Kalit so´zlar: Adabiyot,Kitob,Internet, So´z san´ati, Adabiyot darslik, kino va
televideniye, informatsion portlash, axborot texnologiyasi.
Adabiyotda yozuvchining asari o‘quvchi tomonidan har xil qabul qilinadi,har xil
tushuniladi,har xil targ‘ib qilinadi.Barcha kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib
olinishi qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketishi muhim ahamiyatga ega.Badiiy asarning
tushunilishi ma’lum ma’noda maktab adabiyot darslari bilan bog´liq ekani
nazarda tutilsa,e´tibor bevosita adabiy ta´limga qaratiladi.Ma´lumki,maktab
hamma narsani berolmaydi,lekin u bitta juda muhim narsani,ya´ni o´quvchining
butun ma´naviy hayotida hal qiluvchi rol o´ynaydigan badiiy asarni mutolaa
qilish,tahlil qilib o´rganish ko´nikmasini shakllantirishi kerak.Adabiyot
darsliklarida ma´lum asarlar berilganidan so´ng adabiyotshunos olimlarning
o´sha asar haqidagi yakuniy xulosalari,mulohazalari beriladi.Bu esa
o´quvchilarni bir xil fikrlaydigan,bir xil xulosa chiqaradigan qilib
qo´yadi.Bundan keyin chiqadigan darsliklarimizda mana shularni hisobga olgan
holda ularni nashr etsalar maqsadga muvofiq bo´lar edi.Asarni o´qigandan keyin
xulosa qanday xulosa qilishni kitobxonning o´ziga qo´yib beraylik.Mana shunda
ular o´zlari mustaqil fikrlaydigan,o´zlari har qanday masalada qat´iy qarorga
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
606
keladigan bo´lishadi.Bu- mustaqil mutolaa qilish,mustaqil tahlil,mustaqil
fikrlash shaklida bo´lib,uning vositasida o´quvchilarda kitobga muhabbat
uyg´onishi kerak.Bizningcha,hozirgi adabiyot o´qitishning nuqsoni yoki
takomili yoxud uni yaxshilash haqida fikr yuritiladigan bo´lsa,masalani,avvalo,
mana shu muammodan boshlash maqsadga muvofiq bo´ladi.Chunki adabiyot
o´qitishdagi rasmiyatchilik quruqlik,hayotdan uzilish va boshqa ko´p
kamchiliklar,ya´ni mustaqil mutolaa ko´nikmasini shakllantirish vazifasi yetarli
darajada keskin qo´yilmaganligidan kelib chiqadi.Fan va texnikaning beqiyos
taraqqiyoti,axborot
texnologiyasining
turli-tuman
ko´rinishlari bugungi
hayotimizdan mustahkam o´rin olgan .Ayniqsa,kino va televideniye yosh-u
kattani o´ziga birdek mahliyo qilib,kitob mutolaasiga sarf qilinadigan vaqtni
ham o´z tasarrufiga olgan.Internet orqali esa istalgan ma´lumotni hech bir
qiyinchiliksiz topib olish imkoniyati berib turilgan bir davrda bugungi o´smir
haqli savol qo´yishi mumkin:kitob o´qish shartmi?
Haqiqatan ham kitob o´qish shartmi?Shundoq ham vaqt ziq.Olamda har kuni
roppa-rosa yarim million kitob chiqib turibdi,qaysi birini ham o´qiyman degan
muammo kitobxonlikka xalaqit beradi.Bu mulohazada mantiq,lekin dahshatli
mantiq bor.”Sariq devni minib”,”Shum bola”,”O´tkan kunlar”asarlari-ning
suratga olinishi ularning,ya´ni kitobxonlarining kamayib ketishiga sabab
bo´lmoqda.Biroq kino romandagi barcha go´zalliklarni kitobxon ongiga singdira
oladimi yoki kitobdan olinadigan badiiy zavq va estetik tarbiya o´sha kitobxon
axloqi va ma´naviy dunyosi uchun yetarli bo´lishi mumkinligini tasavvurga
sig´dira olamizmi? So´z san´ati go´zalligi o´zi alohida sehrli olam,kitobni
qo´lga olib,yosh to´kib,quvonib,g´azablanib shaxsan o´qiganga hech narsa
yetmaydi.Lekin,goho ekran yoshlarni faqat tomosha san´ati bilan cheklab
qo´yadi,bunday ruhda tarbiya-langan kitobxon kitob o´qisa ham undan qiziq
voqeani
qidiradi;tasvirlarni
o´ychan,fikrchan
sahifalarni,psixologik,lirik
chekinishlarni tashlab o´qishni odat qiladi. O´qishlar ham har xil bo´ladi.Birov
ermak uchun o´qiydi,birov o´qiydigan Kitobini ilmiy tahlil qilish uchun,ya´ni
Do'stlaringiz bilan baham: |