Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
kishi bo‘lib, xizmatkori ham yo‘q. Men uning xizmatini qilishimdan norozimisiz?» desa, u 
zot: «Yo‘q, lekin u senga yaqinlik qilmasin», dedilar. Buni eshitgan xotin: «Allohga 
qasam, bunga harakat qilishga qudrati ham yo‘q. U bechora ana shu ish bo‘lgandan beri 
shu kungacha yig‘lash bilan ovora», dedi. Mening ham ahllarimdan ba’zilari: «Sen ham 
Hilol ibn Umayyaning xotini so‘ragani kabi xotiningning xizmati to‘g‘risida Rasulullohdan 
(s.a.v.) izn so‘ra», deyishdi. Men: «Izn so‘ramayman. Chunki Rasululloh (s.a.v.) nima 
deb aytishlarini bilmayman. Men yosh yigit bo‘lsam», dedim. Mana shu holatda yana o‘n 
kun turdim. Gaplashish man qilingan kunning elliginchisida uyimning tepasida bomdod 
namozini o‘qidim. Ana shu o‘ltirgan holimda Allohni zikr qildim. Yuragim siqilib, yer keng 
bo‘lishiga qaramay, torayib ketgandek bo‘lib turgan bir paytda nogahon Sal tepaligiga 
chiqib olib (Abu Bakr Siddiq) baland ovozi ila: «Ey Ka’b ibn Molik, xursandlik xabari», 
deb baqirayotganini eshitdim. O’sha zahoti xursandchilik soati kelganini bilib, sajdaga 
yiqildim. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, Alloh bizlarning tavbamizni 
qabul etganini e’lon qilibdilar. Odamlar men va ikki birodarimga xursandchilik xabarini 
berishga shoshilishibdi. Bir kishi mening oldimga ot mingan holda chopib keldi. Yana bir 
kishi Aslam qabilasidan piyoda keldi. Bu kishi tog‘ oshib kelib baland ovoz ila bashorat 
berdi. Uning ovozi otdan ham tezroq edi. Mening huzurimga xushxabar olib kelib 
baqirgan kishiga xursand bo‘lganimdan ustimdagi ikki kiyimimni yechib, unga kiygizib 
qo‘ydim. Allohga qasamki, o‘sha kunlarda u ikki kiyimimdan boshqasiga ega emas edim. 
Endi men ikki kiyimni qarzga olib, Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga jo‘nadim. Odamlar 
yo‘lda to‘da-to‘da bo‘lib tavba qabul bo‘lgani bilan meni tabriklashardi. Ular menga: 
«Alloh taolo tavbangni qabul qilgani ila tabriklaymiz», deyishar edi. Men masjidga 
kirdim. Rasululloh (s.a.v.) o‘tirgan ekanlar. Atroflarida esa odamlar o‘tirishibdi. Shunda 
Talha ibn Ubaydulloh (r.a.) men tomon yugurib, men bilan qo‘l berib so‘rashib 
tabrikladilar. Allohga qasamki, Talhadan (r.a.) boshqa muhojirlardan biror kishi turmadi. 
So‘ng Rasululloh (s.a.v.)ga salom bersam, u zot xursand bo‘lganlaridan yuzlari yarqirab 
ketdi. U zot: «Tug‘ilganingdan beri o‘tgan kunlarning yaxshisi bilan xursandlik xabarini 
beraman», dedilar. «Ey Allohning rasuli, bu xushxabar siz tarafingizdanmi yoki Alloh 
tomonidanmi?» desam, u zot: «Yo‘q, bu Alloh azza va jalla tomonidan», dedilar. 
Rasululloh (s.a.v.) agar xursand bo‘lsalar, shu darajada yuzlari nurlanib ketardiki, 
guyoki oy parchasiga o‘xshab qolardi. Biz buni bilar edik. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) 
oldilarida o‘tirib: «Ey Allohning rasuli, men bu tavbamning qabul etilgani uchun barcha 
mollarimni Alloh va rasuli yo‘liga sadaqa qilaman», desam, u zot: «Molingning ba’zisini 
o‘zing uchun olib qo‘y. Bu sen uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: «Xaybardagi 
ulushimni olib qolaman. Ey Allohning rasuli, albatta Alloh mening rostgo‘yligim 
sababidan najot berdi. Endi tavbamning natijasi shu bo‘lsinki, umrimning qolgan qismida 
faqat rost gapiray. Allohga qasamki, rost so‘zlaganim uchun Alloh menga bergan fazl-
in’omini hech kimga qilmaganini bilaman», dedim. Allohga qasamki, Rasululloh 
(s.a.v.)ga bu so‘zlarni zikr qilganimdan beri bu kungacha biror kalima yolg‘on ishlatishni 
qasd qilmadim. Alloh qolgan umrimda ham yolg‘ondan saqlashini umid qilaman». Ka’b 
ibn Molik Allohning quyidagi oyatlarni nozil qilganligini ham aytib o‘tganlar: 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish