olish,
chet tillarini puxta o'rganish uchun sarflanishi mumkin. Ba'zilar hatto
uning yordamida yangi kasbni egallashga yoki yaxshi ish topishga
muvaffaq bo'lishadi. Va Internet o'zi barqaror daromad manbaiga
aylanishi mumkin. So'nggi bir necha yil ichida Butunjahon Internet
tarmog'iga aloqador ko'plab kasblar paydo bo'ldi.
Albatta, tarmoqning foydalari juda katta va siz u bilan bahslasha
olmaysiz. Biroq, Internetning zarari katta bo'lishi mumkin. Avvalo, World


Wide Web-ning zararli ta'siri haqida gap ketganda, Internetga qaramlik
yodga tushadi. Ammo bu shunchaki afsonaviy atama emas.
Internetdan foydalanuvchilarning qariyb 10% i unga qaram ekanligi,
ularning uchdan bir qismi Internetni uy, oziq-ovqat va suv kabi muhim
deb bilishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Janubiy Koreya, Xitoy va Tayvanda
Internetga qaramlik allaqachon milliy muammo sifatida qaralmoqda.
Biroq, bu nafaqat Internetga zarar etkazishi mumkin. Monitorda juda
uzoq turish, ko'rishga eng yaxshi ta'sir qilmaydi, uzoq vaqt davomida
noto'g'ri pozitsiyalarda bo'lish mushaklar-skelet tizimiga zararli ta'sir
ko'rsatadi.
Internetning kamchiliklariga psixikaga zarar etkazadigan ma'lumotlarning
mavjudligi kiradi. Tarmoq yordamida firibgarlar shaxs haqidagi shaxsiy
ma'lumotlarni bilib, undan o'z maqsadlari uchun foydalanishi mumkin.
Bundan tashqari, Internet tarmog'i ko'pincha kompyuter tizimiga zarar
etkazishi mumkin bo'lgan viruslarning tarqatuvchisiga aylanadi.
Albatta, Internetning foydasi va zarari har xil miqyosda. Bu juda ham
ko'p afzalliklarga ega. Agar oqilona foydalanilsa, Internetning zararli
ta'siridan saqlanish mumkin.

Download 57,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish