–
boshqa sho‘balar bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, sho‘ba faoliyatiga doir
ma’lumotlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil
qilish, hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga kiritish;
–
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa,
6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini
ko‘rishni ta’minlash;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish,
boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va chiqarilish hisobining olib
borilishini nazorat qilish;
–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–
ilg‘or tajribali pedagoglarga metodik tavsiya va qo‘llanmalarni yaratishda metodik
yordam ko‘rsatish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kompetensiyaviy
yondashuvni tashkil etish, ularni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy
rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha
ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavqeyini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan
hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim-
tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish
borasida seminar, ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamda
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha sho‘ba mudiriga takliflar kiritish;
–
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan uzviy aloqada bo‘lish, metodik yordam
ko‘rsatish hamda ular tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti bajarilishini
nazorat qilish;
–
nodavlat
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlari
tomonidan
Maktabgacha
ta’limni
boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq kiritilishini
nazorat qilish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni
aniqlash, o‘rganish hamda ommalashtirish;
–
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida sho‘baga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar
hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni
hal etish choralarini ko‘rish;
–
o‘rnatilgan tartibda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena talablariga, mehnatni
muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: