Moliyaviy tahlil


 Оperatsion faoliyatdan boshqa daromadlar hisobi



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/37
Sana28.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#474224
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
Operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobini va uni takomillashtiris

2.3. Оperatsion faoliyatdan boshqa daromadlar hisobi 
Xo’jalik yurituvchi subektlar mahsulot(ish va xizmat)lar sotishdan 
olinadigan daromadlardan tashqari operatsion faoliyatdan boshqa daromadlar 
olishlari ham mumkin. Operatsion faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarining 


40 
shakillanishi milliy standart №2-son BHMS “Asosiy xo’jalik faoliyatdan tushgan 
daromadlar” bilan tartibga keltiriladi.
29
Operatsion faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olishda bosh 
masala bo’lib daromadni tan olish vaqti hisoblanadi, operatsion faoliyatdan olingan 
daromadni olish imkoniyati aniq bo’lgan hamda, shuningdek bu iqtisodiy naf 
(foyda) aniq o’lchanadigan hollarda aks ettiriladi. 
№21-son BHMS “ Xo’jalik yurituvchi subektlar moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha 
yo’riqnoma”ga
30
asosan “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda asosiy 
faoliyatdan olinadigan boshqa turdagi daromadlar quydagi schyotlarda hisobga 
olinadi: 
8-jadval 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda operatsion faoliyatdan 
olinadigan boshqa turdagi daromadlar hisobga olinadigan suschyotlar 
Schyot№ 
Schyot nomi 
9310 
“Asosiy vositalarni chiqib ketishidan foyda”; 
9320 
“ Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”; 
9330 
“ Undirilgan jarima, peniya va ustamalar”; 
9340 
“ O’tgan yillar foydalari”; 
9350 
“ Operativ ijaradan daromadlar”; 
9360 
“ Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”; 
9370 
“ Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari”; 
9380 
“ Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”; 
9390 
“ Boshqa operatsion daromadlar”. 
Bu schyotlar transit bo’lib passiv schyotlariga mansub. Xo’jalik yurituvchi 
subektning boshqa operatsiyalaridan tushgan daromadlar, masalan 1000000 so’m 
deb hisoblasak, ushbu schyotlarning kreditida aks ettiriladi va hisob davri oxirida 
quydagi pravodkalar bilan hisoblab chiqariladi: 
D-t 9300“Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlar”-1000000 so’m 
K-t 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”-1000000 so’m. 
29
2-son BHMS “Asosiy xo’jalik faoliyatdan tushgan daromadlar”. O’ZR Adliya vazirligi 
tomonidan 1998 yil 26 avgustda ro’yxatga olingan, №483. 
30
21-son BHMS “Xo’jalik yurituvchi subektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya 
hisobi schyotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma”si (Adliya vazirligi tomonidan
23.10.2002 yilda 1181-son bilan ro’yxatga olingan ). 


41 
Operatsion faoliyatdan boshqa daromadlar –bularga korxonaning asosiy 
vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, undirilgan jarimalar, voz 
kechiladigan kiriditorlik qarzlari, bepul kelib tushgan aktivlar, invintarizatsiyadan 
aniqlangan ortiqchalar, tovar moddiy boyliklarni qayta baxolashdan olingan 
daromadlar va boshqalar kiradi.
31
Asosiy vositalarni tugatishdan daromadlar tugatilgan asosiy vositalarni 
qoldiq qiymatidan ularning tugatilishidan olingan tushum ortiqcha bo’lganida 
vujudga keladi. Asosiy vositalarni tugatishdan moliyaviy natija (foyda) 
aniqlanganda, masalan 500000 so’m, u quydagicha pravodka beriladi: 
D-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”-500000 so’m 
K-t 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”-500000 so’m. 
Agar asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularni tugatishdan olingan 
tushumdan ko’p bo’lsa, zarar hosil bo’ladi, masalan 750000 so’m, u quydagi 
pravodka bilan rasmiylashtiriladi : 
D-t 9430 “boshqa operatsion xarajatlar”-750000 so’m 
K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” -750000 so’m. 
Tekinga kelib tushgan asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni 
invintarizatsiya natijasida aniqlangan, masalan 1000000 so’m ortiqcha chiqsa 
kirimga olishda ular daromad deb hisoblanib quydagicha pravodka beriladi: 
D-t 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar”-1000000 so’m 
K-t 9390 “ Boshqa operatsion daromadlar”-1000000 so’m. 
Inventarizatsiya natijasida nomoddiy aktiv aniqlansa quydagcha pravodka 
beriladi: 
D-t 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar”-1000000 so’m 
K-t 9390 “ Boshqa operatsion daromadlar”-1000000 so’m. 
Ushbu tushumlar daromad hisoblanib, soliq solish obektini tashkil etadi. 
Xo’jalik shartnomasini buzganligi uchun olingan yoki tan olingan jarima , peniya 
31
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarini 
shakillantirish to’g’risidagi Nizom” 1999 yil 5 fevralda Vazirlar Mahkamasining 54-son qarori 
bilan tasdiqlangan. 


42 
va boshqa turdagi sanksiyalar shuningdek zararlarni qoplash uchun olingan 
daromadlar so’mmasiga pul mablag’lari yoki hisob – kitoblarni hisobga oladigan 
schyotlar debetlanib 9330-“Undirilgan jarima, peniya va ustamalari” schyoti 
kreditlanadi. Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillarning daromadlari 9340 “O’tgan 
yillar foydalari” schyotining kredetida hisobga olinadi. Bunga xususan mol 
yuboruvchilardan o’tgan yillarda olingan TMZlar bo’yicha qaytadan hisoblashish 
natijasida olinadigan so’mmalar va shu kabilar kiradi. Bunday muomalalar sodir 
bo’lganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debitlanib, 9340 schyoti 
kreditlanadi. Asosiy vositalar muddatiga qarab qisqa muddatli ( bir yilgacha) va 
uzoq muddatli (bir yildan ortiq) ijaraga berilishi mumkin. 
Qisqa muddatli ijarada va ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o’rtasida 
shartnoma tuzilib, unda xususan ijara haqi so’mmasi ham ko’rsatiladi, masalan 
750000 so’m deb olaylik. Bu ko’rsatilgan so’mmaga ijaraga beruvchi quydagicha 
pravodka beradi: 
D-t 4820 “Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”-750000 so’m 
K-t 9350“ Operativ ijaradan daromadlar”-750000 so’m. 
Malumki debitorlik va kreditorlik qarzlar, deponent qarzlar, aliment va 
boshqa qarzlar bo’yicha da’vo qilib olish muddati bor. Da’vo qilib undirib olish 
muddati o’tgandan so’ng bu kreditorlik, deponent va boshqa qarzlar korxonaning 
daromadiga, masalan 155000 so’m, quydagi provodka bilan o’tkazib yuboriladi: 
D-t “Kreditorlik qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar”-155000 so’m 
K-t 9360-“ Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
daromadlar”-155000 so’m. 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda operatsion faoliyatdan boshqa 
daromadlarga qydagilar kiradi: 

Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, peniyalar, 
vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun 
boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yitkazilgan zararlarni undirish bo’yicha 
daromadlar; 

Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda; 


43 

Ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog’liq 
bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, yordamchi xizmatlardan daromadlar 
sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar; 

Xo’jalik yurituvchi subektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini 
sotishdan olingan daromadlar; 

Da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlar; 

Tovar – moddiy boyliklarini qayta baholash; 

Davlat subektlaridan daromadlar; 

Xolisona moliyaviy yordam; 

Boshqa muomala daromadlari. 
Bunday daromadlar kelib tushishi manbalariga qarab quydagi: 9310-“asosiy 
vositalarni chiqib ketishidan foyda”, 9320-“ Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan 
foyda”, 9330-“ Undirilgan jarima, peniya va ustamalar”, 9340-“ O’tgan yillar 
foydalari”, 9350-“ Operativ ijaradan daromadlar” 9360-“ Kreditor va deponent 
qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”, 9370-“ Xizmat ko’rsatuvchi 
xo’jaliklar daromadlari” 9380-“ Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” 9390-
“ Boshqa operatsion daromadlar” schyotlarida hisobga olinadi. Yuqoridagi 
schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda (daromad)ning 
ko’payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va 
hisobot davri boshga qoldig’i qolmaydi. Ushbu xisobraqamlar transit 
hisoblanadi.yuqoridagi hisobraqamlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning 
ko’payishini, debit oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi. Shunday 
qilib, 9300 “Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlar”ning kreditida hisobot davri davomida yuqorida keltirilgan daromadlar 
hisobga olinib, hisobat davri oxirida ular moliyaviy natijalarga o’tkaziladi. 
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subektlarda asosli qarorlar qabul qilishda 
operatsion faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’yicha muomalalar hisobini 
malumotlar bilan taminlash muomilalarini ijobiy hal qilinishi, operatsion 


44 
faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning hisobini samarali tashkil etish va 
o’tkazish muammolarini yichish muhim o’rin tutadi va nixoyat, operatsion 
faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobini yuritishda samarali usullarni 
qo’llashni xo’jalik yurituvchi subektda hisob malumotlarining to’g’ri va aniq olib 
borilishini taminlaydi. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish