Geomorfologiya



Download 60,48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2022
Hajmi60,48 Kb.
#472556
Bog'liq
Geomorfologiya - Vikipediya



Geomorfologiya
Geomorfologiya
(geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining relyefi haqidagi
fan. G. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi qiyofasini, kelib chiqishi, yoshi tari-
xiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz. geologik
davrdagi relyefni G. yer yuzasining oʻtmishdagi taraqqiyotining yakuni sifatida oʻrganadi.
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda atmosferani bir-
biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida relyefni paydo qiluvchi
endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. Ogʻirlik kuchining bevosita taʼsiri ostida
sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir. Yer—
Quyosh—Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta taʼsir koʻrsatadi
(dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining
faoliyati yer relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi.
G.ning asosiy prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa
komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi. Relʼyefga boshqa
omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir koʻrsatadi va ular orkali oʻziga
ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab
aloqa G.ning Yer haqida fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan
maʼlumotlar va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va
taraqqiyotiga bogʻliq ekanligini aniqdashda foydalaniladi.
Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, geobotanika bergan
maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy komponentlarga boglits
ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan maʼlumotlar esa relyef taraqqiyoti
jarayonining tabiiy mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro
munosabatini oʻrganish uchun kerak.


G. bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy G.—relyefning shakllanishi haqidagi juda keng
masalalarni oʻrganadi;xususiy G.— relyefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik
koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi; regional G. — yer yuzasi alohida hududiy qismlarining
konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy G.
tomonidan oʻrganiladi. G.ning alohida tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologik
davrlarning (koʻpincha koʻmilib yotgan) relyefini oʻrganadi va uzok, geologik davrlarda yer
yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda
ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy G. tomonidan
ishlab chiqiladi.
Umumiy G. bir qancha boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer
yuzasi relyefini oʻrganadigan quruqli k G.si va dengiz hamda okean tubi relyefini oʻrganadigan
dengiz G.si.
Koʻpgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi. G.ning
asosiy ish metodi dala ekspeditsiyalari tadqiqotlari, geomorfologik sʼyomka yordamida
maxsus geomorfologik haritalar tuzishdan iboratdir. Ekspeditsion tadqiqotlar bilan birga
statsionar va eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar
oʻtkaziladi. Dala ishlari haritagrafiya va geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b.
instrumenta™ kuzatish metodlari asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini
geomorfologik tadqiq qilishda navigatsiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b.
asboblardan foydalaniladi.
G. maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish G.si), sanoat, gidroenergetika
inshootlari, avtomobil va temir yoʻl, dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik G.si),
maydondan xoʻjalikda va q. x.da foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini
ishlab chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik
tadqiqotlarga asos boʻlib xizmat qiladi.
G. mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shakllandi. Chet el olimlaridan
birinchilardan boʻlib G.ning nazariy, metodologik va amaliy asoslarini U. M.Deyvis (Amerika G.
maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa G. maktabining yetakchisi) yaratdi. Ular relyef
taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy
jihatdan tavsifladi. Natijada G. Yer haqidagi fanlar orasidan mustahkam oʻrin oldi. Rossiyada
G.ga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K.
Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va G.ning nazariy
konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga
erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning
morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida
ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi maʼlumotlar


asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi
konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, toʻng yer, eol
relyeflarning shakllanishi, qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta
yutuqlarga erishildi. 1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar
qilindi. Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning
haritagrafik metodi, aerometod, geodezik va geofizik metodlar, statsionar va eksperimental
tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi
masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. G.ning rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O.
Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F.
Tetyuxin va b. ham salmokli hissa qoʻshdilar.
Xalqaro miqyosda G. ishlarini koordinatsiyalash Xalqaro geografiya ittifoqining komissiya va
yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy G., geomorfologik
haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning ishlari va G.
masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan
koordinatsiyalanadi va Geografiya jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
King L., Morfologiya zemli. Izucheniye i sintez svedeniy o relyefe Zemli, |per. s ang .1, M.,
1967; Leontyev O. K., Rinatov G. I ., Obshaya geomorfologiya, M., 1988; Soatov A. A.,
Shermatov M . Sh ., Dare vodiylari va terrasalari, T., 1972.
Abdurasul Soatov.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Geomor
fologiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi
title=Geomorfologiya&oldid=24650
81
" dan olindi 

Download 60,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish