Baxtsiz hodisa, shikastlanishlarda shoshilinch yordam ko‘rsatish.
Sun’iy nafas oldirish va yurak massaji.
Yuqorida keltirilgandek, shikastlanishlar asoratida inson organizmi eng og‘ir ahvolga tushib qolishi
mumkin. Bunday holatda nafasning va ba’zan yurak faoliyatining ham to‘xtashi kuzatiladi (klinik o‘lim).
Bu holatda hayot hali so‘nmagan va hayotiy faoliyatni to‘la tiklash imkoniyati bo‘ladi. Bir
muddatdan keyinroq (5-6 minut) klinik o‘lim biologik o‘limga o‘tishi mumkin. Ana shu muddatda
shikastlangan kishiga zudlik bilan yordam berish (tiriltirish) shu ishni amalga oshiruvchi odamdan tajriba,
tez va puxta ishlashni talab qiladigan murakkab va hal qiluvchi jarayondir. Birinchi navbatda bu
jarayonda nafas va yurakning to‘xtagan yoki to‘xtama-ganligi aniqlanadi.
So‘ngra nafas oldirish va yurak faoliyatini tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |