158
Ko„piklar katta hajmda, kichik og„irlik birligiga ega bo„lishiga qaramay, ular
kam miqdordagi emulsiyalarni ham, katta hajmdagi yuzalarga ishlov berish va
ularni to„ldirish imkoniyatiga ega. Ko„piklar zararlangan maydonlarga oson va
bezarar etib boradi va issiqlik va gaz almashinuvini ta‟minlashi xisobiga yarani
tashqi kasalliklar bilan o„rtasida to„siq paydo qiladi.
SFM yaxshi adgezziya xossasining xisobiga nekrozga uchragan to„qimalar
bilan ifloslangan yuzalarni tozalaydi, ko„piklarni kengayishi xisobiga yaradan
paydo bo„lgan chuqurlar va bo„shliqlar yuzasi qoplanadi. Ko„pik uchun to„g„ri
tanlangan yordamchi moddalar, uning uzoq vaqt turg„un bo„lib qolishini, natijada
dori moddasining uzoq vaqt ta‟sir etishini ta‟minlaydi. Dori moddasini ko„pik
tarkibiga kiritilishida u katta hajmni egallaydi, shuning uchun ham dori
moddasinnig bir qismi eritmaning plenka qavatini orasida qolib ketadi.
Ko„pikning tarkibiga turli xil dispers tizimlarni kiritish mumkin. Masalan,
eritmalar, emulsiyalar va suspenziyalar. Bular ularning birgalikdagi dori
preparatlarini ishlab chiqarishga asos bo„lib xizmat qilmoqda.
Aerozol qadog„idagi ko„pik preparatlari proktologiya amaliyotida antiseptik
va anestetik vosita sifatida keng qo„llaniladi. SHuningdek, nosteroid tuzilishga ega
bo„lgan yallig„lanishga qarshi prepartlar va kortikosteroidlardan ko„pik holida
aerozol qadog„idagi dori vositalarini ishlab chiqarish ham yo„lga qo„yilgan.
SHamchalar texnologiyasini takomillishtirishda issiqlik jarayonlarisiz
shamchalar tayyorlash muxim o„rin tutadi. SHu jumladan, korxona sharoitida
presslash usulida shamchalar tayyorlash alohida e‟tiborga molikdir.
Buning uchun ekssentrik tipda ishlaydigan tabletka mashinalaridan
foydalaniladi. Mashinaning puanson va qoliplari sovutiladi, shamcha massasi ham
3-5
0
S haroratgacha sovutgich kamerasida sovutilib, maydalaniladi va elanadi.
Granulyat tarkibiga laktoza, saxaroza, aerosil va kraxmal texnologik jarayonni
korrektirovkalash uchun kiritiladi. Tayyor massa tabletka mashinalari yordamida
presslanadi.
Bu usul bo„yicha shamchalar tayyorlash termolabil va gormonal
preparatlardan, biogen stimulyatorlardan, shuningdek yurak glikozidlaridan
shamchalar tayyorlashda qo„l keladi, shuningdek plastik xususiyatga ega bo„lgan
asoslar yordamida shamchalar tayyorlashda ham. Bu usulning samaradorligi
soatiga 40000-100000 dona shamcha tayyorlashga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: