2. Bilishi lozim:
–
moliyalashtirishni tashkil etishga doir yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish
yo‘llarini;
–
moliyalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini
oshirish usullarini;
–
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h);
–
iqtisod va moliya yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini
oshirish usullarini;
–
attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari
ta’lim
tashkilotlari
pedagog
kadrlarini
attestatsiyadan
o‘tkazish
tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari
asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy-iqtisodiy ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bir yildan kam bo‘lmagan ish staji.
60-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, Toshkent shahar
maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari
yuridik bo’limi boshlig’i lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
Tartib raqami
686
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1212
Xodimlar toifasi
Boshqaruv
–
boshqarma Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalar, tizimda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlanishi, ularda belgilangan
talablarga qat’iy rioya etilishi, huquqiy axborotdan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash
va muhokamaga kiritish;
–
qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan
normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun
qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida
huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa
tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;
–
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
talablariga muvofiq tizimda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini
ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga
ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish
bo‘yicha rahbariyatga chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib kiritish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy axborotdan foydalanish va normativ
hujjatlardan samarali foydalanish, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha normativ-
huquqiy hujjatlar tayyorlanishida vazirlikka takliflar kiritish yuzasidan istiqbol va joriy ish
rejalarini ishlab chiqish, uni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish,
bajarilishini ta’minlash;
–
boshqarmaga tegishli bo‘lgan yuridik hujjatlar (tashkilot Ustavi, ishchi –xodimlar
bilan tuzilgan shartnomalar, korxona va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan turli shartnomalar,
zarurat tug‘ilganda notarial guvohnomasini olish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) loyihasini
tekshirish va takliflar kiritish;
–
huquqiy masalalar bo‘yicha bo‘lim xodimlariga maslahat va tavsiyalar berish;
–
maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘lim xodimlari, maktabgacha ta’lim
tashkilotining barcha xodimlari, ota-onalari va ularning farzandlaring huquqlarini qonun
doirasida himoya qilish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli masalalari bo‘yicha sudlarda qonuniy vakil
sifatida ularning huquqlarini himoya qilish;
–
boshqarma javobgar sifatida bo‘lib o‘tadigan har qanday sudlarda korxonaning
qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqarma boshlig‘ining (ish beruvchining)
ishonchli vakili sifatida ishtirok etish va huquqiy himoya qilish;
–
o‘z sohasiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni yozma yoki elektron ko‘rinishda shakllantirish
va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash;
–
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish
bo‘yicha seminar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
–
imzo uchun rahbarga kiritilayotgan barcha hujjatlar loyihasini (buyruqlar,
ko‘rsatmalar, Nizomlar) ko‘rib chiqish va chiqariladigan har qanday buyruqlarni qonun
talablariga moslashtirish;
–
boshqarma va tizim xodimlarini ishdan bo‘shatish, boshqa vazifaga o‘tkazish va
intizomiy jazo berilishi bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlarni qonuniyligini tekshirish;
–
xodimlarga nisbatan rahbar xodimlar tomonidan noto‘g‘ri ma’muriy jazo
qo‘llanilganda rahbarlarning ushbu harakatlari ustidan davlat huquqiy tashkilotlariga shikoyatlar
tayyorlash va jo‘natish;
–
boshqarmaga kelgan xatlar, fuqarolardan tushgan murojaat va shikoyat arizalar bilan
ishlash, ularni qabul qilish hamda muammolarni hal etish choralarini ko‘rish;
Do'stlaringiz bilan baham: |