Kalit so’zlar:
informatika, innovatsion metod, interfaol, axborot, axborot texnologiyalari,
o’qituvchi, kompyuter, o’yin.
Bugungi kunda butun dunyo bo’yicha har jabhada kompyuter texnikasidan foydalanish davr
talabi bo’lib qoldi. Shunday ekan ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin ortib
borayotgan axborot - ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsata olish, turli sohalarda
zamonaviy axborot texnologiyalarni samarali qo’llay olishi, ijtimoiy tarmoqlardan va internetdan
oqilona faydalanishlari kerak. Bu esa o’z navbatida zamonaviy o’qituvchilarimizninig eng katta
yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori “Axborotlar bilan ishlash
kompetensiyasi, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish” ni nazarda tutadi.
Ko’pchilik maktab o’quvchilari “informatika nima?” degan savolga “kompyuter, noutbook” va
hokazo kabi qurilmalarni tushunishadi. Aslida esa informatika- tor ma’noda o’zaro aloqador uch
qism: texnik vositalar (hardware), daturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar(brainware)
sifatida tasavvur qilish mumkin.
Informatika fani keng ma’noda kompyuter texnikasini qo’llashga asoslangan bo’lib, inson
faoliyatining turli sohalarida axborotlar ustida ishlash, uzatish va qayta ishlashni o’rgatadi.
Hozirda o’quvchilar axborot bilan ma’lumotning farqli tomonlarini anglashlari kerak. Masalan,
qog`ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko’rsatsangiz, u buni biror
axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami
qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi
ma’lumot axborotga aylanadi. Informatika fanini o’qitishda dars jarayonida o’qituvchi emas
balki o’quvchilar bilan birgalikda hamkorlikda jarayon tashkillashtirilishi kerak. Buning uchun
dars jarayonida interfaol va innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu
texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib chiqib, darsning
turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Tajribalardan kelib chiqib, quyida informatika
fanini o‘qitishda samarali bo‘lgan interfaol metodlarni keltirib o‘tamiz:
Quyosh nuri -bu metodda 2 yoki 3 guruh bo’lib, har birida 5–6 nafardan o‘quvchi
qatnashishi mumkin. O’qituvchi asosiy tushunchalarni qismlarga bo’lib o’rgatadi. Quyosh nurlari
tushunchalarning har biriga alohida-alohida ta’rif berib tushuntiradi.
Darsni yangi mavzuni mustahkamash bosqichida Breyn-ring. Bu o‘yinda 2 guruhga bo’linib,
unda 7-8 nafardan o‘quvchi qatnashishi mumkin. Boshlovchi har bir guruhga qisqa javobli
savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha
savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib
boradi. Agar to‘plangan balni vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay,
o‘yin davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha ballar kuyib
ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi va to‘plagan balini jamoa
78
Do'stlaringiz bilan baham: |