bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanladik. “ O’zbekiston Pezidenti Islom
Ta'lim islohotlari
Lotin yozuviga o`tish
Sho`ro tuzumi davrida O`zbekiston iqtisodini izdan chiqarish, aholini qora mehnatga
mahkum etish, uning boy o`tmish madaniyatidan ayirish maqsadida paxta
yakkaxokimligiga zo`r bergan edi.
Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida O`zbekiston hech qachon mustaqil bo`la olmaydi, o`zi
alohida taraqqiy qila olmaydi degan fikrlar mavjud edi. Vek gazetasining 1995 yil 21-27
iyul sonlarida bosilgan maqolada: SSSR parchalanib ketganidan so`ng eng dahshatli
voqea O`zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin bunday bo`lmadi. Karimov birorta
ham xatoga yo`l qo`ymadi... deyilgan edi.
Bu fikrlarga qarama-qarshi o`laroq mustaqillik yo`lida O`zbekiston hech kimnikiga
o`xshamagan, o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borib, o`zinin o`nglab olishga erishdi.
Mustaqillik yo`lidagi ulkan yutuqlarimizni xalqimiz haqli ravishda Prezidentimiz Islom
Karimov nomi bilan bog`laydi. Prezidentimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi
belgilab bergan beshta tamoyili qanchalik hayotiyligini vaqtning o`zi ko`rsatmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda O`zbekistonning o`zi tanlagan, o`ziga xos yo`li mavjudligi,
va bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishimizga ishonch haqida Prezidentimiz 1992
yildagi ma'ruzalarida aytib o`tgan edi. Biz bozor iqtisodiyotiga o`tishni mamlakatda
tinchlik va osoyishtalikni saqlagan holda, bosqichma-bosqich, aholining nochor qismini
asrab-avaylab, ularga yetarli sharoitlar yaratib bergandan keyingina amalga
oshiramiz. Bizning nozik yerimiz shundaki, bizda tayyor mahsulot yetishmaydi. Xom-
ashyo ko`p, lekin uni tayyor mahsulotga aylantirib beradigan korxonalar, zavod-
fabrikalar kam. Biz bu kamchiliklarni to`g`irlashimiz kerak. Odamlar hali eski mafkura
hukmronligida yashamoqdalar, ularning ongi, dunyoqarashini o`zgartirishimiz, ularni
yangi sharoitlarga ko`niktirishimiz lozim.
O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi o`z yo`li -
O`zbek modeli:
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini
hisobga olish.
Dinimizni nazardan chetlashtirmaslik, chunki din turmush tarzimizga, ma'naviy
qadriyatlarimizga, kishilar ongiga singib ketgan.
Mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olish zarur. Respublikamizda 60% dan ortiq aholi
qishloqlarda yashaydi. Ularning shaharga qatnab ishlashi qiyin. Shuning uchun odamlarni
ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz kerak. Buning uchun esa kichik
korxonalar va mini-zavodlarni ko`paytirish, oilaviy va kichik tadbirkorlikka keng yo`l ochishimiz
lozim.
O`zbekiston - ko`p millatli mamlakat. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda biz boshqa millatlarning
madaniyati va an'analarini unutmasligimiz zarur.
O`zbekistonning geografik-siyosiy joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li
o`tgani bejiz emas.
Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla,
paxta eksport qilishimiz mumkin.
O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega.
O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va
yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak.
Biz hozircha rubl tazyiqida yashayapmiz. Lekin bu hozircha. O`z milliy valyutamizga o`tish ham
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta
mustaqillikning bir belgisidir.
Ijtimoiy ong va ijtimoiy psixologiya masalasi. Odamlardagi Hamma narsa davlatniki degan
aqidani, fikrni yo`qotishimiz, mulkdorlar sinfini shakllantirishimiz kerak. Odam o`z shaxsiy mulkiga
baribir boshqacha munosabatda bo`ladi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Chet davlatlar bilan qo`shma korxonalar
ko`paymoqda. UzDEUavto, Mersedens-Bents, Coca-Cola, Sovplastital, Xorazm Maveraplast
qo`shma korxonalari (qo`shma korxonalarni sanayversak, ular bir oz joyni egallaydi) fikrimiz
dalilidir. Bular O`zbekistonga xalqaro hamjamiyatda ishonch baland ekanligini, O`zbek
Do'stlaringiz bilan baham: