www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
bo‘lib, u ko‘ylakni bo‘yinlariga bog‘lab olishar edi. U to‘piqlarining yarmigacha yoki
oshiqlarining yarmigacha yetar edi. Avratlari ochilib qolmasligi uchun qo‘llari bilan ushlab
turishar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari.
469/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dunyo mo‘minning
qamoqxonasi, kofirning esa jannatidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
470/15. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) mening yelkamdan
ushlab: «Ey Ibn Umar, dunyoda go‘yoki g‘arib yoki yo‘lovchi musofir kabi bo‘lgin»,
dedilar». Ibn Umar (r.a.) (mana shu so‘zni eshitganlaridan keyin): «Agar kechlatsang,
tong bo‘lishini kutma! Agar tong ottirsang, kech kirishini kutma! Sog‘ paytingda kasal
payting uchun ham (tayyorgarlik qilib) ol. Hamda tiriklik paytingda o‘liming uchun ham
(tayyorgarlik qilib) ol», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Bu hadisning sharhida quyidagicha ma’no aytishgan: «Dunyoga suyanib, uni vatan
qilib olma. Unda uzoq qolishni va unga ahamiyatli bo‘lishni o‘ylama. Dunyoga
aloqadorliging xuddi vatanida bo‘lmagan g‘aribning aloqasi kabi bo‘lsin. Va o‘z ahliga
qaytishni xohlab yurgan g‘arib o‘sha turgan joyida biror narsaga mashg‘ul bo‘lmagani
kabi sen ham dunyoga mashg‘ul bo‘lma».
471/16. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, bir amalga yo‘naltirib
qo‘yingki, o‘shanga amal qilsam, Alloh hamda kishilar meni yaxshi ko‘rsin», deganida,
Rasululloh (s.a.v.) «Dunyodan o‘zingni tiygin, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Odamlar
qo‘lidagi narsadan o‘zingni tiygin, ular seni yaxshi ko‘rishadi», dedilar. Ibn Moja va
boshqalar hasan isnod bilan rivoyat qilishgan.
472/17. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob (r.a.) kishilar
dunyodan ega bo‘lgan narsalarini zikr qilaturib: «Men Rasululloh (s.a.v.)ning qorinlarini
to‘yg‘azish uchun biror eskib qolgan bo‘lsa ham xurmo topa olmasdan kun bo‘yi
bukchayib qolganlarini ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
473/18. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida uyim
tokchasidagi biroz arpadan boshqa yegani biror yegulik yo‘q edi. Bir qancha payt undan
yeb yurdim. Qachonki, uni chamalagan edim, u tugab qoldi», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
474/19. Juvayriya binti Horisning ukalari Amr ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
«Rasululloh (s.a.v.) vafot etayotganlarida minib yurgan oq xachirlari, silohlari,
musofirlar uchun sadaqa qilib ajratgan yerlaridan boshqa biror dinor va dirham hamda
biror qul va cho‘ri ham qoldirganlari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
475/20. Xabbob ibn Aratdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
Allohning roziligini talab etib hijrat qildik. Ajrimiz esa Allohning zimmasida edi. Bizdan
ba’zilar ajridan hech bir narsa yemay, olamdan o‘tib ketishdi. Ulardan biri Mus’ab ibn
Umayr edilar. Bu zot Uhud g‘azotida shahid bo‘ldilar. Bittagina jundan to‘qilgan rangli
kiyimlari bor edi, xolos. Agar uni boshlariga yopsak, oyoqlari ochilib qolar edi, agar uni
oyoqlariga yopsak, boshlari ochilib qolar edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) (uni) boshlariga
yopishni, oyoqlariga esa izxir nomli o‘simlikni qo‘yishni buyurdilar. Va yana
ba’zilarimizning mevalari hosilga kirib, dunyodan o‘z nasibalariga ega bo‘lishdi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
476/21. Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar
Alloh huzurida dunyoning pashsha qanotichalik qadri bo‘lganida edi, kofirlarga bir
ho‘plam suvni ham bermas edi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
477/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ogoh bo‘ling,
albatta dunyo va undagi narsalar la’natlangandir. Faqatgina Allohning zikri, shunga
yaqin narsalar hamda ilm beruvchi va ilm oluvchilar bunday emas», dedilar. Imom
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |