2- mavzu: Milliy – ma’naviy tiklanish konsepsiyasi va uning milliy mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati (2soat) Reja


madaniyati rivojining natijasi ekanligi qayd etildi10



Download 302,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana26.02.2022
Hajmi302,42 Kb.
#472635
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
0 2-mavzu

madaniyati rivojining natijasi ekanligi qayd etildi10
. Sotsializm g‘oyalarining xalqimiz 
hayotiga chetdan zo‘ravonlik bilan joriy etilgani, ular xalqimizni manqurtlashtirish uchun xizmat 
qilgani ochiq aytildi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. SHunday 
ekan, davlat tuzumini, jamiyat hayotini demokratlashtirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
barobarida ma’naviyatga ham doimo alohida e’tibor qaratish talab etilishi voqeiy zaruratdir. 
Prezident ma’ruzaning
 "Yuksak ma’naviyat — kelajak poydevori"
11 deb nomlangan faslida 
mustaqillikning dastlabki to‘rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak 
yo‘nalishlarini ham batafsil tahlil etib berdi
. 
"
Endigi asosiy vazifa, — deb fikrini davom ettirdi 
Yurtboshimiz, —kishilarimizning mustaqil fikrlashga o‘rganishi, o‘ziga ishonchining orta 
borishidir"12. Buning uchun har birimiz "bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab", 
"buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‘tmishimizdagi 
boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‘imiz kerak"13: 
Umuman qayd etish joizki, 
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning deyarli har bir
nutqida ma’naviyat masalasiga e’tibor qaratiladi, har bir kitobida alohida bob ajratiladi. Ular 
birinchi marta alohida yig‘ilib, 1994-yilda
 "Istiqlol va ma’naviyat” 
nomli kitob bo‘lib chiqqan 
bo‘lsa, 1997-1998 yillarda yanada to‘ldirilib,
«Ma’naviy yuksalish yo‘lida» («Na puti 
duxovnogo Voz rojdeniya»)
nomi bilan o‘zbek va rus tillarida mukammal shaklda nashr etildi. 
Ayniqsa, Prezidentning
«Ma’naviy meros qudrati» 
(O‘zbekiston mustaqilligining bir yilligi 
tantanalarida so‘zlangan nutq),
 
«Xalqni Vatan manfaatlari birlashtiradi» (YOzuvchilar bilan 
suhbat),
«Yuksak malakali mutaxassislar — taraqqiyot omili» 
(O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida 
so‘zlangan nutq),
 
«Vatan—hamma narsadan mo‘tabar» (Mustaqillikning besh yilligidagi bayram 
tabrigi), «Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi» ("O‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari kitobida), 
«Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin» («Tafakkur» jurnali 
bosh muharriri savollariga javoblar), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» (Tarixchi olimlar bilan 
suhbat), «Milliy istiqlol malkurasi — xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» («Fidokor» 
gazetasi muxbiri bilan suhbat), «Egali yurt-erkini bermas» (2000 yil avgust Oliy majlis sessiyasida 
so‘zlangan nutq), «Alloh qalbimizda, yuragimizda» kabi qator asarlarida ma’naviyat masalalariga 
oid muhim fikrlar, yangicha g‘oyalar olg‘a surilgan. 
1994-yil bahorida "Ma’naviyat va ma’rifat" respublika jamoatchilik markazini tuzish 
haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996-yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida yana alohida Farmon bo‘ldi va uning 
asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999 yilga kelib, bu markaz 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga aylantirildi. 
O‘zbekiston Prezidentining milliy ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan fikr va 
mulohazalari alohida yirik jiddiy tadqiqot mavzusidir. Ammo mazkur tadqiqot yakunlarini 
kutmay turib ham, I. Karimov asarlarini shu yo‘nalishda e’tibor bilan o‘rganib chiqqan odam 
Prezident qarashlari milliy ma’naviyat nazariyasini shakllantirish yo‘lida o‘q tomirlarni aniq va 
muayyan ko‘rsatib berishga qodirligiga amin bo‘ladi. SHundan kelib chiqib, ushbu kitobdagi 
10
I.Karimov. Asarlar. 3-jild, 6b.
11
O'sha kitob, 33-42b.
12
O'sha kitob.-Б. 34.
13
O'sha kitob.-Б. 7.


mavzularni bugungi kun nuqtai nazaridan yoritish jarayonida nazariy zamin sifatida asosan 
Prezident I. Karimov asarlarida bildirilgan fikr va xulosalarga tayanildi. 
YUrtboshi xalqdan ayri emas. CHunki xalqning, millatning nihoniy tilagi, istagi bugun 
YUrtboshining ko‘nglidagi tilakdir, istakdir. Prezidentning barcha nutq va risolalarini ma’naviyat 
mavzusi nuqtai nazaridan birma-bir ko‘zdan o‘tkazib chiqqan odamni hayratga soladigan narsa 
shuki, ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy meros, xalqimizning dilida saralanib kelayotgan, uning 
og‘zaki ijodi, hikmatlari, matal va maqollarida aks etgan ezgu aqidalar va O‘zbekiston 
Prezidentining ma’naviyat masalalariga munosabati, mulohazalari, fikr yo‘nalishi o‘zak 
o‘zagidan o‘zaro muvofiq va uyg‘undir. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emasdek tuyuladi 
birinchi qarashda. Ammo dunyo siyosatida bunga zid misollar kam emasku. Alloh taolodan baxt 
tilaganda to‘kis tilagan durust. Ilohi, millatimizga mustaqillik saodatini nasib etgan Parvardigori 
olam uning bardavomligini ham, barakatini ham to‘kis ato etgan bo‘lsin. Inshoolloh, millat va 
uning YUrtboshisi azmu qarorda, sa’y-harakatda doimo hamdam, hamqadam kelmoqda, 
kelajakida ham shunday bo‘lsin. 
Ma’naviyatsiz buyuk kelajak yo‘q. CHunki uni robotlar emas, insonlar yaratadi. Insonlar 
ongi qanday bo‘lsa, mamlakat kelajagi ham shunga yarasha bo‘ladi. Eng katta boylik — insonlar 
ruhiyatida yashirin. Ana shu sarmoya tobora kengroq miqyosda muomalaga kirgan sari, hosil 
unumliroq bo‘la beradi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeyi yuksala beradi, 
o‘zbeklar o‘z ajdodlariga munosib ulug‘vorlik kasb eta beradi. 

Download 302,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish