Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/194
Sana26.02.2022
Hajmi3,67 Mb.
#472457
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Май 2021 10-қисм
Тошкент
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob 
xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi 
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: 
“O‘zbekiston”, 2017.-488 b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni. – T.: 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
4. Sharipov S.S., Qo‘ysinov O.A., Abdullaeva Q. Texnologiya: Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.: “Sharq”, 2017.-240 b.
5. Tohirov O‘.O. Texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar. // 
O‘quv moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – T.: TDPU, 2018.-136 b.


145
Май 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O’QUVCHILAR BILIMLARINI 
TEKSHIRISH USULLARI
Toshmatova Dilfuza Abdulhamidovna
Namangan viloyati Norin tumani XTB ga qarashli 
25-umumiy o’rta ta’lim maktabining 
boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
Toshmatova Feruza Abdulhamidovna 
Namangan shahar 37-umumiy o’rta ta’lim 
maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada boshlang’ich sinfda ona tili darslarini tashkil qilish, 
darslarning samaradorligini oshirishda o’quvchilar bilimlarini tekshirish va nazorat qilish usullari 
haqida malumot berilgan.
Kalit so’zlar: 
ona tili, nazorat, tekshirish, bilim, ko’nikma, takrorlash, baholash, yozma, 
og’zaki, dastur, boshlang’ich ta’lim.
Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta’lim 
tamoyillariga asoslanib, jahon tajribasiga tayangan holda O’zbekiston Respublikasidagi bosh-
lang’ich ta’lim tayanch o’quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, o’qish ta’lim sohalari kiriti-
ladi. Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tilini 
o’qitish asosiy o’rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 
1. Savod o’rgatish, nutq o’stirish. 
2. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish. 
Boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limi o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stir-
ish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko’zda tutadi. 
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tu-
zilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi; so’zlarning o’zgarishi va gap-
da so’zlarning bog’lanishi haqidagi, so’zlarning morfemik tarkibi va so’z yasalishi, so’zlarning 
leksik–semantik guruhi haqidagi; o’zbek tilining to’g’ri yozuv qoidalarini va tinish belgilarining 
ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o’quvchilar nutqini o’stirishga xi-
zmat qiladi. Ona tili o’qitishning mazmuni va metodlari o’quvchilarga dastur talab qilgan hajmda 
puxta bilim berish, ko’nikma va malakalar hosil qilshga ko’maklashishi lozim. 
O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quvchilar bilimini tekshirishi va 
baholashi o’qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va 
aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson unutiladi. 
Bilimlarni takrorlash - yangilarini o’rganish uchun tayanchdir. Boshlang’ich ona tili darslarida 
o’tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o’rganish jarayonida va uni 
o’rganishdan keyin, shuningdek har bir chorak hamda yil oxirida o’tkaziladi. Dars vaqtida mash-
qlar bajarilayotganda, qiziqarli savollarga javob berilayotganda bilimlarni individual yoki umumiy 
tekshiriladi. 
Tekshirish turlaridan biri o’quvchilar bilimini og’zaki hisobga olishdir, u har bir darsda bu-
tun sinfni umumiy so’rash yoki ayrim o’quvchilardan individual so’rash ko’rinishida o’tkaziladi. 
Umumiy so’rashning ahamiyati shundaki, bunda javob berishga ko’proq sondagi o’quvchilar-
ni jalb qilish va sinf e’tiborini ushlab turish imkoniyati bo’ladi. Biroq ayrim savollarga olingan 
javoblar har bir o’quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon bermaydi va ularga o’z 
fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantirishga halaqit beradi. Shuning 
uchun ham individual so’rash ya’ni ayrim o’quvchining ravon hikoyasi -so’rashning asosiy turi 
hisoblanadi. So’rash jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab 
olinganligini, ularning o’rganilayotgan mavzu to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarning qancha-
lik to’g’ri ekanligini aniqlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra materialning faqat og’zaki bayon qilin-
ishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Talab qilish kerakki, o’quvchilar javoblarida kuzatish nati-
jalaridan foydalanishsin, o’z hikoyalarini o’qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, 
model va boshqa o’quv qurollarini ko’rsatish bilan birga olib borsinlar. 

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish