Investitsiyalar auditi va baholash


 Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/70
Sana28.02.2022
Hajmi1,32 Mb.
#474072
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

4.2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga 
olishni engillashtirish uchun quyidagi guruxlarga ajratiladi: 
- Qimmatli qog’ozlar; 
- Sho’’ba korxonalariga investitsiyalar; 
- Qaram birlashmalarga investitsiyalar; 
- Qo’shma korxonalarga investitsiyalar; 
- Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar. 
Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini tashkil 
etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlar investitsiyalar 
yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi qonuniga muvofiq «qimmatli 
qog’ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy 
huquqlarni yoki qarz munosabatlarning tasdiqlovchi, dividend yoki foiz 


64 
ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu xujjatlardan kelib chiqadigan 
huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul xujjatlaridir». 
Yuqorida qayd etilgan qonunga ko’ra, qimmatli qog’ozlarga: 
- aktsiyalar: 
-obligatsiyalar; 
- xazina majburiyatlari; 
- depozit va xazina sertifikatlari; 
- veksellar; 
- xosilaviy qimmatli qog’ozlar kiradi. 
Aktsiya
(gollandcha 
actie 
so’zidan olingan bo’lib, qimmatli kog’oz degan 
ma’noni anglatadi) - bu aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa 
qo’shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va 
odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi qimmatli 
qog’ozdir. 
Aktsiya amal qilish muddati cheklanmagan qimmatli qog’oz bo’lib, uni 
chiqargan aktsiyadorlik jamiyati amal qilib turgan vaqt mobaynida muomalada 
bo’lishi mumkin. 
Aktsiyalar bo’yicha olingan daromad 
dividend
(lotincha dividendus 
so’zidan olingan bo’lib, bo’lishga tegishli degan ma’noni anglatadi) deb 
nomlanadi. Dividend, odatda, aktsiyadorlik jamiyatining foydasiga bog’liq bo’ladi. 
Agar kompaniya hisobot yili natijalariga ko’ra foydaga ega bo’lsa, katta dividend 
to’lash imkoniyati bo’ladi va aksincha. 
Aktsiyalar ikki turga bo’linadi: 
- oddiy aktsiyalar; 
- imtiyozli aktsiyalar. 
Oddiy aktsiya aktsiyadorlar yig’ilishida ovoz berish huquqini beradi, 
olinadigan dividend miqdori aktsiyadorlik jamiyatining olgan sof foydasiga bog’liq 
va boshqa xech narsa bilan kafolatlanmagan. 
Imtiyozli aktsiyalar aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini 
va bu bilan korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Ularning 


65 
imtiyozliligi shundaki, xo’jalik faoliyati natijalaridan qatiy nazar kafolatlangan 
daromadni olish imkoniyatini, ikkinchi tomondan, aktsiyadorlik jamiyati tugatilgan 
vaqtda aktsiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqiga ega. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish