www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
sadaqang eng ulug‘ ajrlidir. Joning halqumingga yetib borguncha (sadaqa qilishni)
kechiktirmagin. Sen (joning xalqumingga borganida) falonchiga unchasi, pistonchiga
bunchasi, deb aytasan. Haqiqatda falonchiga bunchasi bo‘ladi (ya’ni, o‘zingga hech
qanaqa savob bo‘lmaydi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
91/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud kuni bir qilichni ushlab:
«Buni mendan kim oladi?» deganlarida, sahobalar qo‘llarini cho‘zib, har birlari «men»,
«men», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim buni haqqi bilan oladi?» deganlarida, qavm
to‘xtadi. Abu Dujona (r.a.):
«Men uni haqqi bilan olaman», deb u qilich bilan
mushriklarning boshlarini yora boshladilar. Imom Muslim rivoyatlari.
92/6. Zubayr ibn Adiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Anas ibn Molikning (r.a.)
huzurlariga borib Hajjoj zolimdan yetayotgan ozorlar haqida shikoyat qildik. Shunda u
zot: «Sabr qilinglar! Chunki biror zamon kelsa, uning so‘nggidan undan-da yomonrog‘i
kelur. Bu narsa to Rabbilaringizga yo‘liqquningizcha davom etur. Men buni nabiylaringiz
(Muhammad) sollalohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar». Imom Buxoriy
rivoyatlari.
93/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yetti narsa
(kelishidan oldin) yaxshi amallarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar quyidagi
narsalarni kutasizlar, xolos: 1) Kambag‘allik - bu hamma narsani unuttirib yuboradi. 2)
Boylik - tug‘yonga ketishga sababchidir. 3) Bemorlik - barcha narsani fasod qiladi. 4)
Qarilik - hamma narsani xotirdan chiqarib yuboradi. 5) O’lim - tamom qilib tezlatuvchi.
6) Dajjol -kutilayotgan g‘oib narsalarning eng yomoni. 7) Qiyomat falokatlarning eng
og‘iri va achchig‘idir», dedilar. (Inson mana shu yetti narsa kelmasidan oldin vaqtni
g‘animat bilib, oxirat uchun tayyorgarligini qilib qo‘ymog‘i lozim... - tarj.) Imom Termiziy
rivoyatlari.
94/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Xaybar kuni: «Bu
bayroqni bir kishiga beramanki, uni Alloh va rasuli yaxshi ko‘radi hamda uning qo‘lida
Alloh fath qiladi», dedilar. Umar <^>: «Amirlikni sevmas edim. Faqat o‘sha kuni orzu
qildim. Va meni chaqirishlarini umid qilib, baland-baland bo‘lib ko‘tarilib turdim»,
dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Ali ibn Abu Tolibni chaqirib, bayroqni unga berdilar. Va:
«Alloh senga fath qilgunicha u yoq-bu yoqqa qaramasdan olg‘a yur», dedilar. Ali (r.a.)
biroz yurib to‘xtadilar-da, u yoq-bu yoqqa qaramasdan: «Ey Allohning rasuli! Nima
niyatda odamlar bilan jang qilay?» deb baqirdilar. Rasululloh (s.a.v.) «Allohdan boshqa
iloh yo‘q, Muhammad Uning rasuli, deb guvohlik berishgunicha jang qilaver. Qachon
shunday qilishsa, sendan o‘z qonlari va mollarini saqlab qolishadi. Faqatgina shariat
haqqi bilan javobgarlikka tortiladi (ya’ni, shariat man qilgan jinoyat sodir qilsa, jazoga
tortiladi). Ularning hisobi esa Allohning O’zigadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |