18.02.2022, 22:35
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi - Daryo
https://daryo.uz/2017/09/20/shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-72-sessiyasida-nutq-sozladi
1/12
Mahalliy
08:30, 20.09.2017
81802
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh
Assambleyasining 72-
sessiyasida nutq so‘zladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
nutq so‘zladi. Mazkur nutqning to‘liq matnini O‘zA
e’lon qildi
.
Foto: O‘zA
Janobi Oliylari!
Xonimlar va janoblar!
So‘nggi yangiliklar
Shou-biznes
22:32 Bugun
160
Instagram: Yulduz
Usmonovaning san’atdagi
raqobatchisi kim? AQShga
kirishi taqiqlangan Lola,
Shahzoda Matchonova qizining
dabdabali tug‘ilgan kuni
Mahalliy
22:20 Bugun
1864
“Kamoliddin sotgan vitamindan
so‘ng o‘rtog‘imning yuragi sekin
urayotgani, jigari kattalashgani
aytilgandi”. Marhum sportchi
o‘limi yuzasidan bo‘lib
o‘tayotgan sudda dori voqeasi
esga olindi
Sport
22:10 Bugun
2525
“Roma” 4 futbolchisida
koronavirus aniqlanganini e’lon
qildi. Italiya nashrlarida ular
orasida Eldor Shomurodovning
ham borligi aytilmoqda
Mahalliy
22:08 Bugun
2487
Ў
Кириллчага ўтказинг
+
10
°C
Yuklab olish
Google play
Yuklab olish
App Store
USD
10856.41
RUB
142.91
EUR
12335.05
Toshkent
Mahalliy
Dunyo
Texnologiyalar
Madaniyat
Avto
Sport
Foto
Lifestyle
Kolumnistlar
Arxiv
18.02.2022, 22:35
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi - Daryo
https://daryo.uz/2017/09/20/shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-72-sessiyasida-nutq-sozladi
2/12
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan
nutq so‘zlash imkoniyati yaratilgani uchun samimiy
minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz.
Bizning xalqimiz bundan bir necha hafta oldin o‘z
davlat mustaqilligining 26-yilligini keng nishonladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz
ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal
qilib, teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga
oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini
shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz.
Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha
sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ulardan ko‘zlangan maqsad – “Inson manfaatlari
hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-
ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor
ahamiyatga ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli
jamiyat barpo etishdan iborat.
Umumxalq muhokamasidan so‘ng besh yilga
mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi
qabul qilindi. Bu strategiyani ishlab chiqishda biz
o‘zimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va
imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va
kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik.
Strategiya – bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy
harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda
hayotga izchil joriy etilmoqda.
2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili, deb e’lon qilindi.
Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini
nomiga emas, balki amalda joriy qilish
mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat.
Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas,
balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning
Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Hozirgi
kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu
O‘zbekistonliklar Navro‘z
bayrami munosabati bilan 5
kungacha dam oladi
Eng ko‘p o‘qilgan
Kino
18:42, 16.02.2022
166363
“Osmondagi bolalar” 20 yoshda:
Film qanday suratga olingan?
Bosh qahramonlar bugungi
kunda nima ish bilan band?
(foto)
Sport
07:31 Bugun
86485
Biznes imperiya, milliardlar va
o‘zidan 16 yosh kichik rafiqa.
Sayyoraning eng boy sportchisi
Maykl Jordanning hashamatli
hayoti
Dunyo
,
Kolumnistlar
16:10, 17.02.2022
77148
Mahalliy
Dunyo
Texnologiyalar
Madaniyat
Avto
Sport
Foto
Lifestyle
Kolumnistlar
Arxiv
18.02.2022, 22:35
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi - Daryo
https://daryo.uz/2017/09/20/shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-72-sessiyasida-nutq-sozladi
3/12
qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini
hal qildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar
mehnati va majburiy mehnatga barham berish
bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari
bo‘yicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi
yakunlari bo‘yicha inson huquqlarini himoya qilish
kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-
tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan
xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o‘tab
bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi.
Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha
milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq
muloqotimiz faollashib bormoqda.
Insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni
qamoqda saqlash bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayta
ko‘rib chiqildi.
Ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri
yo‘ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya
qilinmoqda, ularni sog‘lom hayotga qaytarish uchun
zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish
sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari
faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy
nazorat qilib borilmoqda.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik
jamiyatining roli ortib bormoqda, sud organlarining
chinakam mustaqilligi ta’minlanmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining o‘rni sezilarli
darajada ortib bormoqda.
Iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay investitsiya
muhitini yaratish amalga oshirilayotgan
o‘zgarishlarning eng muhim yo‘nalishlaridir.
Urush yoqasidagi Ukraina va
Rossiya — uch asrlik ziddiyat
tarixi
Shou-biznes
20:11, 16.02.2022
65015
“O‘g‘lim otasi meni urganini
ko‘rgan”. Ruxshona sobiq eri
farzandlarini majburlab olib
ketishga urinayotgani haqida
gapirdi (video)
Daryo
Daryo
108 096 "Нравится"
108 096 "Нравится"
Do'stlaringiz bilan baham: |