O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Qishloq xo‘jaligi aylanma fondlarining turkumlanishi



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Qishloq xo‘jaligi aylanma fondlarining turkumlanishi
5.2-chizma.
Aylanma fondlar ishlab chiqarish jarayonida bajarayotgan vazifalarini 
e’tiborga olgan holda uch guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish zahiralari,
100
www.ziyouz.com kutubxonasi


tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va muomaladagi vosita va 
mablag'lar.
Aylanma fondlar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda 
xo'jalik faoliyatining so‘nggi natijalariga bir xilda ta’sir etmaydi. Ta'sir etish 
darajasiga qarab aylanma fondlar:
- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri ta’sir qiluvchi;
- ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga bilvosita ta’sir qiluvchi 
aylanma fondlarga bo'linadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish va 
olinadigan foyda summasini ko‘paytirish uchun aylanma fondlardan samarali 
foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.
S.2. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni
shakllantirish manbalari hamda ulardan samarali foydalanish yoMlari.
Qishloq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan asosiy va aylanma fondlar bozor 
iqtisodiyotiga o'tish sharoitida turlicha yoTlar bilan shakllantirilib, baipo 
etilmoqda. Qishloq xo‘jaligik korxonalari ayrim asosiy vositalarni (bino, 
inshootlarni) o'zlari quradi, qishloq xo'jalik texnikalarini ta’mirlaydi, bogTar 
baipo etadi, chorva hayvonlarini parvarish qiladilar. Ayrim asosiy vositalarni 
sotib oladi, ba’zi birlarini esa ijaraga oladilar.
Asosiy va aylanma fondlar quyidagi ikkita manbadan shakllantiriladi:
- korxonalaming o‘z mablagTaridan;
- chetdan jalb etilgan mablagTar hisobiga.
Korxonalaming o‘z mablagTariga sof foydadan ajratilayotgan 
mablag', amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan 
tushadigan mablagTar, asosiy vositalami ijaraga berishdan tushgan mablag‘, 
qimmatli qog'ozlar chiqarib sotishdan tushgan tushum va boshqa shu kabilar 
kiradi. Chetdan jalb qilingan mablagTarga esa davlat byudjetidan ajratilgan 
mablagTar, banklardan olingan kreditlar, jalb etilgan investitsiyalar va 
boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat 
byudjetidan ko‘plab mablagTar ajratilmoqda. Mazkur mablagTar asosan 
irrigatsiya inshootlarini (suv omborlari, kanallar) harpo etishga, qishloq 
xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirishga, yerlaming meliorativ holatini 
yaxshilashga, ekologiyani sogTomlashtirishga, qishloq xo‘jalik korxonalarini 
qoTlab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik asosiy va aylanma 
fondlarini shakllantirishda lizing xizmatidan keng foydalanish lozim. Qishloq
101
www.ziyouz.com kutubxonasi


xo'jalik korxonalarida o‘zlari uchun zarur boigan barcha texnikalami sotib 
olish uchun m ablagiari yetishmasligi mumkin. Bunday sharoitda ulami lizing 
asosida ijaraga olish va lizing muddati tugagandan so‘ng 
qoldiq qiymati 
bo'yicha sotib olish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan 
lizing faoliyati izchil qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda. Qishloq xo'jalik 
korxonalari turli vositalami lizing asosida jalb qilganda ularga boj to‘lovlari, 
soliqlar bo'yicha ko'plab imtiyozlar berilmoqda. Hozirgi vaqtda fermer 
xo‘jaliklari o'zlarining asosiy fondlar bilan ta'minlanganlik darajasini 
oshirishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan lizing kompaniyalarining 
xizmatlaridan keng foydalanmoqdalar.
Asosiy va aylanma fondlami barpo etishda 
qishloq xo‘jalik 
korxonalari o'zlari uchun zamr bo'lgan vositalami ishlab chiqaruvchilaming 
o'zidan olishga harakat qilishi kerak. Bunday munosabatda vositachilar 
boimasligi sababli/vositalami arzonroq sotib olishga erishiladi. Shuning uchun 
xo'jaliklar bu aloqaning doimiyligini ta'minlashga harakat qilishlari lozim.
Qishloq xo'jalik korxonalari ]asosiy j va aylanma vositalami xizmat 
ko'rsatuvchi tarmoqlaming tashkilotlaridan (yoqilg‘i, kimyoviy vositalar va 
boshqalar) va birjalardan sotib olmoqdalar. Bunda ishlab chiqarish fondlarining 
bahosi vositachilik ustamasi evaziga yuqori bo'lishiga olib keladi. Shu sababli 
korxonalar imkon qadar ishlab chiqarish fondlarini to‘g‘ridan-to‘g ‘ri ishlab 
chiqaruvchilardan olishga harakat qilishi kerak. Kelajakda qishloq xo'jalik 
korxonalari ishlab chiqarish fondlarini barpo etish manbalari hamda 
shakllantirish yoilarini takomillashtirishga alohida e’tibor berishlari, ya’ni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalami rivojlantirishga erishishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga ichki va tashqi investitsiyalami jalb etishga va ulaming 
koiam ini kengaytirishga katta e'tibor berish lozim. Shu yoilar bilan tarmoq va 
xo'jalikning asosiy va aylanma fondlarga boigan talabni qondirishga 
erishishlari mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi dastlabki yillarda qishloq xo‘jaligi 
tarmog'ining 
asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi 
pasayganligi bizga ma'lum. Lekin, so‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan 
yaratib berilayotgan e'tibor tufayli tarmoqda asosiy va aylanma fondlar qiymati 
ortib bonnoqda. Bunga asosiy va aylanma fondlar baholarining tez sur'atlar 
bilan o'sganligi ham ta’sir ko'rsatmoqda. Masalan, 1995-yilda 1 dona «MTZ- 
80» markali tralctoming bahosi 487 ming so‘m bo‘lgan boTsa, 2002-yilga kelib, 
19,3 martaga oshib, 9,4 mln. so'mni tashkil etgan. Ayrim qishloq xo'jalik 
texnikalarining baholari juda yuqori sur'atlarda oshgan. Shu yillar ichda benzin 
yoqilg‘isining bahosi 12,6 martaga, 
ammofos o‘g‘itining bahosi esa 16,6 
martaga qimmatlashgan.
Qishloq xo'jaligi asosiy va aylanma fondlari qiymatining oshishi tarmoq 
xo'jaliklarining fondlar bilan ta'minlanishi oshishiga olib keldi. Shu bilan birga
102
www.ziyouz.com kutubxonasi


asosiy vositalar tarkibida ham sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Xo‘jaliklar 
mexanizatorlar uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan qudratli, serunum 
traktorlar, kombaynlami sotib olmoqdalar. Jumladan, qishloq xo‘jalik 
korxonalari zamonaviy «Belarus», «Magnum», «Altay» traktorlarini, «Klaas» 
kombaynlarinini va boshqa texnikalarni sotib olmoqdalar yoki lizing asosida 
ijaraga olmoqdalar. Bundan tashqari mamlakatimizda tashkil etilayotgan turli 
ko‘rgazmalar ham qishloq xo‘jalik korxonalarining asosiy fondlar bilan 
ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Toshkent 
shahrida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “O‘zagroekspo” ko'rgazmasi 
ham muhim rol o'ynamoqda. 
Unda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan 
kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Unda qishloq xo'jaligi va 
oziq-ovqat sanoati uchun zamonaviy, serunum texnikalar namoyish etiladi. 
Ushbu ko'rgazma qishloq xo'jaligi korxonalariga ular uchun zarur texnikalami 
ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalami o'rnatish uchun juda 
qulay imkoniyat yaratib beradi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida aylanma fondlami shakllantirishda bank 
kreditlaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda hukumatimiz tomonidan 
keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilgan.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish