Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/194
Sana26.02.2022
Hajmi3,67 Mb.
#472457
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E.G`.G`oziev. “O`quvchilarning o`quv faoliyatini boshqarish” 
2. E.G`.G`oziev “Tafakkur psixologiyasi”.
3. www ziyonet.uz


139
Май 2021 10-қисм
Тошкент
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TAMOYILLARI
Shukurova O’g’iloy Umaraliyevna
GulDU Pedagogika va psixologiya 
kafedrasi katta o’qituvchisi 
Suyunov Azmiddin
GulDU talabasi
Annotatsiya. 
Maqolada hozirgi zamon
 
psixologiyasi tamoyillarining tarixiy asoslari va 
shakllari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
bixeviorizm, freydizm, “mustaqillik”, “tanqidiylik”, shaxsning individual 
xususiyatlari, hissiy-irodaviy.
Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o’z ichiga qamrab olib, bu davrlarda 
samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo’lishi uchun fan 
doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika 
va boshqa chet el psixologiyasi yo’nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr 
boshlarida bixeviorizm, freydizm yo’nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo’nalishi 
hayvonlarda o’tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo’lib, uning namoyondalari E.Torndayk 
va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. “Bixeviorizm” ingliz tilida “xulq-atvor” degan ma’noni bildiradi. 
Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, xulq bilan tashqi muhit o’rtasidagi munosabatlarni, 
qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga 
(qo’zg’atuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchiga o’q otish, unga qanday 
javob reaksiyasi bo’lishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug’dirishini oldindan aytib 
bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi “S -> R” dir. 
Freydizm yo’nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga 
ko’ra hayvonga o’xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va 
reallik tamoyiliga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd 
o’zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga 
aylantirib, qarb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi. 
1923-yilda psixologlarning birinchi yig’ilishida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish 
vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o’ynagan psixologlar 
quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, 
shuningdek keyinchalik o’zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga 
M.G.Davletshin, E.G’.G’oziev, M.Voqidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, 
G’.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida 
nomlari tilga olingan olimlar o’zlarining g’oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur 
sifatlaridan “mustaqillik”, “tanqidiylik” kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar. 
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo’lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. 
Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda 
ongini o’stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta’lim jarayonini yangi 
texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya 
bo’limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi.
Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o’tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning 
individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar ho’lga kiritildi. 
Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko’paydiki, ular ma’lum qonun qoidaga tayanishi 
lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo’lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi. 
Shunga ko’ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha: 1. Determinizm tamoyili; 2. Ong va 
faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.
Tamoyil - ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm 
tamoyiliga ko’ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi. 
hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy 
taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish