www.ziyouz.com
kutubxonasi
114
532/12. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tilanchilik
kishining o‘z yuz terisini shilish, deganidir. Faqat Alloh farz etgan zakot va shunga
o‘xshash narsalarda sultonning talab qilishi hamda chorasiz qolinganda bundan
mustasno», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
533/13. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimga muhtojlik
yetsa, u o‘sha muhtojligini odamlarga shikoyat qilsa, u kishidan muhtojlik arimaydi.
Kimki o‘sha muhtojligini Allohga arz qilsa, tezda yoki birozdan keyin unga rizq ato
qilinadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
534/14. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki menga
odamlardan biror narsa so‘ramayman, deb kafolat bersa, men uning jannatga kirishiga
kafildurman», deganlarida: «Men so‘ramaslikka kafolat beraman», dedim. Haqiqatda
Savbon (r.a.) hech bir kishidan biror narsa so‘ramadilar. Abu Dovud sahih isnod ila
rivoyat qilganlar.
535/15. Abu Bishr Qabiysa ibn Muxoriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men ikki jamoat
orasini isloh qilib, katta mablag‘ to‘lovini bo‘ynimga olib, shu to‘lov xususida so‘rash
uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot: «Sadaqalar kelgunicha shu yerda
turgin. Agar kelsa, undan senga berishlarni amr etamiz» dedilar. So‘ngra u zot: «Ey
Qabiysa, tilanchilik uch kishidan boshqalarga halol bo‘lmaydi. 1. Bir kishining (sen kabi)
tovonga javobgar bo‘lgan mablag‘ni qo‘lga kiritish uchun tilanishi. Agar qo‘lga kiritsa,
tilanchilikdan o‘zini tiyadi. 2. Bir kishga, molida falokat yetsayu, u kishi muhtoj bo‘lib
qolib, ehtiyojlarini ta’minlaydigan darajada tilanishi. 3. Bir kishiga qashshoqlik yetib
qolsa va o‘sha kishining qavmidan bo‘lgan aqlli uch kishi: «Haqiqatda mana shu kishiga
qashshoqlik yetgan deb», guvohlik berishsa, bu kishi ham ro‘zg‘orini butlaydigan
darajada tilanchilik qilishi joiz. Ammo bundan boshqasida, ey Qabiysa, tilanchilik qilish
harom. Uning sohibi haromni yegan bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
536/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Odamlarning
oldidan aylanib yurganida bir va ikki luqma yoki bitta va ikkita xurmo bersang, olib
ketadigan kishi haqiqiy miskin emas. Lekin haqiqiy miskin o‘zini behojat qiladigan narsa
topa olmasa va sadaqa berish uchun uning ahvolidan boshqalarning xabarlari bo‘lmasa
hamda o‘zi ham tilanib yurmaydigan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |