huquqli ekanligi, diniy e’tiqodi fuqaroviy huquqini chegaralashiga va diniy
qarashlardan janjal va ko’ra olmaslikni keltirib chiqarishga yo’l qo’ymaydigan
qarashlarga va ularni tarqatishga nisbatan davlat tomonidan qayd etilgan nashrlar
natijasida amalga oshiriladi; din erkinligi huquqi alohida shaxsning davlat
chegaralarisiz o’z diniy faoliyatini mustaqil amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Ateistlar va dinga o’z munosabatini shakllantirmagan shaxslar uni qabul etish yoki
e’tiqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o’rni va ta’sirini yuksak
baholaymiz. Biz o’z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo
tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu
munosabati tubdan o’zgardi. Ko’plab masjid va madrasalar ochildi. Islom diniga
12
mansub bir qancha tarixiy yodgorlik obidalari musulmonlar ixtiyoriga qaytarilib
berildi.
Diyorimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, hayotimizning barcha jabhalarida
ulkan o’zgarishlar ro’y berdi. Kishilarimizning islom diniga nisbatan qiziqishi
yanada ortdi. Dinga va dindorlarga bo’lgan munosabatlari tubdan o’zgardi.
Bugungi kunda farzandlarimiz dunyoviy va diniy bilim olish huquqiga ega
bo’lib turibdilar. Ular respublikamizdagi bir qancha oliygohlar, bilan bir qatorda
Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti va o’nga yaqin o’rta maxsus
islom bilim yurtlarida ta’lim olmoqdalar. Shuningdek, yurtimizda bir qancha
allomalarimizning tavalludlariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar
bo’lib o’tdi hamda ular sharafiga me’moriy obidalar barpo etildi.
Vazirlar Mahkamasining “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini
va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko’mak va imtiyozlar berish
to’g’risida”gi Qarori qabul qilinishi diyorimiz musulmonlari hayotida muhim
tarixiy voqea, el ko’nglidagi ayni muddao bo’ldi.
Mazkur Qaror diniy bilim yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar
davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etilishini ta’minladi.
Respublikamiz hukumati fuqarolarimizga diniy marosimlarini kamoli hurmat
bilan ado etishlari uchun lozim bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
Jumladan, muborak umra va haj safariga boruvchi hojilar uchun katta qulayliklar
yaratilishi diyorimiz musulmonlariga ko’rsatilayotgan beqiyos g’amxo’rlik
namunasidir. Bosh Qomusimizda fuqarolarning manfaatlari qonuniy ravishda
mustahkamlangan va qat’iy kafolatlangandir. Shunday ekan, bu muqaddas
zaminda yashayotgan har bir inson aziz ona Vatanimiz oldidagi fuqarolik
burchlarini yaxshi anglab olmoqlari lozim. Huquq va erkinliklarga ega bo’lish
bilan birga zimmamizda burch va majburiyatlar borligini ham unutmasligimiz
kerak bo’ladi.