44
gidrolizlanishi uchun. Natijada uning kimyoviy tarkibi o„zgaradi va eritmaning
qovushqoqligi ortadi. So„ng filtrlab, quritilgach filera orqali tola shakllantiriladi.
Fileradan chiqayotgan viskoza suyuq tolalari cho„ktirish vannasiga tushadi.
Vannada ksantogenat eritmasidan tolani cho„ktiruvchi reagent bo„lib, bu reagent
uni
gidrolizlaydi, qattiq ip ko„rinishiga o„tkazadi, bu ip gidratsellyuloza
makromolekulasidan tuzilgan. Cho„ktirish vannasining asosiy moddasi bo„lib:
H
2
SO
4
, Na
2
SO
4
va ZnSO
4
xizmat qiladi.
Viskoza tolasini ishlab chiqarish sxemasi quyida keltirilgan (13-rasm).
13-rasm. Viskoza tolasini ishlab chiqarish sxemasi
Shakllantirish jarayonida viskoza iplari cho„ziladi, bunda gidratsellyuloza
makromolekulalari eritmadagi xaotik holatdan toladagi tartiblangan holatga o„tadi.
Makromolekulalar nadmolekulyar hosilalar shaklida (pachka, kristalitlar,
mikrofibrillar) tola o„qi bo„yicha orientrlangan bo„ladi. Cho„ktirish
vannasi
45
tarkibini va cho„zish tezligini boshqarish orqali istagan xossadagi tolani olish
mumkin.
Viskoza tolasi qalinligi bo„yicha bir xil strukturaga ega emas, tola
yuzasidagi makromolekula upakovka zichligi va orientatsiya darajasi har doim
ichki qismiga nisbatan yuqori bo„ladi. Bu holat bo„yash
jarayonida qiyinchiliklar
tug„diradi. Tabiiy sellyuloza viskoza tolasiga o„tishi jarayonida u ko„pgina
reagentlarning konsentrlangan eritmalari ta‟siriga uchraydi. Natijada sellyuloza
makromolekulasidagi glyukozid bog„lar uziladi va uning molekulyar massasi
kamayadi, polimerlanish darajasi 300-800 gacha pasayadi, nadmolekulyar
tuzilishda jiddiy o„zgarishlar
yuz beradi, kristallanishi darajasi 40-50 % gacha
kamayadi. O„z xossalari bo„yicha paxtaga polioz (PD=500-600) va yuqori modulli
viskoza tolasi ko„proq o„xshaydi.
Bu tolalar oddiy viskoza tolasidan polimerlanishi darajasi PD=600-800 va
shakllantirish jarayonida yuqori plassifikatsion cho„zilishi uchun sharoit
yaratilganligi bilan farq qiladi. Polioz tolalarining fibrillyar tuzilishi va kristalligi
paxta tuzilishiga yaqin keladi.
Viskoza tolasining afzalligi ularning
sanitar-gigienik xossasidadir,
kamchiligi nam holatda fizik-mexanik xossasini yo„qotishi va etarlicha shaklni
saqlay olmasligi. Viskoza elementar ip va shtapel (ma‟lum o„lchamda kesilgan
elementar ip) ko„rinishdan tashqari kord iplari holida ham ishlab chiqariladi.
Kordlar avtomobil karkaslari, shinalari, oddiy va reaktiv samolyotlarning shassilari
uchun shina sifatida ishlatiladi. Korddan tayyorlangan shinalarning xizmat muddati
30-40 % uzoq bo„ladi. Masalan, 1 mm yo„g„onlikdagi jun ipi 15-18 kg, tabiiy ipak
32-40 kg, paxta tolasi 36-52 kg yukni ko„tara oladi. Viskoza kord iplari esa o„sha
yo„g„onlikda 54-85 kg yukni ko„tara oladi. Viskoza tolalari paxta va zig„ir
tolalariga nisbatan yanada gigroskopik bo„ladi. Viskoza kislota va ishqor eritmalari
ta‟siriga chidamsiz bo„lib, ular ishqor ta‟sirida bo„kadi va xatto qisman eritma
holiga o„tishi mumkin. Viskoza nam holatda pishiqligini 30-50 % gacha yo„qotadi.
0,17 va 0,13 teksli viskoza yuqori modulli tolalaridan
tayyorlangan bobina
ko„ylakli, belyobop, sorochkali, astarli, tukli, sochiqli matolar va trikotaj
46
mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Viskoza
tolarlari tabiiy ipakli
aralashma matolar tayyorlashda ham keng qo„llanadi. Bunda kichik chiziqli
zichlikdagi (8,4-6,7 teks) viskoza kompleks iplari ishlatiladi. Bulardan ko„ylakli
mato, buralgan iplaridan krepli mato, gofre va siqilgan effektli matolar ishlab
chiqarish mumkin. Viskoza shtapel tolalaridan astarli va atlas to„qimadagi matolar
ishlab chiqariladi. Viskoza shtapel tolalaridan kamvol matolarni ishlab chiqarishda
jun bilan birgalikda qo„llanadi. Belyobop, yengil
ustki va sport-trikotaj
mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun viskoza tola va viskoza-paxta aralashma
iplar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: