Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
188-BOB
Bomdod va asr namozlarining fazilati haqida 
1046/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bomdod va asr 
namozlarini ado etsa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: 
Bu ikki namozni fazilatli bo‘lishiga sabab, chunki bomdod paytida uyqu g‘olib 
keladi. Asr vaqtida esa ishlar ko‘payib, tijoratda ko‘plab foyda qo‘lga kiritish payida 
bo‘linadi. 
1047/2. Abu Zuhayr Umora ibn Ruvaybadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Qaysi bir kishi quyosh chiqishi va quyosh botishidan oldin, ya’ni bomdod va asr 
namozlarini o‘qisa, do‘zaxga tushmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1048/3. Jundub ibn Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bomdod 
namozini o‘qisa, u kishi Allohning ahdi va omonidadir. Alloh sizlarni hargiz ahdini zoe 
qilgan holda topmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
(Ya’ni, subhi namozi va qolganlarini ham o‘qigan kishi yomonlik qilishdan 
ogohlantirilyapti.) 
1049/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning 
huzuringizga kechqurun bir jamoa va kunduzi bir jamoa farishtalar orqama-orqa kelib, 
bomdod va asr namozlarida jam bo‘lishadi. Kechqurun turgan farishtalar Alloh huzuriga 
chiqishganda, Alloh o‘zi bilgan holda: «Bandalarimni qay holda tark qildinglar?», deb 
so‘raydi. Farishtalar: «Ularni tark qilganimizda ham, borganimizda ham namoz 
o‘qishayotgan edi», deyishadi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1050/5. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlarida edik. U zot to‘lin oyga qarab: «Sizlar yaqin kunlarda Rabbingizni xuddi mana 
shu oyni ravshan ko‘rgandek ko‘rasizlar. Qodir bo‘lsangizlar, quyosh chiqishi va 
botishidan oldingi, ya’ni bomdod va asr namozlarni tark qilmanglar», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «O’n to‘rt kunlik oy», bo‘lib kelgan. 
1051/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki asr namozini 
tark qilsa, amallarini habata qilibdi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish