O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Umumiy ekin maydonidan olingan paxta xomashyosining qiymati bo‘yicha



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Umumiy ekin maydonidan olingan paxta xomashyosining qiymati bo‘yicha
yalpi mahsulotni tuzatish koeffitsiyentlari
Umumiy ekin maydonida 
paxtaning salmog‘i, foizda
Tuzatish koeffitsiyentlari
30
0,526
40
0,594
50
0,661
60
0,729
70
0,797
Har xil sifatli yerlar uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 
hisoblab chiqilgan daromad me'yori 3.7-jadvalda keltirilgan.
3.7-jadval
Qishloq xo‘ jalik ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan daromad me’yori
Ball
Daromad
Ball
Daromad
boniteti
me’yori, foizda
boniteti
me'yori, foizda
10
-
60
18
20
6
70
21
30
9
80
24
40
12
90
27
50
15
100
30
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish intensivligi darajasiga bog‘liq 
koeffitsiyent respublika bo‘yicha o‘rtacha darajaga nisbatan viloyatlar uchun 
quyidagi ko‘rsatkichlarda qabul qiligan: Andijon - 1,2, Toshkent - 1,2, 
Samarqand - 1,2, Surxondaryo - 1,3, Farg‘ona - 1,1, Namangan - 1 ,1 , Xorazm 
- 1,0, Buxoro - 1,0, Jizzax - 0,8, Qashqadaryo - 0,8, Navoiy - 0,8, Sirdaryo -
0,8, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 0,7, respublika bo‘yicha - 1,0.
69
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sug‘oriladigan yerlaming me’yoriy bahosini aniqlashda shu yeming 
aholi yashash joylariga va mahsulotlar sotiladigan bozorga nisbatan joylashuvi 
hisobga olinadi va tegishli tuzatish koeffitsiyentlari qo‘llaniladi (3.8-jadval).
3.8-jadval
Sug‘oriladigan yerlarning me'yoriy bahosiga uning aholi yashash va
mahsulotni topshirish joylaridan qanday uzoqlikda joylashganligi bo‘yicha
tuzatish koeffitsiyentlari
Aholi yashash joyidan 
uzoqligi, km
Mahsulotni topshirish 
joyidan uzoqligi, km
Tuzatish
koeffitsiyenti
2 gacha
4 gacha
1,50
2-4
1,47
4-6
1,44
6 dan yuqori
1,41
o'rtacha
1,46
2 gacha
4-8
1,38
2-4
1,35
4-6
1,32
6 dan yuqori
1,29
o'rtacha
1,33
2 gacha
8-12
1,26
2-4
1,23
4-6
1,21
6 dan yuqori
1,19
o‘rtacha
1,22
2 gacha
12-16
1,17
2-4
1,15
4-6
1,13
6 dan yuqori
1,11
o‘rtacha
1,14
2 gacha
16-20
1,09
2-4
1,07
4-6
1,05
6 dan yuqori
1,03
o‘rtacha
1,06
2 gacha
20 dan yuqori
1,01
2-4
1,00
4-6
1,00
6 dan yuqori
1,00
o‘rtacha
1,00
70
www.ziyouz.com kutubxonasi


Viloyat markaziga nisbatan xo'jalik 10-20 km radiusda joylashgan 
bo‘lsa ushbu koeffitsiyentlar 10-15 foizga, Toshkent shahri atrofida esa 20-30 
foizga oshirilishi mumkin.
Bahorikor yerlarda faqat yog'ingarchiliklardan tuproqda yig'ilgan 
namlik hisobigagina qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish mumkin. 
Mamlakatimizda bahorikor yerlar o‘ziga xos iqlim sharoitiga ega, ko‘p yillar 
mobaynida yillik o'rtacha yog‘ingarchilik 200 mm dan 500 mm gacha 
yog‘adigan joylarda joylashgan. Amalda yog‘ingarchilik bilan ta'minlangan, 
yarim ta'minlangan va ta'minlanmagan yerlarga baho beriladi. Bu boTinish 
tuproqning vertikal qismlar bo‘yicha joylashuviga mos keladi. Yuqori qismda 
joylashgan qo‘ng‘ir va bo‘z tuproqli yerlarga yog‘ingarchilik bilan 
ta'minlangan, o‘rta qismdagi tipik bo‘z tuproqli yerlarga yarim ta’minlangan va 
pastki qismda joylashgan och bo‘z tuproqli yerlarga yog‘ingarchilik bilan 
ta'minlanmagan bahorikor yerlar to‘g ‘ri keladi.
Bahorikor yerlarda yetakchi qishloq xo‘jalik ekini boTib boshoqli don 
hisoblanishini e'tiborga olib, bahorikor yerlaming me'yoriy bahosi shu ekin 
bo'yicha hisoblab chiqiladi. Ko‘p yillik maTumotlar bo‘yicha o‘rtacha 
hosildorlik yog'ngarchilik bilan taTninlanmagan bahorikor yerlarda 3,5 s/ga, 
yarim ta'minlangan bahorikor yerlarda 6,5 s/ga va yog'ingarchilik bilan 
ta'minlangan bahorikor yerlarda esa 9,0 s/ga atrofida boTadi.
Me'yoriy sof foyda va 1 gektar bahorikor yerning me'yoriy bahosi 
sug‘oriladigan yerlar uchim keltirilgan formulalar yordamida aniqlanadi. 
Zamrat boTgan hollarda bahorikor yerlarning me'yoriy bahosiga 3.8-jadvaldagi 
koeffitsiyentlar orqali tuzatish kiritiladi.
Barcha xorijiy mamlakatlarda davlat mulkdorlaming yerdan maqsadli 
foydalanishi va huquqiy rejimga mos kelishini qattiq nazorat qiladi. Masalan, 
Fransiyaning fuqarolik kodeksi yerga ishlov bermaydigan, tuproq unumdorligi 
pasayishiga yo‘1 qo‘ygan yoki jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi 
mulkdorlardan yemi olib qo‘yilishi mumkin boTgan holatlami ko‘zda tutgan. 
Germaniyada barcha qishloq xo'jalik yerlari mulkdorlari ulardan yemi tortib 
olinishi xavfi borligi tufayli yerga ishlov berishga majburdirlar.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda mulkchilik va ijara bir-birining o‘rnini 
bosuvchi yer huquqining asosiy shakllari hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrlarga 
qaramasdan, xorijda yer mulkdoiiari o‘z yer uchastkalarini boshqarish huquqini 
mutlaqo erkin tasarmf eta olmaydilar. Hamma joyda yer uchastkalarini sotish 
va ijaraga berish, ulami meros qoldirish, garovga berish, sovg‘a qilish tartibini 
o'matish shaklida amalga oshiriladigan yer munosabatlariga davlatning kuchli 
aralashuvi mavjud. Ba’zi mamlakatlarda yer huquqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
cheklovlardan tashqari bilvosita xarakterga ega, lekin undan kam boTmagan 
samaraga ega chora-tadbilar ham muvaffaqiyat bilan qoTlanilmoqda. Masalan, 
ushbu maqsadlarda Angliyada quyidagi tartibga solish vositalari ishlatiladi: yer
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


oldi-sotdi bitimlariga yuqori soliq stavkalari; yer sotib olishda kredit uchun 
yuqori foizlar; yemi sotib olish uchun kredit rasmiylashtirishda sezilarli 
byurokratik to‘siqlar va hokazo.
Xorij mamlakatlarining yer resurslaridan foydalanish jarayonlarini 
boshqarish 
tajribalarini 
umumlashtirish 
quyidagi 
xulosalami 
keltirib 
chiqarishga imlcon beradi:
• dunyoning hech bir mamlakatida yerga cheklanmagan mulkchilik mavjud 
emas, har qanday mulk shaldining amal qilishi jamiyat va davlat 
manfaatlarining ustunligini ta'minlashni inobatga oladi;
• barcha rivojlangan mamlakatlarda davlat yer munosabatlarini huquqiy va 
iqtisodiy tartibga solish, yer resurslaridan foydalanish va ulami saqlash 
bo'yicha nazoratni amalga oshirish orqali yer munosabatlariga faol aralashadi;
• yer bozori (ayniqsa qishloq xo'jalik yerlariga nisbatan) davlat tomonidan 
qat'iy chegaralanadi va nazorat qilinadi, bu yer uchastkalari bozori aylanmasi 
tezligida namoyon bo‘ladi:
• rivojlangan xorijiy mamlakatlarda yer resurslarini boshqarishda 
davlatning yetakchilik rolini saqlash uchun mulkchilikdan yer uchastkalari 
ijarasiga o'tish ustuvorligiga erishish tendensiyasi shakllanmoqda;
• dunyoning barcha mamlakatlarida unumli qishloq xo‘jalik yerlarini 
noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun oborotdan chiqib ketishidan himoyalash 
maqsadida qishloq xo'jalik yer egaligi va yerdan foydalanishning ustuvorligi 
tamoyillari rasman e’lon qilingan va qat'iyan amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jalik yerlarini noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun 
ajratishni cheklash, turli toifadagi yerlar qiymatini baholash, yemi qurilish 
maqsadlari uchun ajratishda bir martalik to‘lovlar miqdori hamda soliq 
stavkalarini belgilashda yuqorida izohlangan xorij mamlakatlari tajribalaridan 
0 ‘zbekiston sharoitida ham amalda foydalanish mumkin.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yog'ingarchilik miqdori kamayishi 
munosabati bilan suv resurslari tanqisligi sezilmoqda. Masalan, 2008-yilda 
bahor oylarida yog'ingarchilikning kam boiishi natijasida mamlakatimiz 
qishloq xo'jaligi tarm ogi talab etiladigan me'yoming 75 foizi miqdoridagi suv 
bilan ta'minlandi xolos. Shu sababli respublikamiz hukumati tomonidan suv 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va suv resurslaridan 
foydalanishning zamonaviy, tejamli 
usullaridan foydalanishga e'tibor 
kuchaytirilmoqda. 
2008-yil 
28-noyabrdagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, 
ulaming barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- 
tadbirlari 
dasturi to‘g‘risida»gi 
PF-4058-sonli 
Farmonida 
2009-yilda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 2 
ming gektarli umumiy maydonda, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlami jalb
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


etgan holda qishloq xo'jalik ekinlarini tomchilab sug‘orish texnologiyalarini 
joriy etish nazarda tutilgan edi.
Mamlakatimizning ayrim hududlarida ilmiy asoslangan holda sel 
suvlarini saqlab qoluvchi inshootlami barpo etish orqali ham suv resursi bilan 
ta'minlanganlikni yaxshilash va sug'oriladigan yerlar maydonini oshirishga 
erishish mumkin.
Snv resurslaridan unumli foydalanish ustidan qat'iy nazorat o'rnatish 
va sug‘orishning zamonaviy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Egat oralab sug‘orish mamlakatimizda aw aldan foydalanib kelinadi. 
Bu sug‘orish usuhning bir qator afzalliklari bilan birga, kamchiliklari ham 
mavjud. Awalo, sug‘oriladigan suvning o'rtacha 25-36 foiz (ayrim joylarda 60 
foizgacha) qismi yerga singadi, yeming tekisligi talabga nihoyatda javob 
berishi zarur, ma'lum qiyalik saqlanishi e'tiborga olinadi. Shu jihatdan 
qaraganda sug‘orishning tejamkor usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Joylaming tabiiy-meliorativ sharoitlarini hisobga olgan holda yomg'irlatib, 
tuproq ostidan, tomchilatib sug'orish usullarini qo‘llash katta amaliy ahamiyat 
kasb etadi. Bu usullami qo'llash natijasida ekinzorlami bir yo‘la katta 
hududlarda sug‘orishga erishiladi. Shuningdek, sug‘orish me’yori kamida 50- 
60 foizga qisqaradi, hosildorlik oshadi, begona o'tlaming o‘sishi juda ham 
kamayadi, grunt suvlarining sathi ko‘tarilmaydi va hokazo.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish