O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq
xo‘jalik mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi va salm ogi
Mahsulotlar
2007-yil
2008-yil
2008-
yilda
2007-
yilga
nisbatan
Ming
tonna
SalmogT,
%
Ming
tonna
Salmog‘i,
%
G‘alla
5404,2
79,8
5327,6
79,2
98,6
Paxta
xomashyosi
3655,7
98,4
3371,0
99,1
92,5
Kartoshka
178,2
15,0
226,6
16,2
127,2
Sabzavot
1552,1
33,2
1717,8
32,9
110,7
Poliz
mahsulotlari
415,4
49,5
461,9
47,1
111,2
Mevalar
580,0
45,7
649,6
46,3
112,0
Uzum
480,0
54,5
407,5
51,5
84,9
Go‘sht
30,0
2,5
32,4
2,5
107,8
Sut
125,4
2,5
151,5
2,8
120,8
Tuxum, 
mln. 
dona
88,4
4,0
155,2
6,4
175,4
Jun, tonna
1146,0
4,9
1274,0
5,4
111,2
Qorako‘1 terisi, 
ming dona
36,5
4,7
38,3
4,3
104,9
Pilla, tonna
18100
84,2
22284
95,0
122,9
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu jadval 
ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 
2008-yilda 
mamlakatimiz bo'yicha tayyorlangan yalpi paxta hosilining 99,1 foizi, 
g'allaning 79,2 foizi, uzumning 51,5 foizi, poliz mahsulotlarining 47,1 foizi va 
mevalaming 46,3 
foizi 
fermer xo'jaliklari tomonidan yetishtirilgan. 
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda esa fermer xo'jaliklarining ulushi 
ancha past darajada saqlanib qolmoqda. Masalan, go‘sht ishlab chiqarishda 
fermer xo'jaliklarining ulushi 2,5 foiz, sut ishlab chiqarishda esa 2,8 foizni 
tashkil etgan. Kelajakda fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari 
yetishtirishni yanada ko‘paytirish lozim.
2008-yilda qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotida nodavlat sektoming 
ulushi 99,9 foizni tashkil etgan bo‘lib, fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jalik 
yalpi mahsulotidagi ulushi 34,5 foizni, dehqon xo'jaliklarining ulushi 63,3 
foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi esa 2,2 foizni tashkil etgan.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, 
qishloq aholisini ish bilan ta'minlashda ham o‘mi beqiyosdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi «Oziq- 
ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni 
ko'paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni fermer 
xo‘jaliklarining faoliyatini har tomonlama kengaytirishda yangi bosqichni 
boshlab berdi. Mamlakatimiz aholisi uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat 
mahsulotlarini yetishtirishni yanada rivojlantirishda fermer xo‘jaliklari ham 
munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi fermer 
xo'jaliklarining 47 mingdan ortig‘i paxta va g'allachilikka, 35 mingdan 
ko‘prog‘i bog‘dorchilikkka, 5 mingdan ziyodi sabzavot va polizchilikka, qariyb 
5,5 mingtasi chorvachilikka, 9 mingdan ortig‘i esa boshqa sohalarga 
ixtisoslashgan.
Fermer xo‘jaliklarining rivojlanishida hukumatimiz tomonidan ularga 
yaratib berilgan sharoit va turli imtiyozlaming ham ahamiyati katta. 
Fermerlarga quyidagi imtiyozlar belgilangan:
- fermer xo‘jaligi tashkil etilgan kundan boshlab ikki yilgacha yagona yer 
solig‘idan ozod qilinadi;
- tugatilayotgan shirkatlar o‘mida tashkil etilgan bog'dorchilik va 
uzumchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari 5 yil davomida yagona yer 
solig‘ini toiashdan ozod etiladi;
- fermer xo‘jaligi faoliyatini Respublika muvofiqlashtirish Kengashining 
ruxsatisiz tekshirish ta'qiqlanadi;
- fermer xo‘jaIiklari faoliyatini tekshirish muvofiqlashtirish Kengashining 
ruxsati bilan 4 yilda bir marta o‘tkaziladi;
- yangi faoliyat boshlagan fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich sarmoya uchun 
eng kam ish haqining 300 barobari miqdorida imtiyozli kredit beriladi;
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


- xorijiy texnologiyalami respublikaga olib kirgan fermer xo‘jaliklari bojxona 
to‘lovlaridan ozod qilinadi;
- fermer xo‘jaligi tegishli loyihada nazarda tutilgan yemi o‘z hisobidan 
o'zlashtirayotgan davrda va yer o‘zlashtirib bo‘lingandan keyin 5 yil davomida 
yeming mazkur o‘zlashtirilgan qismi uchun yagona yer solig'i to‘lashdan ozod 
qilinadi.
Mamlakatimizda dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quwatlash 
jamg‘armasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur jamg'arma Fermer xo'jaliklari 
uyushmasiga a ’zo bo‘lgan fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki ba’zi yirik 
tijorat banklari orqali 3 yilgacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kredit beradi. 
Fermer xo‘jaligi tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng 6 oy ichida 
tegishli buyurtmanomalar bilan o‘zlariga xizmat qiluvchi banklarga murojaat 
qilishi mumkin. Dastlabki sarmoya uchun beriladigan kreditlaming yillik 
ustama foizi imtiyozli bo‘lib, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 
oltidan bir qismi miqdorida belgilangan. Dastlabki sarmoya uchun kredit 
fermer xo‘jaliklariga 3 yilgacha bo‘lgan muddatga, eng kam oylik ish haqining 
300 baravari miqdorigacha, foizlar to‘lashni 12 oyga kechiktirish va asosiy 
qarzni kredit olingandan so'ng 18-24 oy o‘tgach qaytarishni boshlash 
shartlarida beriladi.
Mahsulotlami sotish jarayonini yanada takomillashtirish, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklari 
birikib, agrofirmalar tashkil etishi va marketing tizimini yo‘lga qo'yishlari 
maqsadga muvofiqdir. Bozor talabini chuqur o'rgangan holda mahsulot 
yetishtirishni tashkil etishlari lozim. Shunda hamma fermer xo‘jaligi bir xil 
mahsulotni yetishtirmaydi va mahsulot taklifi kopayishi natijasida narxlarning 
keskin tushib ketishi oldi olinadi. Bundan tashqari fermer xo‘jaliklari 
zamonaviy mini texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etishlari lozim va meva- 
sabzavotlaming ehtiyojdan ortiqchasi murabbo, konserva yoki boshqa 
mahsulotlar ko‘rinishida qayta ishlansa, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
nobudgarchiligining oldi olinadi, fermerlarning daromadi yanada ortadi, 
qishloq joylarda yangi ish o'rinlari barpo etiladi.
Surxondaryo viloyatida 2008-yil holatiga yalpi qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari tarkibida fermer xo‘jaliklarining ulushi 34,8 foizni, dehqon 
xo‘jaliklarining ulushi 64,0 foizni va qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 
esa 1,2 foizni tashkil etgan.
2009-yilning 
1-yanvar holatiga 
Surxondaryo viloyatida 
fermer 
xo‘jaliklari soni 15103 ta bo‘lib, ularga biriktirilgan umumiy qishloq xo'jaligi 
yer maydoni 696908 gektami tashkil etgan, ularda band bo‘lganlar soni 
162863 kishini, shundan yollanma ishchilar soni 44639 kishini tashkil etgan. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi «Fermer 
xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


choralarini ko'rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus 
komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoyishiga muvofiq viloyatdagi fermer 
xo‘jaliklari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmi qayta ko'rib chiqildi va 
ushbu tadbirdan so‘ng viloyatda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari soni 
7458 tani tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma'lumotlar 2.3-jadvalda 
keltirilgan.
2.3-jadval

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish