O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/199
Sana01.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#476882
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   199
Bog'liq
2 5400198759357354506

2. Bilishi lozim:

ta’lim tizimiga oid, axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirishga tegishli normativ-
huquqiy hujjatlarini;

maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablari, mutaxassisligi bo‘yicha yurtimizda va
jahon amaliyotida bo‘layotgan yangiliklarni;

kutubxona-axborot nazariyasi va amaliyotini, metodik ishlarni tashkil etish va
samaradorligini oshirish usullarini;

davlatimiz va xorij davlatlar ilm-fanining bibliografiya va axborot sohasidagi yutuqlari
hamda axborot-kutubxona jarayonlari texnologiyasini;

jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish usullarini, axborot-resurs markazida
ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi ta’minlanishini;

kutubxonashunoslik,
bibliografiyashunoslik,
kitobshunoslik
sohasini,
personal
kompyuterlar, multimedia qurilmalari, avtomatlashtirilgan kutubxonachilik tizimi va internet
bilan ishlash faoliyatini;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;

ikki yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.
6-bob. Maktabgacha ta’lim vazirligi
xodimlarining malaka tavsiflari
94-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarma
boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon,
qaror va farmoyishlari, Hukumatning qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlikning hay’at qarorlari, buyruqlari, dasturlari va boshqa hujjatlarda vazirlik
rahbariyati tomonidan bosh boshqarmaga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini
nazorat qilish;

bosh boshqarmaning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
Tartib raqami
199
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1112
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



vazirlikning hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda rahbariyatga
bosh boshqarma faoliyati doirasidagi masalalarni tayyorlash va takliflar kiritish;

bosh boshqarmaning ish faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab
chiqilishiga rahbarlik qilish, uning tarkibiga kiruvchi hududiy bo‘limlar faoliyatini
muvofiqlashtirib borish va istiqbol yo‘nalishlarini belgilash, ularni vazirlikning umumiy ish
rejasi bilan muvofiqlashtirib borish, bo‘lim va sho‘balarning yillik ish rejalarini ko‘rib chiqish,
ularda belgilangan tadbirlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish;

respublikadagi maktabgacha ta’lim va ilmiy tadqiqot tizimini rivojlantirish manfaatlari
yo‘lida vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va mahalliy davlat hokimiyat organlari,
jamoat tashkilotlari hamda xorijiy davlatlarning mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat
va nodavlat tashkilotlari bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish,
uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan saqlanish, ularning
oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga
oshirish;

vazirlik va xalqaro miqyosdagi keng ko‘lamda turli xil tarbiyaviy ishlar, o‘quvlar,
seminar-treninglar, konferensiyalar, suhbat, uchrashuv va ko‘rik-tanlovlarni rejalashtirish hamda
ularning bajarilishi sifat va samaradorligi ustidan nazorat qilish;

o‘z vakolati doirasida vazirlik xodimlariga berilgan topshiriqlarning bajarilishini
nazorat qilish, xodimlarning kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish,
ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish, shuningdek, bosh boshqarma
vakolatiga kiradigan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash;

vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, bosh
boshqarma faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish
va ijro intizomini doimiy nazorat qilish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
tayyorlashda faol ishtirok etish, boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishchi
guruhlar ishlariga mutaxassislarni jalb qilish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududiy maktabgacha ta’lim boshqarma boshliqlari bilan
birgalikda vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etilgan kadrlarni
tanlash yuzasidan takliflar kiritish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;

xodimlarning o‘z funksional vazifalarini tashkiliy-uslubiy jihatdan qanday bajarishini
nazorat qilish, shu asosda vazirlik rahbariyatiga ularni rag‘batlantirish va intizomiy
javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli takliflar kiritish;

bosh boshqarma boshlig‘i vakolati doirasida boshqarma xodimlari o‘rtasidagi vazifalar
taqsimotiga zaruriyatga
qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish, ish taqsimoti asosida bosh
boshqarma xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;

o‘z
yo‘nalishi
bo‘yicha
rahbariyatga
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha uskunalar, o‘quv qurollari va musiqa asboblari
bilan jihozlash borasida tegishli takliflar kiritish, shuningdek yangi o‘quv binolarini qurish,
kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash yuzasidan takliflar tayyorlash;



o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun
tasdiqlangan
me’yorlarga
asosan
viloyat,
tuman
(shahar)
mutaxassislari
bilan
o‘quv-metodik yig‘ilishlar, anjumanlar, seminarlar, videoseminarlar o‘tkazilishini nazorat qilish;

o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda
og‘zaki murojaatlarini, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, fuqarolarni
qabul qilish;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish