O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


www.ziyouz.com kutubxonasi 14.3



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

281
www.ziyouz.com kutubxonasi


14.3. 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
chorvachilik
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.
2008-yil 28-noyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quvvatlash, ularning 
barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari 
dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga 
muvofiq iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quvvatlash, ulaming 
barqaror ishlashini taininlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari 
dasturi 
ishlab 
chiqilgan. 
Mazkur 
dastuming 
ikkinchi 
qismida
mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko'rsatuvchilari 
mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha choralar 
belgilab berilgan. 
Unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarga bag‘ishlangan alohida punkt 
bo‘lib, quyidagi tadbirlami amalga oshirish nazarda tutilgan:
- 2009-yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishni 
optimallashtirish va samaradorligini oshirish hisobidan qishloq xo'jaligi 
mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish: go‘sht yetishtirishni - 6,0 foizga, sut 
yetishtirishni - 6,5 foizga, tuxum yetishtirishni - 8,0 foizga;

2009-yilda 
naslchilik 
ishlarini, 
zooveterinariya 
tarmog‘ini 
kengaytirish va parrandachilik rivojini jadallashtirish hisobiga yirik qoramol 
sonini 5,6 foizga va parrandalarni 7,5 foizga ko'paytirish.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi 
choralar dasturida chorvachilikni rivojlantirish masalasiga ham alohida e'tibor 
berilgan. Jumladan, oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 
kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda 2012-yilning 
1-yanvarigacha go'sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va 
kichik korxonalar uchun bo'shagan mablag‘larni ishlab chiqarishni texnik qayta 
jihozlash va modemizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo'naltirish sharti bilan 
yagona soliq to‘lovi slavkasi 50 foizga qisqartirildi.
Bundan tashqari ”Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat 
dasturida ham chorvachilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu 
dasturda 2009-yil mobaynida quyidagi ishlami amalga oshirish nazarda tutilgan 
edi:
- barcha mintaqalarda ilg‘or xorijiy texnologiyalami joriy etgan holda 
meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini saqlash, chuqur qayta ishlash va 
idishlarga joylash bo‘yicha korxonalar tashkil etish (8 ta yangi korxona tashkil 
etish va 12 ta mavjud korxonani modemizatsiya qilish);
- yetakchi xorijiy kompaniyalar - minitexnologiyalar va ixcham asbob- 
uskunalar ishlab chiqaruvchilami jalb etgan holda minitexnologiyalar va
282
www.ziyouz.com kutubxonasi


ixcham asbob-uskunalar bo‘yicba doimiy ishlaydigan ko‘rgazma-savdolar va 
yarmarkalar tashkil etish;
- chorvachilikda, parrandachilikda va issiqxona xo‘jaligida 35 mingta, 
qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashda 8 mingta yangi 
ish o‘rinlarini yaratish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi 
“Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini 
ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli 
qarori bo‘yicha chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy yordamchi, dehqon 
va fenner xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar berish nazarda tutilgan:
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklariga qoramol sotib 
olish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarini omuxta yem va 
shirali ozuqa bilan ta'minlash;
- 2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer 
xo'jaliklarida 
chorva 
mollari, 
birinchi 
navbatda 
qoramollar 
sonini 
ko'paytirishni rag‘batlantirish;
- chorvachilik bilan shug‘ullanadigan shaxsiy yordamchi, dehqon va 
fermer xo‘jaliklaridagi fuqarolaming mehnat davri ish stajiga kiritilishi, ularga 
nafaqa va ijtimoiy sug'urta to'lovlari to'lash va mehnat daftarchalarini yuritish;
- 2010-yilgacha naslchilik xo‘jaliklarini naslli mol uchun bojxona 
to‘lovlaridan, zooveterinariya xizmati va sun'iy qochirish punkdarini yagona 
soliq to'lovlaridan ozod etish.
Ushbu qarorga asosan, “0 ‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 
tizimida hozirgi vaqtda 494 ta omuxta yem sotish shoxobchasi ishlab turibdi. 
Ular tomonidan chorva mollari uchun ozuqa arzon narxlarda yetkazib 
berilmoqda.
Jamiyatning ekologik jihatdan toza mahsulotlarga boigan talabi o‘sib 
bormoqda. Ammo bu boradagi talab hozirgi davrda to iiq qondirilgani yo‘q. 
Muammoni hal etish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlami 
amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy islohotlami yanada 
chuqurlashtirish kerak. Bu jarayonni bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 
oshirish mumkin. 
Masalan, 
respublika 
hududlarining, 
xo'jaliklarning 
yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga 
muvofiq joylashtirib, ulami ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga 
e'tibor berish lozim.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng aholi farovonligini 
ta'minlashning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan xalq iste'm oli tovarlarini ishlab 
chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat 
tovarlari bilan ta'minlashda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishi muhim 
omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
283
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi kunda mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish 
asosan uch yo'nalishda amalga oshirilmoqda (14.1-chizma).

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish