Толаларнинг синфланиши
Tola
Tabiiy
Kimyoviy
Organik
Noorganik
O’simlik
asosidagi
Hayvonlardan
olinadigan
Pa
xta
Ly
on
Pil
’ka
Jut
Jun
Tabii
y
ipak
Asbest
Shisha
Vi
sk
oz
a
An
tat
Mis
amm
iakli
Polia
mid:
kapr
on,
nayl
on
Polie
fir:
lavsa
n
Polia
krilo
nitril
:
nitro
n
Polix
lorvi
nil:
xlori
n
Poliv
inils
pirt:
Vino
l
Pol
iol
efi
n
Sun’iy
Sintetik
Geterozanjirli
Karbozanjirli
1- rasm. Tolalarning sinflanishi
Kimyoviy tola nima? Faraz qilaylik oldimizda oddiy o„simlik daraxti. Agar
shu daraxt kesilsa 6 m
3
taxta olinib, undan mebellar va pol yasalishi mumkin.
Daraxtning qirindi va qipig„i qimmatbaho yoqilg„i hisoblanadi. Kimyogar o„sha
daraxtdan juda ko„p ingichka tolali qimmatbaho ipak oladi, ya‟ni daraxt va uning
qipig„idan sof holatdagi sellyuloza, sellyulozadan esa har xil kimyoviy usullar
bilan viskoza tolasi olinadi. Bunda 6 m
3
taxtadan bir tonnaga yaqin tolali ipak
olinib, undan 240 ming juft paypoq va ipakli gazlamalar yoki 9 ming metr sun‟iy
ipak polotno to„qish mumkin.
9
2-rasm. Bitta katta archa tanasidan ko‟p miqdorda ipak
matosi va paypoqlar olish mumkin.
Viskoza, mis-ammiakli va atsetat sun‟iy ipaklar, avtomobil va
samolyotlarning g„ildiraklari shinasi uchun ishlatiladigan mustahkam kordlar,
plyonkalar, telefon apparatlari va boshqalar ham daraxtdan olinadi.
Ammo tabiatda mavjud bo„lgan xom ashyolar sanoatni uzoq muddatgacha
yuqoridagi mahsulotlar bilan ta‟min eta olmaydi. Buni inobatga olgan holda
olimlar sun‟iy tolalar olish bilan bir qatorda, oddiy quyi molekulali moddani
ikkinchisiga ya‟ni polimerga aylantirish, ya‟ni sintez yo„li bilan yangi xossalarga
ega bo„lgan sintetik tolalar hosil qilish usullarini ham yaratganlar. Ko„zga
ko„rinmas metan gazidan yangi tolalar olinishi fikrimizning dalilidir (2-rasm).
10
3-rasm. Polimer matolar ishlab chiqarish uchun tabiiy va yo„ldosh gazni
kimyoviy qayta ishlab hosil qilinadigan asosiy mahsulotlar
Sintetik tolalar va undan tayyorlangan gazlamalar o„z xossalari bilan tabiiy
va sun‟iy tolalardan farq qiladi. Sintetik tolalardagi ba‟zi bir xususiyatlar tabiiy
tolalarda uchramaydi. Bu tolalar issiqlikka, nur ta‟siriga, suvga, bakteriya va
mikroorganizmlarga, kislota va ishqorga chidamlilik xossalariga ega.
Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish mehnat unumdorligining tez o„sishini
ta‟minlaydi. Masalan, 1 tonna viskoza tolasini olish uchun, shuncha miqdorda
paxta tolasi olishga qaraganda 2-3 marta kam xarajat sarf bo„ladi. Bitta kimyo
zavodi bir kunda 100 tonna viskoza tolasini ishlab chiqarishi mumkin. Shu
miqdordagi tabiiy tolani olish uchun 22 ming gektardan olingan zig„irni yoki 50
ming gektarda etishtirilgan paxtani qayta ishlashga to„g„ri keladi (4-rasm).
11
1 m
2
sun‟iy qorako„l ishlab chiqarish 6 bosh tirik qorako„lni saqlab qolish
imkonini beradi. Sintetik tola olish uchun xech qanday hosildor yerning keragi
yo„q. Tabiiy tola olish uchun esa hosildor yer, yaxshi ob-havo va mashaqqatli
mehnat kerak. Ushbu shart – sharoitlarning bo„lish-bo„lmasligi tabiiy tolaning
sifatiga katta ta‟sir ko„rsatadi.
1855 yilda fransuz olimi Odemar o„z laboratoriyasida birinchi bo„lib
nitrotsellyulozadan, G.Shardone esa 1884 yilda azotli porox massasidan sun‟iy
ipak olganlar. Sanoat miqyosida sun‟iy tolalar ishlab chiqarish esa 1880 yillarda
amalga oshirilgan. 1920 yillarda olimlar laboratoriyada sun‟iy tolalarning
barchasidan farq qiluvchi, yaxshi sifatlarga ega bo„lgan ajoyib sintetik tola
yaratdilar. Sintetik tolalar olishda odatda fenol etilen gazi, neftni qayta ishlashda
hosil bo„lgan maxsulotlar, atsetilen, propilen va boshqalar qo„llaniladi.
Tolalardan mato ishlab chiqarish bir necha murakkab jarayonlardan tashkil
topadi. Quyida toladan mato ishlab chiqarish texnologik sxemasi keltirilgan.
4- rasm Toladan mato ishlab chiqarish texnologik sxemasi
12
To„quvchilik jihozlaridan olinadigan mato xira rangli bo„lib, u xom mato
deb ataladi. 5-rasmda to„quvchilik jihozida mato to„qish jarayoni keltirilgan.
5-rasm. To„quvchilik jihozida mato to„qish jarayoni.
Quyida turli tolalar va ulardan tayyorlanadigan mato ko„rinishlaridan
misollar keltirilgan.
Tabiiy tolalar
Paxta
Kanop
Penka
13
Zig„ir
Jun
Tabiiy ipak
Sun‟iy tolalar
Viskoza
Mis-
ammiakli
tola
Atsetat
tolalar
Bambuk
14
Sintetik tolalar
Poliamid
Poliefir
Poliakrilonitri
l
Poliolefin
Poliuretan
Polivinilspirt
Polivinilxlori
d
15
Nazorat savollari:
1.
Tola nimadan tashkil topgan?
2.
Zig„ir tolasi qaysi sinfga mansub?
3.
Poliamid tolasiga misol keltiring
4.
Tayyor mato olish ketma-ketligini yozib bering
Do'stlaringiz bilan baham: |